«What constitutes an ‘appropriate’ curriculum for young children
is still hotly disputed but it is increasingly apparent that simplistic
outcome measures, which only look to knowledge and skill competence
in the short term, are seriously underestimating the issue» (p93)
Kichik yoshdagi bolalar uchun to‘g ’ri keladigan o‘quv rejasi qanday
tarzda bo'lishi kerakligi hali hamon turli xil mulohazalarga olib
kelmoqda, biroq shunisi aniq bo‘lmoqdaki, natijaning soddalashtirilgan
choralari, faqat qisqa mudat ichida o‘sishga qaratilgan bilim va uddalay
olishlik kompitentlari, masalani jiddiy tarzda baholay olmayapti.
Pedagogy in early childhood education and care (ECEC): an
international comparative study of approaches and policies Research
MTM tarbiya dasturini yaxshi bilish kalendar rejani
muvaffaqiyatli tuzishning asosiy garovidir.
Pedagog va psixolog olimlar olib borgan ilmiy tadqiqot
ishlarining xulosalari bolalarning malaka va ko'nikmalarni
egallashi ma'lum yosh bosqichida yuzaga kelishini ko'rsatdi.
457
Tarbiyachi xuddi mana shu davrni qo'ldan boy bermay,
bolani har tomonlama rivojlantirishga erishmog'i zarur.
Tarbiyachi o'zi ishlayotgan guruh, shuningdek, o'zidan oldingi
va keyingi guruhlar dasturi talablari va mazmunini yaxshi
bilishi kerak. Masalan, dasturning kichkina guruh bolalarini
tevarak-atrof bilan tanishtirish bo'limida bolalarni hayvonlar,
o'simliklar va shunga o'xshashlar to'g'risidagi eng oddiy bilim
va tushunchalar bilan tanishtirish vazifasi belgilangan.
O'rta guruhda dastur bo'yicha bolalarni tevarak-atrof bilan
tanishtirish va narsa-buyumlarga, voqea-hodisalarga nisbatan
qiziqishini o'stirish va shu asosda eng oddiy tasavvur va
tushunchalar hosil qilish, eng muhimi esa, kuzatuvchanlikni,
narsa va buyumlar, voqea-hodisalar o'rtasidagi o'zaro
bog'liqlikni topa bilishga o'rgatish bosh vazifa hisoblanadi.
Katta va tayyorlov guruhi bolalarini narsa-buyumlar, voqea-
hodisalar to'g'risidagi haqiqiy tasavvur va tushunchalarini,
ularning tabiiy sabablar bilan bog'liq ekanligini shakllantirish
dasturning muhim vazifasidir.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish
ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun dasturni yaxshi
bilishning o'zi yetarli emas, shu bilan birga, har bir bolaning
shaxsini rivojiantirish yo'llarini yaxshi bilish, bolaning bilim,
malaka va ko'nikmalarni egallab olish qobiliyati har xilligini
ham e'tiborga olish kerak.
Tarbiyachining ishini muvaffaqiyatli rejalashtirishning yana
bir zarurati - uning metodik qo'Ilanma, pedagoglar kengashi,
metodik birlashma, kurslarda va shunga o'xshashlardan olgan
tavsiyalardan keng foydalanishidir.
Kalendar rejani guruhda ishlovchi har ikkala tarbiyachi
birgalashib bamaslahat tuzishlari lozim. Tarbiyachilar vaqti-
vaqti bilan bolalarning ishlarini tahlil qilib borishlari lozim.
Kalendar reja bir-ikki haftaga tuziladi va tarbiyachining
majburiy hujjati hisoblanadi.
Dasturga muvofiq hamma ta’lim-tarbiya ishlari bolalar
faoliyatining barcha turlari: o'yin, mehnat, maishiy faoliyat
458
va mashg'ulot orqali amalga oshiriladi. Kalendar rejaning
mazmuni bolalar faoliyatining hamma turlarida aks ettiriladi.
Kalendar rejani tarbiyachi kun tartibiga binoan tuzib chiqadi.
Bolalarning o'yini ham, mehnat mashg'uloti ham, maishiy
faoliyati ham tarbiyachining har kungi kalendar rejasidan o'rin
olishi lozim.
