Notinch oilalar. Bunday turdagi oilalarda ma'naviy
qiziqishlar kam bo'Iadi. Bunday oilalarga ishlab chiqarish,
oilaviy vazifalarga befarq munosabatda bo'lish, oilaviy
an’analarga e'tibor bermaslik, uy ishlariga loqayd munosabatda
bo'lish xos bo'Iadi. Bola qo'rs, qo'pol, urishqoq bo'lib qoladi.
Kattalar va jamoa tartiblariga bo'ysunmaydi. “Tarbiyasi
og'ir” bolalarning ko'p qismi ana shunday oilalarda yetishadi.
Zamonaviy sharoitlarda notinch oila muammosi eng dolzarb
muammolardandir. Oila - maktabgacha ta'lim yoshidagi bola
uchun birinchi ijtimoiy muhitdir. Agar u notinch bo'lsa, bolaning
sog'Iig'iga ham, uning xulqiga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Bu xildagi oilalarning bolalari taqdiriga ular qatnaydigan
maktabgacha ta'lim muassasasi befarq qaramasligi kerak.
Tarbiyachi bolalarning salomatligi, xulqi o'z tengdoshlari bilan
munosabatini doimo kuzatib boradi va kichik insonlar qalbiga
qanday kechinmalar yuz berayotganini sezadilar.
To'Iiqmas oilalar. Bu turdagi oilada ota-onadan biri bo'lmay-
di. Bunday oilalarda ota-onalardan birining yo'qligini bildir-
maslik uchun oila a'zolaridan har birining bolaga ta'sirini
kuchaytirish, bola o'zaro munosabatlarda kamchilik sezmas-
ligi uchun bola tarbiyasiga oiladan ketgan a'zoni boshqa qa-
rindoshlarini jalb qilish muhimdir. Shunday qilib maktabga
cha ta'lim muassasalarida oila bilan ishlash o'ziga xos xususi-
yatga ega bo'lib, oilaning turiga bog'liq holda o'tkaziladi. Mak
tabgacha ta'lim muassasining oila bilan ishlash tizimida aniq
maqsad, mazmun bo'lishi kerak. Ota-onalar bilan hamkorlik
borasida avval erishilgan yutuq va tajribalarning natijalarini
tahlil qilib, xilma-xil va o'zaro bog'liq bo'lgan shakl va usullar
yordamida rejali ishlar olib borish maqsadga muvofiq bo'Iadi.
Dostları ilə paylaş: