Maktab ta'limiga tayyorlashda ta'lim-tarbiyaviy
jarayonning o'rni va o'ziga xos xususiyatlari
Bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashda maktabgacha ta'lim
muassasasida tashkil etiladigan ta'lim-tarbiyaviy jarayonlar
o'ziga xos xususiyatga ega. Bu o'ziga xoslik maktab ta'lim-
tarbiya ishlaridan nusxa ko'chirish emas, balki bolalarning
maktabda muvaffaqiyatli o'kishi uchun zarur bo'ladigan
og'ishmay shakllantirishga mo'ljallangan faoliyat va xulq-
atvorni maxsus tashkil etishdir. Bu bolalar faoliyatining barcha
turlarini murakkablashtirishda, bolalar tomonidan amalga
oshirishning murakkab usullarini egallashlarida, faoliyat
jarayonida hamkorlikning yangi usullarini o'zlashtirishda,
bolalar faoliyati va xulq-atvorining jamoatchilik yo'nalishini
rivojlantirishda, ijtimoiy-foydali asoslarini ilgari surishda
namoyon bo'ladi. Bu jarayon bo'lajak maktab majburiyatlarini
hisobga olib talablarning so'zsiz ortib borishi bilan ifodalanadi.
O'z ahamiyatiga ko'ra bolalarning mustaqilliklari, o'yin, o'qish
va mehnatning sifat va natijaliligi birinchi o'ringa chiqadi. Bu
quyidagilarda namoyon bo'ladi:
-
Kun tartibining o'zgarishida - bola yuvinish, kiyinish,
ovqatlanish jarayonlarini tez sur’atda bajarishga o'tadi,
faoliyatning bir turidan ikkinchi turiga tezroq moslashadi.
Tarbiyachining bolalar bilan muloqot usuli o'zgaradi,
o'qituvchining o'quvchilar bilan munosabatiga xos ayrim
xususiyatlarni kasb etadi(bolalarga qo'yiladigan talab ortadi,
ularda mustaqillik rivojlanadi). Bolalarni maktabga tayyorlash
jarayonida ularda faoliyatning yangi turi bo'lgan ta'lim olishga,
o'qishga ishtiyoq, qiziqish sezilarli darajada kuchaydi. Bu
o'rinda bolalarni ruhan ta’lim jarayoniga kirishishga tayyorlash
maqsadida dastlabki o'quv elementlarini o'rgatish lozim.
386
-
Maktabgacha ta’lim muassasasidagi mashg'ulotlar vaqti
ortadi. Bunda bolalarni voqelikning turli sohalari haqidagi
tasavvurlarini yanada kengaytirish va to'g'ri dunyoqarashni
shakllantirishga oid ishlar olib boriladi. Bolalar bilimlarini
o'rganilayotgan narsa va hodisalardagi muhim belgi hamda
munosabatlarni ajratish asosida yanada umumlashtirish va
tizimlashtirish muhim vazifa hisoblanadi.
Bolalarni maktabda o'qishga tayyorgarligining yana bir
muhim tomoni - atrof-olam, narsa va hodisalarni tegishli
mezonlarda umumlashtira vatabaqalashtira bilish hisoblanadi .
Istalgan o'quv fanini egallash bolada mazkur o'quv o'quv fanida
ko'rib chiqilayotgan voqelikhodisalarini ajratish va uni o'z bilish
obyektiga aylantirish qobiliyatining mavjud bo'lishini nazarda
tutadi. Bu tizimlashtirish, umumlashtirish, tahlil qobiliyati
ma'lum darajada rivojlanishini talab qiladi. Asosiy maqsad
- olingan bilimlar ko'magida mazkur masalalarga nazriy
yondashuv masalalarini shakllantirishga yordam beradigan
umumiylashtirilgan tasavvur va elementar tushunchalarning
tarkib topishini ta'minlashdir.
Bolalarning
maktabda
savodini
chiqarish
uchun
tayyorgarlikka oid jadal ish olib boriladi, bu sohalar
bo'yicha dastur talablarini egallash, keyinchalik matematik
rivojlanishlari
muhim
bo'lgan
butun
sonlar
qatori,
qonuniyatlari, bolalar uchun yangi voqelikning miqdoriy
tomonlarini bilish vositasi sifatida o'lchov faoliyati, qism va
butun, o'lchov va o'lchash o'rtasidagi funksional bog'liqliklar va
shu kabilar haqidagi qoidalarni anglashlarida yordam beradi.
Bular bolalarning 1-sinfdagi matematik bilimlar mazmunini
ongli, faol egallashlarini ta'minlaydi.
Nutq, o'qish va savodga tayyorgarlik mashg'ulotlarida -
bolalar nutq va til voqeligi sifatidagi yangi lingvistik munosabat
asoslarini o'zlashtira boshlaydilar. Bolalar tomonidan nutqning
tuzilishi, uning og'zaki va tovush tarkibini oddiy o'zlashtirish
sodirbo'ladi,so'ztilvoqeligideganilktasavvurtarkibtoptiriladi.
