N. M. Kayumova



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə188/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

7)
har bir shaxsning bilim olishi va iste’dodini rivojlantirish- 
ning rag'batlantirilishi;
8} ta'lim tizimida davlat va ijtimoiy boshqaruvning o'zaro 
uyg'unligi.
Uzluksiz ta'lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va 
nodavlat ta'lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o'zgartish 
va ularni izchil rivojlantirish davlat tomonidan boshqarib 
boriladi. Barcha bo'g'in ta'lim boshqaruv organlarining 
huquq va vakolatlari «Ta'lim to'g'risida»gi qonunga muvofiq 
belgilanadi. Mazkur qonun ta’lim muassasalari faoliyatining 
me'yoriy-huquqiy asoslarini belgilab berish barobarida uning 
moliya xo'jalik ishlarini to'g'ri va oqilona yuritishni, ta'lim ja­
rayonini tashkil etishda o'quv yurtlarining mustaqil faoliyat
482


ko'rsatishini ta'minlaydi. Ta'lim muassasalari O'zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan 
tartibda attestatsiyadan o'tkaziladi hamda akkreditatsiya 
qilinadi. Akkreditatsiya yakunlariga ko'ra, ularga ta'lim 
sohasida faoliyat yuritish huquqi beriladi.
Muassasa tashkilotlar, mahalliy hokimiyat organlari, 
tadbirkorlar doiralari, jamoat tashkilotlari, turli jamg'armalar 
va homiylar vakillarini o'z ichiga olgan vasiylik va kuzatuv 
kengashlarini tuzish orqali ta’lim muassasalarida samarali 
jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi.
Shunday qilib, mustaqillik yillarida mamlakatimizda 
ta'lim tizimi, jumladan, maktabgacha ta’lim tizimini tubdan 
yangilash va takomillashtirish davlatimiz siyosatining 
ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylanadi. Shu yillar mobaynida 
yurtimizda mazkur sohani rivojlantirishning mustahkam 
huquqiy-institutsional asoslari yaratildi. Jumladan, «Ta’lim 
to'g'risida»gi Qonunning alohida moddasi maktabgacha 
ta'limga bag'ishlangani shundan dalolat beradi.
Unga ko'ra, maktabgacha ta'lim tizimining asosiy maqsadi
- bola shaxsining asoslarini shakllantirish, uning jismoniy 
va aqliy jihatdan sog'lom va yetuk bo'lib voyaga yetishini 
ta'minlash, ta'limning keyingi bosqichi - o'rta maktabda 
o'qishga tayyorlash, bilim olishga qiziqishini uyg'otishdan 
iborat. Shuningdek, ushbu moddada, «maktabgacha ta'lim olti- 
yetti yoshgacha oilada, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim 
muassasalarida olib boriladi», deya qayd etilgan*
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy maqsadi ham 
komil inson tarbiyasiga qaratilgan. Mazkur huquqiy negizlar 
asosida yaratilgan maktabgacha ta’lim konsepsiyasiga 
tayangan holda maktabgacha ta’limning tarkibi va mazmunini 
qayta ko'rib chiqish, jismoniy, ma'naviy va intellektual jihatdan 
barkamol, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, 
uni milliy an'ana va qadriyatlarimiz, buyuk ajdodlarimiz 
qoldirgan ulkan ma'naviy-ma’rifiy meros, xalq pedagogikasi
483


tajribasi, zamonaviy ilm-fan erishgan yutuqlarga tayangan 
holda tarbiyalash, tarbiyaviy jarayonda maktabgacha ta'lim 
muassasalari, oila va ota-onalarning o'zaro munosabatlarini 
uyg'unlashtirish masalalari uzluksiz va izchil hal etilmoqda.
Shu ma'noda 1993-yilda qabul qilingan hamda farzandla- 
rimizni yoshligidanoq jismonan, ruhan, ma'naviy jihatdan 
tarbiyalashni ko'zda tutgan «Sog'lom avlod uchun dasturi» 
ham beqiyos ahamiyat kasb etadi. Unda, jumladan, quyidagi 
vazifalarni amalga oshirish ko'zda tutilgan:
- maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya 
mazmunini takomillashtirish va boyitish;
- maktabgacha ta'lim muassasalarida basseyn, suv 
havzalari, turli sport inshootlari va to'garaklarini tashkil 
etish;
- bu borada mamlakatimizda va xorijda to'plangan ilg'or 
tajribani o'rganish va ommalashtirish;
- mashg'ulotlarni qiziqarli o'yin tarzida, xususan, xalq 
milliy o'yinlari asosida tashkil etish va o'tkazish;
- bolalarning sog'lig'ini saqlash, muhofaza qilish va 
mustahkamlash, 
sog'lomlashtirish va 
chiniqtirish 
mashg'ulotlarini uzluksiz olib borish.
Maktabgacha ta'lim bo'yicha asosiy qonun hujjatlari:
«Ta'lim to'g‘risida»gi Qonun (Т.: 1997].
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (Т.: 1997].
«Maktabgacha ta'lim muassasalari to'g'risida»gi Nizom (Т.: 
2017].
«Maktabgacha ta'lim to'g‘risida»gi Konsepsiya (Т.; 2008; 
2011
].
maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan 
davlat talablari (T,: 2018].
Maktabgacha ta’lim sohasida chiqarilgan farmon, buyruq, 
farmoyishlar, ko'rsatmalar, yo'riqnomalar, boshqa direktiv va 
me'yoriy hujjatlar.
«Ilkqadam» o'quv dasturi (Т.: 2018].
484


FSMU TEXNOLOGIYASI

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin