N. M. Kayumova



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

VI. O'yin faoliyati. 
Maktabgacha ta'lim muassasasida 
bolalarning asosiy faoliyat turi hisoblangan o'yin jarayoni 
bolani shaxs sifatida to'liq shakllanishida yetakchilik qiladi. 
Bunda dastur asosida o'ynaladigan syujetli-rolli, didaktik, 
stol bosma, sport, ko'ngil ochish, o'zbek xalqining milliy, 
ertak o'yinlaridan foydalaniladi. Bola tarbiyasida o'yin 
texnologiyalari 
(L.S.Vigotskiy, 
G.K.Selevko) 
kayfiyatni 
ko'taruvchi, hamkorlik, o'zini namoyon etuvchi, millatlararo 
o'yin turlari, interfaol o'yinlardan foydalanish maqsad qilib 
olinadi.
VII. Inklyuziv ta'lim tamoyillari.
Inklyuziv ta'lim 
- ta'lim-tarbiyaning mutlaqo yangi tizimi. 
Bu hoi pedagog tomonidan ta'lim jarayonini tashkil etishda 
har bir bolaning fiziologik va ruhiy rivojlanishi, ayniqsa, o'ziga 
xos bolalarninig individual xususiyatlarini e'tiborga olishni
414


anglatadi. Bu jarayonda bolalarning zaif toifasiga alohida 
e'tibor talab etiladi. Jamoada bolalar bir-biri bilan o'zaro aloqa 
bog'lashi, jinsi, irqi, millati, madaniyati, yili, e'tiqodi, yoshi, 
alohida talab-ehtiyojlari, oilaning tuzilishi va uning ijtimoiy- 
iqtisodiy holatidan qat'iy nazar, boshqa kishilar bilan o'zaro 
do'stona munosabatlar o'rnatishga o'rganadi. Shu munosabat 
bilan aynan pedagog har bir bolaning ichki imkoniyatlarini 
ro'yobga chiqarish huquqini ta'minlashi lozim degan g'oya 
ilgari surilib, bu quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
- Insonning qadr-qimmati uning qobiliyati va erishilgan 
yutuqlari bilan belgilanmaydi;
- Har bir inson his etish va fikr yuritishga qodir;
- Har bir inson muloqot yuritishga va uning fikrlari e'tirof 
etilishiga haqlidir.
- Barcha kishilar bir-biriga ehtiyoj sezadi;
- Chinakam ta'lim muayyan o'zaro munosabatlar doirasida 
amalga oshirilishi mumkin;
- Barcha insonlar qo'llab-quvvatlashga va tengdoshlar 
bilan do'st bo'lishga ehtiyoj sezadi;
- Ta'lim olayotganlar uchun ijobiy yutuqlarga erishish 
qo'lidan kelmaydigan ishdan ko'ra, uddalay oladigan ishda 
ko'proq namoyon bo'Iadi;
- Rang-baranglik inson hayotiga bog'liq;
- Bir-birimizdan farq qilishimiz va har birimiz individual 
shaxs ekanimizni tan olish;
- Rivojlantiruvchi 
dasturlarning 
individuallashuvini 
ta'minlash, ya'ni dasturning har bir bolaning birgalikdagi 
faoliyat doirasidagi talab-ehtiyojlari hamda maktabgacha 
ta'lim muassasasi va unda tashkil etilgan qisqa guruhlarning 
umumiy maqsadlarini e'tiborga olgan holda tuzish;
- Ta'lim-tarbiya jarayonida bolalarning o'kishini, ularning 
rivojlanishi va maktabgacha ta’lim muassasasi hayotida faol 
ishtirokni qo'llab-quvvatlash borasida qimmatli uslubiy tajriba 
to'plash;
415


- Birguruhgamosbo'lganumumiyo'quvrejasidanfoydalana 
olish imkoniyatini yaratadigan ta'limning differensiallashgan 
strategiyalariga tayanish;
- Maktabgacha ta'lim muassasasi va qisqa guruhlarda 
bolaning talab-ehtiyojlarga uzluksiz moslashuvini ta'minlash.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin