Maktab ta'limiga psixologik tayyorgarlik
Psixologik tayyorgarlik tushunchasi
- maktab ta'limi
nuqtayi nazaridan 1-sinfga qadam qo'yayotgan bola psixik
rivojlanishidagi muhim sifat ko'rsatkichlarining majmuasi
bo'lib hisoblanadi. Bu tayyorgarlik bolaning o'qishga intilishi,
o'quvchi bo'lish ishtiyoqida bilish faoliyati va tafakkur
operatsiyalarining yetarlicha yuqori darajasi, bolaning
o'quv faoliyati elementlarini egallash, iroda va ijtimoiy
rivojlanishning muayyan darajasida namoyon bo'luvchi
asoslangan tayyorgarlikni o'z ichiga oladi. Bolaning maktab
384
ta'limiga psixologik tayyorgarligining barcha komponentlari
bolani sinf jamoasiga olib kirish, o'quv materiallarini ongli-
faol egallash, maktabga oid majburiyatlarni bajarishni qamrab
oladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarni yangi psixologik
mavqelarini yaratishdan iborat bo'lib, uning xususiyati
guruhdagi barcha bolalar uchun ahamiyatii bo'lgan kelajakda
maktabga kirish istiqbolidir. Bu istiqbol bolalar kechinmalari,
qiziqishlari, mtilishlarining birligini yaratib, tarbiyachilar
undan bolalar jamoasining umumiy maqsad - maktabga puxta
tayyorlanish asosida jipslashtirish maqsadida foydalanadilar.
Tayyorlov guruhiga o'tish bolalarda yangi holat -
kattaliklarini anglashlariga asoslangan "yetuklik" hissiyotini
yaratadi. Tarbiyachi ta'lim-tarbiya jarayonlarida bolalarning
katta ekanliklaridan faxrlanish, o'quvchi bo'lishga intilish,
xatti-harakatlarini ongli ravishda boshqarish va javobgarlik
hissini tarkib toptiradi.
"Ilk qadam" dasturida belgilab qo'yilgan ijtimoiy-hissiy
rivojlanish talablarini bajarish, bolalarning kattalar va
tengdoshlari bilan muloqat qilish doirasini kengaytirish, o'z
fikrini mustaqil ayta bilish qobiliyati, o'z hissiyotlari bilan
o'rtoqlasha olish, hissiy kechinmalarni so'z bilan ifodalashi,
jamoada o'zini tuta bilishi, o'zini shaxs sifatida anglashi, o'zini
hurmat qilishi, qadr-qimmatini bilishi, "men" konsepsiyasi,
kattalar yordamida kamchiliklarini bartaraf etish kabilar
psixologik tayyorgarlik asosini tashkil etadi. Bu yoshdagi
bolalarda o'zidan kichiklarga g'amxo'rlik hissi jadallik bilan
rivojlanadi. Шаг uchun sovg'alar tayyorlash, "konsertlar"
uyushtirish, birgalikdagi o'yin faoliyatlari bo'lajak o'quvchi
uchun katta ahamiyatga ega. Bu ishlar bo'lajak o'quvchining
ma'naviy tajribalarini boyitadi, shaxsning insoniy xislatlari -
xayrixohlik, saxiylik, yaxshilik, rahmdillik sifatlarini tarkib
toptiradi.
,
Tayyorlov guruhi bolalar mavqeyidagi o'ziga xos xususiyat
ularning ijtimoiy zonasini kengaytirishdir. Shunday qilib,
385
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologik mavqeyida bo'lajak
o'quvchilarda ma'naviy sifatlarni shakllantirishning katta
imkoniyatlari mavjuddir.
Dostları ilə paylaş: |