Sahnalashtirilgan o'yinlar
Sahnalashtirilgan o'yinlar ijodiy o'yinlar sarasiga kiradi.
Unga ijodiy o'yinning quyidagi asosiy: niyatning mavjudligi,
roli va mavjud harakatlar, xayol qilingan vaziyatning va boshqa
elementlarning uyg'unligi, bolalarning mustaqillik va o'z-o'zini
uyushtira olish jihatari xos. Sahnalashtirilgan o'yin badiiy asar
asosida quriladi: o'yin syujeti, rollar, qahramonlarning xatti-
harakatlari, ularning nutqi asar matniga ko'ra belgilanadi.
Sahnalashtirilgan o'yin bolalarning eshitgan asar yoki
ertakdan olgan tasavvurlarini mustaqil ifodalash hamda
mashq qilish imkonini beradi. Bu o'yinlar bolalarda iroda,
intizom, o'z harakatlarini boshqalarning harakatiga muvofiq
amalga oshirish kabi sifatlarni tarbiyalashda samarali vosita
hisoblanadi. Sahnalashtirish bolalarni qayta so'zlashga
o'rgatish usullaridan biridir. Ba'zi bir bolalarda badiiy asardan
olingan parchani qayta so'zlab berishga xohish ham, qiziqish
ham bo'lmaydi, ammo unga o'yin usuli kirtilishi bilan bola
asardagi rolga kirib, o'sha asar mazmunini juda yaxshi aytib
berishga harakat qiladi.
330
Bunday o'yinda bola o'zini o'sha asardagi qahramon o'rnida
his etib; uning sezgi, kechinmalari dunyosiga chuqurroq
kirib boradi. Badiiy asarlarni qahramonlar tilida so'zlab
berish boladagi xayolni rivojlantirishga yordam beradi va
asar qahramonida mavjud bo'lgan ijodiy sifatlarni egallashga
intiladi. Sahnalashtirilgan o'yinda badiiy asarning g'oyaviy
mazmuni bolalar tomonidan chuqurroq anglab olinadi.
Ertak yoki hikoyadagi mazmun bolalarga yaqin, ularning
yoshi va qiziqishiga mos, tushunarli bo'lib, bola unga kirishib
ketgan taqdirdagina asardagi obraz va harakatlar to'g'ri
aks ettiriladi. Shuning uchun u yoki bu badiiy asar bo'yicha
sahnalashtirilgan o'yin o'tkazishdan oldin tarbiyachi asarning
mazmunini aks ettirishga yordam beradigan tayyorgarlik
ishini o'tkazishi kerak.
Bu ish oldindan bir qator mashg'ulot va o'yinlar o'tkazish
orqali amalga oshiriladi. Sahnalashtirilgan o'yinga tayyorlanish
uchun ma'lum bir vaqt ajratiladi va har bir mashg'ulotda
aniq masalalar hal etib boriladi. Masalan, tarbiyachi hazil
she'r o'qiyotib jonli nutqqa yaqinlashadi, bolalarga so'zlarni,
tovushlarni qanday talaffuz etish kerakligini tushuntiradi.
Qaytarishda esa tarbiyachi bolalardan so'zlarni aniq,
balandroq yoki past, sekinroq yoki tez talaffuz etishni talab
etadi. Bu mashqlarda matnni eslab qolish uchun o'tkaziladigan
har bir mashg'ulotda 5-6 daqiqadan vaqt ajratiladi. Bolalar
«Sholg'om», «Bo'g'irsoq», «Tulki, xo'roz va quyon» kabi ertakni
sahnalashtirishni juda sevadilar.
Ertak va hikoyalarni bolalar ko'pincha o'zlarining ijodiy
rolli o'yinlarida sahnalashtiradilar, bu o'yinlarda tulki,
sichqon, xo'roz, quyon kabi personajlarni o'yinlarda aks
ettiradilar. Yozuvchilarning badiiy asarlarini ham bolalar
sevib sahnalashtiradilar. Bolalar bilan suhbatlasha turib,
tarbiyachi hikoya yoki ertak qahramonlarining o'ziga xos
xususiyatlarini aniqlashga harakat qiladi. Har xil she'r, ertak
qahramonlarining o'ziga xos xususiyatlari mana shunday
331
o'rganiladi. Sahnalashtirish ishini quyidagi bosqichlar bo'yicha
o'tkazish mumkin:
1-bosqich. Adabiyotlarni tanlash. Sahnalashtirish uchun
adabiyot tanlaganda quyidagi talabga rioya qilish kerak:
1. Ertak, hikoya yoki she'rda qatnashuvchilar ko'p bo'lishi
kerak.
2. Asarda mazmun yaxshi bo'lib qolmasdan, harakatlarning
xili ham ko'p bo'lishi kerak.
3. Asar ifodali o'qishga mos kelishi shart.
4. Mazmuni qiziqarli bo'lishi kerak.
5. Asar bolalarning yoshiga mos kelishi kerak.
2-bosqich. Sahnalashtirish uchun tanlangan hikoya, she'r
yoki ertakning mazmunini o'qib berish yoki qo'g'irchoq, soya
teatrida ko'rsatish orqali tanishtiriladi.
3-bosqich. Eslab qolish. Asarni bolalar eslab qolishlari
uchun uni qayta o'qib berish, postanovka ko'rsatish, rasmlar
namoyish etish, didaktik o'yinlardan foydalaniladi.
4-bosqich. O'yin qiziqarli o'tishi va uzoq davom etishi uchun
o'yinga kerakli materiallar, kiyimlar tayyorlab berish va shu
bilan birga to'g'ri rahbarlik qilish kerak. Bu ishni tarbiyachi
bajaradi, katta guruhda esa tarbiyachi yordamida u bilan
birgalikda bolalar bajarishadi. Tarbiyachi bir qancha ertakka
doir rasmlar ko'rsatadi.
Guruhda shu yoshli bolalarga xos bo'lgan ertaklar,
hikoyalar
ularga
tanish
bo'lib
qolgandan
keyingina
sahnalashtirish boshlanadi. «Sholg'om», «Bo'g'irsoq» kabi
ertaklar sahnalashtiriladi. Tayyorlov guruhida bu ish davom
ettiriladi. Sahnalashtirish uchun ertaklargina olinmasdan,
badiiy asarlar, xususan, she'rlar ham olinadi. Sahnalashtirish
o'yinlariga guruhlariga qarab har xil rahbarlik qilinadi.
Masalan, tarbiyachi o'rta guruh uchun asosan harakatni aks
ettiruvchi asarlar tanlaydi, katta guruh bolalari uchun esa asar
qahramonlarining ancha murakkab munosabatlari, ularning
kechinmalari, qayg'ulari aks ettirilgan asarlar tanlanadi.
Tarbiyachi bajarilgan ishning hisobini olib boradi.
Bolalarga qaysi asar yoqqanini, ular ko'proq qaysi asarni
332
sahnalashtirishni yoqtirishlarini, qaysi bola topshirilgan rolni
yaxshi ijro eta olganini, rollarni ijro etishda bolalarda qanday
qiyinchiliklar vujudga kelganini yozib boradi, Mana shu asosda
bo'lg'usi sahnalashtiriladigan o'yinlar jonlantiriladi.
Dostları ilə paylaş: |