Kalendar rejaning mazmuni va shakli bolalarning har
tomonlama barkamol shaxs bo'lib shakllanishi qay darajada
borayotganligiga qarab baholanadi.
Ertalabki soatlarni rejalashtirish. Ertalabki soatlarda
quyidagilar rejalashtiriladi:
1. Bolalarning og'zaki nutqini tuzatish va rivojiantirish:
a) kitoblar, o'yinchoqlar, bolaning dam olish kunini qanday
o'tkazgani, uning oila a'zolari - ota-onasi, opa-singlisi, aka-
ukasi va shunga o'xshashlar to'g'risida jamoa tarzida va yakka
tartibda suhbatlar o'tkazish;
b) albomlar, jurnallar, yangi kitoblar, rassomlarning yangi
asarlarini ko'rish;
v) she'rlarni takrorlash;
g) to'g'ri talaffuz qilishga o'rgatish, nutqning grammatik
tuzilishini shakllantiruvchi didaktik o'yinlar;
d) tovushlarni
to'g'rilash
bo'yicha
yakka
tartibda
shug'ullanish.
2. Bolalarni kattalik, rang, vaqt, fazoviy masofa bilan
tanishtirish bo'yicha didaktik o'yinlarni rejalashtirish (kichik
va o'rta guruhlarda).
3. Bolalar xohlagan faoliyat rejalashtiriladi. Bolalarning
mustaqil shug'ullanishlari uchun plastilin, bo'yoqlar, qalamlar,
bo'yashlari uchun rasmli kitobchalar va o'zlarining chizgan
rasmlari beriladi.
4. Bolalar tomosha qilishlari uchun xalq o'yinchoqlari,
kiyimlar, kashtalar, idish-tovoqlar, narsa-buyumlar, milliy
kiyimdagi qo'g'irchoqlar beriladi.
5. Bolalarni madaniy-gigiyenik malakalarga o'rgatish
bo'yicha yakka tartibdagi ishlar rejalashtiriladi, masalan,
459
kichkina guruhda dastro'molchadan foydalanishga o'rgatish
bo'yicha didaktik o'yin o'tkaziladi.,
6. Koptokni dumalatish, gardishni aylantirish, tirmashib
chiqish, sirpanib yurish kabi asosiy harakatlarni rivojlantiruv-
chi ishlar rejalashtiriladi.
7. Ashula va raqsning ayrim qismlarini takrorlash reja
lashtiriladi.
8. Bolalarning o'yin faoliyatlari rejalashtiriladi:
a) qurilish o'yinlari rol, syujet bilan bog'liq qurilish o'yinlari
rejalashtiriladi;
b) syujetli-rolli o'yinlar, turmushni aks ettiruvchi va boshqa
shunga o'xshash o'yinlar rejalashtiriladi;
v) stol usti bosma didaktik o'yinlari, so'zli buyumlar bilan
o'ynaladigan didaktik o'yinlar, ermak o'yinlar, xorovod
o'yinlar, xalq didaktik o'yinlari rejalashtiriladi. Bolalarning
sezgisini, idrokini, tovushlarni idrok etishini, rang, vaqt, didni,
nutqni o'stiruvchi ishlar rejalashtiriladi. Dramalashtirish va
sport o'yinlari ham rejalashtiriladi.
9. Mehnatning turli xillari rejalashtiriladi:
a) tabiatdagi mehnat ko'chat o'tkazish, suv sepish, o'simlik
va hayvonlarni parvarish qilish va shu kabilar;
b) xo'jalik maishiy mehnat idishlarni yuvish, xonani
yig'ishtirishtirish, kitoblarni yopishtirish-yelimlash, o'simliklar
bargini artish);
v) qo'l mehnati (tabiiy materiallar, daraxtlar mevasi,
somonchalar, lattalar, yog'och va kartondan har xil buyumlar
yasash) har bir yosh guruhida mehnatning qaysi turi o'tkazilishi
dasturda ko'rsatilgan. Ertalab 2-3 xil faoliyat rejalashtiriladi.
