Sayrda tabiatni, kattalar faoliyatini, ijtimoiy hayot
voqealarini kuzatish imkoni yaratiladi. Sayr boshlanishida
bolalarning mustaqil xatti-harakat qilishlari: yugurish, o'tirish,
gaplashish va tomosha qilish uchun sharoit mavjud bo'ladi.
Keyin harakatli o'yinlar, bolalarning mustaqil faoliyatlari,
mehnat, kuzatish, turli-tuman ijodiy o'yinlar tashkil etiladi.
MTMda bolalar turmushini tashkil etishga katta e’tibor
beriladi. Har bir yosh guruhida tashkil etilgan kun tartibi
bolalarning uyquga, ovqatlanishga, faol mehnat qilishga bo'lgan
talabini to'la qondirishi, bolalarda ijobiy hissiy kayfiyatni
saqlash/bolalarva kattalar o'rtasida to'g'ri munosabato'rnatish
uchun kerakli shart-sharoit yaratilishi kerak.
Amalga oshiriladigan tadbirlarda tarbiyachi bolalarda
madaniy-gigiyenik malakalarni:
ijtimoiy xulqni,
xatti-
harakatlar madaniyatini tarbiyalab boradi.
Bolaning sog'lom bulib, to'g'ri rivojlanishi uchun tinch va
chuqur, kerakli uyqu muhim ahamiyatga ega.
Tarbiyachi guruh xonasida bolalarni uyquga yotqizgandan
keyin xonaning shamollatilgan bo'lishini, tinchlikni ta'minlaydi.
Bolalarning uyg'onganlarini sekin-astalik bilan turg'azish
kerak.
Bola
organizmining o'zgaruvchan
tashqi
ta'sirlarga
chidamliligini oshirish maqsadida har xil chiniqtiruvchi
tadbirlar havo, quyosh, suv vannasi bilan chiniqtirish amalga
oshiriladi.
Bunga chiniqtiruvchi tadbirlar vaqtini sekin-asta ko'payti-
rib borish, suv temperaturasini pasaytirib borish, kunduzi
uyquni ochiq havoda tashkil etish, bolalar kiyimlarini
yengillatib borish orqali erishiladi. Bolalarning kunduzi va
kechki soatlarda ochiq havoda bo'lishlarini ta'minlash ularning
sog'lom, barkamol bo'lib o'sishlarida katta ahamiyatga ega.
Bolalarning ochiq havodagi faoliyatlarini qiziqarli va
maroqli o'tishini ta'minlash uchun har xil o'yinlar, sport, ermak
o'yinlari, kuzatish va mehnat faoliyatlariga kerakli shart-
sharoit yaratiladi.
Dostları ilə paylaş: