Import inflyasiyasi, bunda tashqi omillar ta’sir qilib, mamlakatga chet el valyutasining haddan tashqari oqib kelishi va import tovarlarining bahosi oshishi tufayli yuzaga keladi
Investitsiyalar sof hajmi bu investitsiyalar yalpi hajmidan amortizatsiya hajmining ayirmasiga teng.
Inflyasiya (inflation)deb iqtisodiyotdagi narxlar umumiy darajasining barqaror va doimiy ravishda oshishiga aytiladi.
Iste’mol narxlari indeksi (INI) o‘rta darajali iste’molchi tomonidan xarid qilinadigan tovarlar va xizmatlar reprezentativ savati narxlarining o‘sishini o‘lchaydi.
Kredit inflyasiyasi,ortiqcha kredit ekspansiyasi tufayli yuzaga keladi
Qo‘shilgan qiymat – bu oraliq iste’mol qiymati chegirma qilingan ishlab chiqarish yalpi hajmining qiymati.
Makroiqtisodiy prognozlash iqtisodiy hodisalarni bilishning ilmiy usullariga va iqtisodiy prognostikaning usullari, vositalari va uslublari yig‘indisidan foydalanishga asoslangan makroiqtisodiy prognozlarni ishlab chiqish jarayoni hisoblanadi.
Mehnat resurslari balansi – mehnat resurslari mavjudligini hamda ularning iqtisodiyot tarmoqlari va iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tizimi.
Milliy hisoblar tizimi – muayyan davrda real ishlab chiqarish hajmini va barcha asosiy sektorlar va ishlab chiqarish omillarining mamlakatning umumiy ishlab chiqarishiga qo‘shgan hissasini ko‘rsatuvchi turli faoliyat turlarini hisobga oluvchi statistika tizimi.
Model so‘zi lotincha “modulus” so‘zidan kelib chiqib, o‘lcham, namuna deb anglatadi.