N. M. Maxmudov, M. T. Asqarova, I. Yu. Umarov


NAZORAT VA MUHOKAMA UCHUN SAVOLLAR



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə62/104
tarix17.09.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#144614
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   104
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash-hozir.org

NAZORAT VA MUHOKAMA UCHUN SAVOLLAR
  1. Iqtisodiy prognozlash tushunchasi, uning mohiyati va predmeti?


  2. Ijtimoiy rivojlanishni prognozlashning eng muhim yo‘nalishlaridan biri qanday prognozlash hisoblanadi?


  3. Prognoz, gipoteza va reja xaqida tushuncha va ularning bir biridan farqi.


  4. Makroiqtisodiy prognozlash va uning iqtisodiy mohiyati tushuntirib bering.


  5. Prognoz turlarining klassifikatsiyasi


  6. Tadqiq etilayotgan ob’ektning tafsilotiga qarab prognozlarning bo‘linishi?


  7. Prognozlashtirish tamoyillari nimalardan iborat?


  8. Makroiqtisodiy prognozning ob’ekti va uning amaliy ahamiyati?


  9. Makroiqtisodiy jarayonlarni prognozlash tizimi?


  10. Prognozlar tasnifini tushuntirib bering.




9-BOB. IQTISODIY JARAYONLARNI PROGNOZLASH USULLARI
§9.1. Iqtisodiy prognozlash usullarining tasnifi
Hozirgi kunda olimlarning baholashicha 150 dan ortiq turli xil prognozlash usullari mavjud. Ammo amaliyotda asosiylari sifatida 15-20 tadan foydalaniladi. Mavjud manbalarda prognozlash usullarining turli tasnifiy tamoyillari keltirilgan.
Prognozlash usulining eng muhim tasnifiy belgilaridan biri prognostik usullarni to‘liq qamrab oladigan rasmiylilik darajasi hisoblanadi. Ikkinchi tasnifiy belgilari sifatida progozlash usuli amal qilishining umumiy tamoyili, uchinchisi esa prognoz axborotini olish uslubi hisoblanadi, to‘rtinchi asosiy belgisi esa prognoz ob’ektlarini o‘ziga xos xususiyatlaridir.
Prognozlash usullarning tasnifiy guruhlarni batafsilroq ko‘rib chiqishga o‘tishdan oldin iqtisodiy va ijtimoiy prognozlash usuli yoki usullari tushunchasini aniqlash lozim. Ularga prognozlash ob’ektining retrospektiv ma’lumotlarni tahlil qilish, ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) aloqalar hamda ko‘rib chiqilayotgan hodisa yoki jarayon doirasida ularning o‘lchamlari asosida uning (ob’ektining) kelgusi rivojlanishiga nisbatan muayyan ishonchlilik to‘g‘risida mulohaza qilishga imkon beradigan fikr yuritishning uslub va usullar yig‘indisi tushuniladi.
Ilmiy asoslangan tasnif tasniflashning quyi pog‘onasida (ularga yangi unsurlar kiritishi mumkin) uslub (modifikatsiyalar) sonini oshirishga imkon beradi. 9.1-rasmda prognozlash usullarning tasnifiy chizmasi keltirilgan.
Rasmiylilik darajasi bo‘yicha iqtisodiy prognozlashning usullarini intuitiv va rasmiylashgan usullarga bo‘lish mumkin. Prognozlashning intuitiv usullardan prognozlash ob’ektining juda murakkab bo‘lganligi tufayli ko‘plab omillarning ta’sir etishini hisobga olish imkoniyati bo‘lmaydigan hamda prognoz ob’ekti bo‘yicha etarli axborot bo‘lmagan holatlarda foydalaniladi. Bu holda ekspert baholashdan foydalaniladi va ular yakka va jamoa ekspert usullari guruhlaridan tashkil topadi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin