O'yinning maktabgacha ta'lim muassasasi pedagogik
jarayonidagi o'rni
O'yinning bola tarbiyasidagi asosiy roli bolalar muassasasi
hayotini u bilan boyitishni talab etadi. Shuning uchun
ham o'yin bolalar hayotining kun tartibiga doimiy qilib
kiritilgan. O'yinlar uchun nonushtagacha va undan keyin,
mashg'ulotlardan so'ng, sayrlardan so'ng, kechqurun uyga
ketishdan oldin vaqt ajratiladi. Ertalab o'ta harakatchanlikni
talab qilmaydigan o'yinlar uchun sharoit yaratish maqsadga
muvofiqdir.
Mazmunan ko'proq
didaktik o'yinchoqlar,
stol ustida o'ynaladigan stol-bosma o'yinlari, syujetli-rolli
o'yinlarni o'ynagan ma’qul.
Sayr
davomida
harakatli
o'yinlarni,
qurish-yasash
o'yinlar ini tashkil etish foydalidir. Kun tartibida o'yin uchun
maxsus vaqt belgilash o'yinning mustaqil faoliyat sifatida
mavjud bo'lishining va uni bolalar hayotini tashkil etish shakli
sifatida, tarbiya vositasi sifatida qo'Ilanilishining eng muhim
pedagogik shartidir.
Bolalar o'yinning o'ziga xosligi shundaki, u tevarak-atrofdagi
hayotni, kishilarning faoliyati, ishlari, harakatlarini, ularning
ish jarayonidagi o'zaro munosabatlarini aks ettiradi. O'yin
paytida xona bolalar uchun dengiz, o'rmon, metro, temir yo'l
vagoni bo'lishi mumkin.
Bola hech qachon jim o'ynamaydi, bitta o'zi o'ynasa ham
u o'yinchoq bilan gaplashadi, o'zi tasvirlayotgan qahramon
bilan muloqot o'rnatadi, onasi, bemor, shifokor xullas hamma-
319
hammaning o'rniga o'zi gapiraveradi. So'z obrazningyaxshiroq
ochilishiga yordam beradi.
Nutq o'yin jarayonida juda katta ahamiyatga ega. Nutq
orqali bolalar fikr almashadi, o'z his-tuyg'u, kechinmalarini
o'rtoqlashadi. So'z bolalar o'rtasida do'stona munosabatlar
o'rnatilishiga, tevarak-atrofdagi hayot voqealariga bir xilda
munosabatda bo'lishga yordam beradi.
Bolalarning o'zi yaratgan o'yindan kelib chiqadigan yoki
kattalar tomonidan taklif etilgan o'yinning g'oyasi, mazmuni,
o'yin harakatlari, rollar, o'yin qoidalari uning tuzilishini tashkil
etuvchi qirralardir.
O'yin g'oyasi - bu nima o'ynashni belgilab olish: "do'kon,
"shifoxona”, "uchuvchilar", "bolalar muassasasi” va shunga
o'xshashlar. O'yin mazmuniga, g'oyasiga qarab bolalarning
bunday o'yinlarini bir necha o'ziga xos guruhlarga bo'linadi.
Ular:
O'yinlarning bunday bo'lishi albatta shartli bo'lib, bir
o'yinda har xil hayotiy voqealar aks etishi ham mumkin.
G'oya o'yinning mazmuni, jonli to'qimasi, uning rivojla-
nishini, o'yin harakatlarini, bolalar munosabatlarining har
xilligi va o'zaro bog'lanishini belgilab beradi. O'yinning
qiziqarli bo'lishi va unda bolalarning qanday ishtirok etishlari
o'yinning mazmuniga bog'liq. O'yinda bola ijro etadigan rol
320
o'yinning asosiy o'zagi va tarkibiy qismidir. Shuning uchun
ham bu o'yinlar rolli yoki syujetli-rolli o'yinlar nomini olgan.
Bolalar o'yiniga tarbiyachining rahbarlik qilishi. O'yin
bolalarning qiziqarli ermagigina bo'lib qolmay, shu bilan bir
qatorda u bolalarni rivojiantirish va tarbiyalashning muhim
vositasi hamdir. Ammo o'yin kattalar tomonidan tashkil etilib,
unga rahbarlik qilingandagina ijobiy natija beradi.
Pedagog bolalar o'yiniga rahbarlik qilar ekan, quyidagi
talablarga e'tibor berishi zarur: o'yin mazmunining ta'lim-
tarbiya beruvchi ahamiyatga ega bo'lishi, aks ettirilayotgan
narsalar haqidagi tasavvurlar to'g'ri va to'la bo'lishi, o'yin
harakatlariga faol, ma'lum maqsadga qaratilgan, ijodiy
xususiyatga ega bo'lishi kerak, Hamma va ayrim bolalarning
qiziqishlarini e’tiborga olgan holda o'yinga rahbarlik qilish,
o'yinchoqlarni va boshqa kerakli materiallardan maqsadga
muvofiq foydalanish, bolalarning o'yinda xayrixoh va xursand
bo'lishlarini ta'minlash lozim.