Ertalabki soatlarni rejalashtirishda shu kungi o'tkaziladigan
mashg'ulotlar e'tiborga olinadi. Mashg'ulotda biror narsa o'qib
berish rejalashtirilgan bo'lsa, ertalabki soatda rasm ko'rish,
onasi to'g'risida so'zlab berish, o'qish rejalashtirilmaydi,
shu kuni ertalabki soatga mehnat, kattalik, shakl bilan
tanishtirish, tasviriy faoliyat rejalashtiriladi. Tarbiyachi har xil
mashg'ulotlarni rejalashtiradi; bolalarga yangi bilim beruvchi
460
mashg'ulotlar ularning olgan bilimlarini, orttirgan tajribalarini
mustahkamlovchi va tartibga soluvchi mashg'ulotlar, kompleks
mashg'ulotlar va hisobot-nazorat (tekshiruvchi) mashg'ulotlari
bo'ladi. Tarbiyachi o'zining kalendar rejasiga mashg'ulotning
nomi va dastur mazmunini yozib qo'yadi. Dastur mazmuniga
mashg'ulotning ta'lim-tarbiyaviy vazifalari va bolalar egallab
olishlari, aniqlash va mustahkamlash kerak bo'lgan bilim,
malaka, ko'nikmalar hajmi ham yoziladi.
Mashg'ulotni rejalashtirish bolalar tomonidan ma’lum
hajmdagi bilimlarni egallash va kengaytirish imkoniyatini
yaratibgina qolmay, shu bilan birga ularning bilimlarini
aniqlash, mustahkamlash, mustaqil faoliyatlarida qo'llash
imkonini beradi. Bolalarga beriladigan bilim, malaka
va
ko'nikmalarning
hajmi
mashg'ulotdan-mashg'ulotga
kengaytirib, murakkablashtirib boriladi. Masalan, tarbiyachi
birinchi mashg'ulotdabolalarni uy hay vonlari bilan tanishtiradi,
bolalar ularni kuzatishadi, nomini aytishga o'rganadi. Keyingi
mashg'ulotda esa bu bilimlar mustahkamlanib, hayvonlarni
kuzatish jarayonida yangi bilimlar hosil bo'ladi. Bolalar bu
hayvonlarning foydali belgilarini, xatti-harakatini kuzatishsa,
kelgusi
mashg'ulotda
bolalar uy
hayvonini
odamlar
qanday parvarish qilishi va bu parvarishga hayvonlar o'z
«minnatdorchiligini» qanday bildirishi to'g'risida gap boradi.
Dastur materialini o'rganish mashg'ulotdan-mashg'ulotga
mana shu izchillik bilan amalga oshirib boriladi. Bolalarning
bilim, malaka va ko'nikmalarni muvaffaqiyatli o'zlashtirishlari
aksariyat hollarda tarbiyachining tayyorlagan metod va
usullariga, shart-sharoitga bog'liq bo'ladi. Bu yoshdagi
bolalarning yosh xususiyati asosan ko'rgazmali metoddan
kuzatish namoyish qilish metodi hikoya, suhbat, tushuntirish;
amaliy metod mashq o'yindan foydalanishni takrorlaydi.
Har bir metod umumiy vazifani amalga oshirishga qaratilgan
yagona yo'l bo'lib, usullar yig'indisidan tashkil topadi. Hamma
usullarni shartli ravishda uchta guruhga bo'lish mumkin:
ko'rgazmali (ko'rsatish), og'zaki (savol, solishtirish, she'r
461
aytish, topishmoqdan foydalanish), amaliy [topshiriq, o'yin,
vaziyat usullari va boshqalar).
Bevosita faollashtiruvchi metodlardan tashqari bavosita
metodlardan ham foydalaniladi (eslatish, maslahat, tanbeh
berish, tuzatish). Ko‘p hollarda metod va usullardan kompleks
tarzda foydalaniladi. Mashg'ulot vaqtida beriladigan bilim,
malaka va ko'nikmalarni bolalar yaxshi o'zlashtirib olishlari
ularning hissiy holatini ko'tarish uchun xizmat qiladi.
Tarbiyachi
o'zining kalendar
rejasida mashg'ulotda
foydalaniladigan usulnigina yozib qolmasdan, shu bilan birga
uning mazmunini ham ochib yozishi kerak.