Kesma harflar yordamida tovush-harf, bo'g'in tuzishga va uni
387
o'qishga o'rgatiladi, namunadagidek turli so'zlarni yozish,
chizish masalalari shakllanadi. Bolalar tegishli atamalar: gap,
tovush, bo'g'in, harf, so'z tarkibi kabilarni egallab oladilar. Bu
ish maktabda savodni egallash va ona tilini o'rganishda muhim
ahamiyatga egadir.
Mashg'ulotlar jarayonida bolalarning analitik-sintetik
faoliyatlarini
rivojlantirishga
tahlil,
umumlashtirish,
qiyoslash, tasniflash usullarini takomillashtirishga doimo
e'tibor qaratiladi. Bunda bolalarni bevosita bilishdan bilvosita
bilishga ko'chirishning roli kattadir. Bu yoshdagi bolalar
kattalarning miqdoriy o'zaro munosabatlarining o'lchashlar
vositasida aniqlashni, narsalarni ko'rib chiqish yoki qiyoslashda
kuzatishlar
chizmalaridan
foydalanishni,
narsalarning
sifat va xususiyatlarini baholashda ijtimoiy ishlab chiqilgan
etalonlardan foydalanish kabilar o'rganib boriladi.
Mashg'ulotlarda bolalarda o'quv faoliyati va uyushgan xulq-
atvor malakalarini maqsadga muvofiq shakllantirish davom
ettiriladi. Bunda bolalarning:
- O'quv vazifalarini qabul qilish ko'nikmalari;
- Tarbiyachining tushuntirish va ko'rsatmalariga muvofiq
harakat qila olishlari;
- Butun mashg'ulot davomida mashg'ulot mazmuniga
qiziqish;
- Diqqat-e'tiborni saqlash;
- Ishni oxiriga yetkaza bilish;
- Vazifani bajarish jarayoni va uning natijasini topshiriqqa
muvofiq baholash;
- Tarbiyachi savollariga baland ovozda mantiqli javob berish;
- O'z fikrini tushunarli va savodli ifodalay olish jihatlari ish
samaradorligi belgisi hisoblanadi.
Tarbiyachi bolalar mustaqilligini rivojlantirar ekan, ular
o'z faoliyatlarini rejalashtiradi hamda izchil tarzda o'rganib
boradi. Bu ko'nikmalar barcha faoliyat turlarida amalga
oshirilib, bolalar dastavval tarbiyachi tomonidan taqdim
etilgan reja asosida harakat qilishni, so'ngra tarbiyachi bilan
388
birgalikda reja tuzishni, so'ngra o'z faoliyatlarini mustaqil
rejalashtirishni o'rganadilar. Bolalar faoliyatining natijaliligiga
talab ortib boradi. Tarbiyachi ish natijalarni baholashda
quyidagilarni nazarda tutishi lozim:
- Bola tomonidan topshiriqni bajarishdagi aniqlik;
- Bajarilgan ish sifati;
- Ishning zarur sur'atini saqlash ko'nikmasi;
- O'zini-o'zi nazorat qilish.
O'zini-o'zi nazorat qilish ta'sirini tarbiyachi asta-sekin
natijani nazorat qilishdan topshiriqni bajarish jarayonidagi
harakat usullarini nazorat qilishga va so'ngra nazoratdan
oldingi elementlarga tomon rivojlantiradi.
Maktabgacha ta'lim muassasasidagi ta'lim-tarbiya va
pedagogik jarayonlarda o'qitish muammolarini ilmiy asosda
ishlab chiqqan pedagog olimlar (A.P.Usova, N.B.Mchedlidze,
V.I.Loginova, Yu.K.Batanekib va boshqalar]
"Pedagogik
jarayon yaxlit, dialektik va rivojlanuvchi hodisadir. Uning
rivojlanish jarayonida asosiy tashkil qiluvchi qismlari: tarbiya
va o'qitish, bolalarning uyushtirilgan va mustaqil faoliyatlari,
ayrim faoliyat turlari [o'yin, o'quv, mehnat] o'rtasidagi nisbat
o'zgaradi” - deb ta'riflanadi14.
Tarbiyachi bolalarga tanishtiradigan ijtimoiy hodisalar
sohasi jiddiy kengayadi. O'zbekistonning qadimiy shaharlari,
Buyuk Ipak yo'li, O'zbekistonning mustaqilligi, gerbi, bayrog'i,
madhiyasi haqida, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan boshqarilishi, buyuksiymolar, mashhur sarkardalar,
xalq amaliy san'ati, an'anaviy bayramlar haqidagi bilimlarga
tayanadi.
"Konstitutsiya
saboqlari"
bu
ilk
iqtisodiy
tarbiya
mashg'ulotlari orqali bo'lajak o'quvchilarda huquqiy ong,
huquqiy
madaniyat,
huquqiy
tarbiya
shakllantiriladi.
O'zbekistonning o'z milliy so'mi va iqtisodiyot saboqlarining
ilk elementlari hodisalarga qiziqishlarini rivojlantiriladi,
Dostları ilə paylaş: |