Pedagog bolalar o'yiniga rahbarlik qilar ekan, bola shaxsi-
ning hamma tomorilariga: ongiga, his-tuyg'ulariga, irodasiga,
xulqiga ta'sir etishi va bundan bolalarni aqliy, axloqiy, estetik
va jismoniy tomondan tarbiyalashda foydalanishi lozim.
O'yin jarayonida bolalarning bilimlari va tasavvurlari
boyib, chuqurlashib boradi. O'yinda u yoki bu rolni bajarayotib,
bola o'zining butun diqqatini o'yinga qaratishi lozim. Bola
o'ynayotganda kishilar mehnati, ularning aniq harakatlari,
munosabatlari to'g'risidagi tasavvuri yetarli emasligini sezib
qoladi, buning natijasida kattalarga savol bera boshlaydi.
Tarbiyachi bolalarning bunday savollariga javob berib, ularning
bilimlariga aniqlik kiritadi, boyitadi.
Tarbiyachi o'yin orqali bolalarda ona-vatanga, o'z xalqiga
boshqa millat kishilariga ijobiy munosabatni shakllantiradi;
mustahkamlaydi. O'yin orqali tarbiyachi bolalarda jasurlik,
to'g'rilik, o'zini tuta bilishlik kabi sifatlarni tarbiyalaydi.
O'yin bolalarda ijtimoiy axloqni, ularning hayotga, bir-biriga
bo'lgan munosabatini shakllantiruvchi o'ziga xos maktabdir.
321
O'yinda bola kishilarning axloq-odob normalarini, mehnatga
munosabatlarini bilib oladi.
Tarbiyachi bolalar o'yiniga rahbarlik qilayotib, ularni
jamoa orqali ham tarbiyalab boradi. O'yin jarayonida bolalar
o'z xohishlarini jamoa xohishi bilan kelishib olishga, o'yinda
o'rnatilgan qoidalarga rioya qilishga o'rganadilar.
Ammo o'yinga to'g'ri rahbarlik qilinmasa, u noxush
oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Tarbiyachi bolalarni
jismoniy tomondan tarbiyalashda o'yindan keng foydalanadi.
Juda ko'pchilik o'yinlar bolalardan faol harakat qilishni talab
etadi, bu esa o'z navbatida organizmda modda almashinishini
yaxshilaydi, qon aylanishini tezlashtiradi. Buridan tashqari
faol harakat qilish bola gavdasining to'g'ri o'sishini, harakatlari
chiroyli bo'lishini ham ta'minlaydi. O'yin orqali tarbiyachi
bolalarda quvnoq kayfiyat yaratadi, ijobiy ruhiyat hosil qiladi,
bu esa bolaning asab-ruhiy, jismoniy tarbiyasini yaxshilaydi.
O'yin bolalarga estetik tarbiya berish vositasi sifatida ham
keng qo'llaniladi. Bolalar tevarak-atrofdagi hayotni, voqelikni
obrazlar, rollar orqali ham aks ettiradilar. O'yinda bolalarning
avval olgan taassurotlari orqali obraz yaratishlari - xayol
juda ham katta ahamiyatga ega. Bolalar juda ko'p o'yinlarda
avval o'rgangan ashula, she'r, raqs, topishmoqlardan keng
foydalanadilar. Bundan tarbiyachi bolalarda estetik did, zavqni
tarbiyalashda foydalanadi.
O'yin vaqtini tanlay bilish ham muhim ahamiyatga ega.
Nonushta bilan mashg'ulot o'rtasida bolalar o'yiniga 8-10
daqiqa vaqt beriladi. Bunda bolalar ko'pincha avval boshlagan
o'yinlarini davom ettiradilar. Sayrda bolalarning o'ynashlari
uchun 1 soat - 1 soat 20 minut vaqt ajratiladi. Kunduzgi
uyqu va kechki nonushtadan keyin ham bolalar o'yiniga vaqt
beriladi. Bunda bolalar ko'proq syujetli-rolli o'yinlarni, qurilish
materiallari, qo'g'irchoqlar bilan, stol usti o'yinchoqlari
o'ynashlari mumkin. Shu bilan birga ermak o'yinlardan ham
foydalaniladi.
322
Ammo o'yin bilan ta'lim o'rtasidagi bog'liqlik bola ulg'aygan
sari o'zgarib boradi. Kichik guruhda o'yin ta'lim berishning
asosiy shakli hisoblansa, katta guruhga borganda esa
mashg'ulotlarda ta'limning roli ortadi. Tayyorlov guruhiga
borganda bolalarning o'zlarida maktabdagi o'qishga ishtiyoq
uyg'onib qoladi.
Ammo bolalar uchun o'yinning qadri yo'qolmaydi, balki
mazmuni o'zgaradi. Endi bolalarni ko'proq fikriy faollikni talab
etuvchi o'yinlar, sport tarzidagi o'yinlar qiziqtira boshlaydi.
Shunday qilib, pedagogika fani o'yinga bola shaxsini har
tomonlama shakllantirish vositasi va ular hayotini tashkil etish
shakli, bolalar jamoasini shakllantirish vositasi deb qaraydi.
Dostları ilə paylaş: |