Bolalarga beriladigan savollarni ham qanday izchillikda
berilsa, shunday yozib qo'yish zarur. Agar tarbiyachi
mashg'ulotda topishmoq yoki she'rdan parcha keltirmoqchi
bo'lsa, uning mazmunini yozib qo'ygan ma'qul. Solishtirishga
o'rgatishda qaysi buyumlardan, ularning qaysi belgisidan,
qanday savollardan foydalanish lozimligi ham yoziladi.
Tarbiyachining mashg'ulotni rejalashtirishdagi ba'zi bir
metod va usullarini ko'rib chiqamiz.
Tarbiyachi
mashg'ulotga
tayyorgarlik
ko'rayotganda,
albatta, yosh bolaning tafakkuri ko'rgazmali-obrazli bo'lishini
e'tiborga oladi va asosan mashg'ulotda ko'rgazmali metodlarni
rejalashtiradi. Kuzatish metodi tarbiyachi rahbarligida
kuzatilayotgan obyektni bolaning hissiy idrok qilishini
ta'minlaydi. Narsa va buyumlarni namoyish etish ham
shunday ahamiyat kasb etadi. Ko'p mashg'ulotlarda, ayniqsa,
nutqni o'stirish mashg'ulotida tarbiyachining hikoyasidan
foydalaniladi. Bu bolalarga tanish bo'lgan badiiy asardan,
tevarak-atrofdagi
hayotdan
olingan
voqea-hodisalarni
tarbiyachi his-hayajon bilan jonli, obrazli qilib bayon etishidir.
Suhbat metodi ham rejalashtiriladi. Suhbat bolalarga
avval egallagan bilimlari bilan yangisini bog'lash imkonini
yaratadi, shuningdek, yangi bilimlarni o'zlashtirib olishlarini
yengillashtiradi. Tarbiyachi mashg'ulotlarda foydalanadigan
462
so'zli metodda uning qiyinligini savollar tashkil etadi, Savollar-
ni bolalarning bilish jarayonlari: sezgi, idrok, tafakkurini
faollashtiradigan qilib tuzish kerak. Savollar bolalardan aqliy
zo'r berishga, sabab-natijalarni aniqlashga qaratilgan bo'lishi
zarur.
Mashg'ulotlarda muammoli vaziyatlar yaratish ham
bolaning fikrlash faoliyatini kuchaytiradi, bilimlarni egallab
olishini yengillashtiradi, ularning fahm-farosatli, mustaqil
fikrlaydigan bo'lishiga yordam beradi.
Mashg'ulotlarda solishtirish usulidan foydalanish insonning
eng qimmatbaho aqliy xazinasi bo'lib, u buyumlarni yaxshiroq
o'rganish va tushunishga yordam beradi.
Kichik guruhlarda solishtiriladigan buyumlar bir-ikkitadan
ko'p bo'lmaydi. Tarbiyachi solishtirishni qanday izchillikda
olib borishni o'zining kalendar rejasida yozib qo'yadi.
O'rta guruhda solishtirishga mo'ljallangan buyumlardagi
belgilar soni ko'payadi va bolalardan buyumlarni kuzatib,
ulardagi belgilarni ma'lum izchillikda bayon qilish talab etiladi.
Katta va maktabga tayyorlov guruhlaridagi bolalardan
faqat ular ko'rib turgan buyumlarning belgilarini sanash bilan
chegaralanib qolmay, ularni solishtirishda tasavvurlaridan
foydalanish ham talab etiladi.
Solishtirishning bu murakkab shakli bolalarning yoshiga
mos bo'lib, ularning aqliy rivojlanishlari uchun muhim
ahamiyat kasb etadi.
Tarbiyachi mashg'ulotlarda o'yin usulidan keng foydalanadi,
O'yin usuli mashg'ulotning qiziqarliroq Jozibaliroqligini ta'min
laydi, mashg'ulot jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni
bola osonlik bilan yengadi.
Mashg'ulot rejasida bolalarning xulq-atvori, qiziqishi,
rivojlanish darajasiga qarab yakka tartibdagi ishlar ham
rejalashtiriladi. Umumiy rivojlanishi biroz orqada qolayotgan,
diqqati tarqoq, o'ziga ishonchi yo'q yoki o'zi to'g'risida yuqori
fikrli bolalarga ko'proq e'tibor berish kerak.
463
Shunday qilib, kalendar rejaga mashg'ulotning dastur
mazmuni, metodik usul unga kerakli ko'rgazma va tarqatma
materiallar, bolalar bilan individual ishlash rejalashtiriladi.
Sayrni rejalashtirish.
1. Tabiatdagi, ijtimoiy hayotdagi voqea-hodisalarni kuzatish
rejalashtiriladi. Masalan: harakatlanayotgan transportni,
bayramga bezatilgan ko'chani, farroshning ishini va shunga
o'xshashlarni kuzatish; barg yozayotgan, gullab turgan
o'simliklarni, yog'ayotgan qor va hokazolarni kuzatish
rejalashtiriladi. Bular haftasiga 5-6 marta kuzatiladi. Ob-
havoni kuzatishni oldindan rejalashtirib bo'lmaydi. Bu kalendar
rejaga quyidagicha yoziladi: yaqin orada (hafta davomida) qor
yog'ishini kuzatish. Bu tadbir o'tkaziladigan mashg'ulot bilan
uzviy bog'liq bo'lishi kerak.
2. Qoidali o'yinlarning ta'lim-tarbiyaviy vazifasi ko'rsatilgan
holda rejalashtiriladi. Kichik guruhda bitta yangi o'yin yoki
tanish o'yinni rejalashtirish mumkin katta guruhda ham
bolalarga tanish bo'lgan 2 o'yinni sayrning boshida va oxirida
rejalashtirgan ma’qul.
3.
Bolalarning
maydonchadagi,
polizdagi
mehnati
rejalashtiriladi:
a) tabiatdagi mehnat (daraxt o'tkazish, suv quyish, chopiq
qilish, o'simlik urug'ini terish, hayvonlarni parvarish qilish va
hokazolar);
b) maishiy-xo'jalik mehnati (barglarniyig'ish, qornitozalash,
ay vonchani supurish, qafasni tozalash, yo'lkalarga qum sepish
va shunga o'xshashlar).
4. Bolalar bilan olib boriladigan yakka tartibdagi ishlar:
jismoniy tarbiyadan asosiy harakatlarni mashq qildirish,
san'at, ona tilini o'rganish va boshqalar.
Asosiy harakatlarni mashq qildirish bo'yicha tadbirlar
yil fasllariga qarab tanlanadi, masalan, qishda yugurish,
sakrash, yurish kabi ishlar rejalashtiriladi; emaklab, sirpanib
yurish, gimnastika narvonchasidagi muvozanatni saqlashga
o'rgatuvchi mashqlar rejalashtirilmaydi.
464
5. Sport o'yinlari (voleybol, stol tennisi, badminton va
shunga o'xshashlar), sport ermak o'yinlari (chang'i, konki,
chana, velosiped va boshqalar).
6. Maqsadli sayrlar maydoncha bo'ylab va maydonchadan
tashqariga o'tkaziladi. Avval ekskursiyaga borib kelingan
joyga maqsadli sayr uyushtiriladi. (Masalan, bahorda mana shu
o'tloqqa kelgan edik, shu vaqtgacha ko'p narsalar o'zgaribdi]
7. Qurilish o'yinlari va ularga kerakli materiallar, qurollar
sayrda bolalarning syujetli-rolli o'yinlari yuzaga kelish va
rivojlanishi, o'yin harakatlariga bolalarni o'rgatish usullari
ham rejalashtiriladi. Tarbiyachi kalendar rejasi o'yin uchun
olib chiqiladigan o'yinchoqlarni, ularning ayrimlarini ham
ko'rsatadi. Sayrga chiqishdan oldin tarbiyachi bugun sayr
vaqtida nima bilan shug'ullanishlari, qanday mehnat faoliyatini
bajarishlari yoki qanday o'yin materiallarini olib chiqishlari
kerakligi to'g'risida bolalar bilan gaplashib oladi.
Dostları ilə paylaş: |