Tayanch iboralar: bolg’acha, tegirmon, sharobarobanli, valik, ventilyator, tegirmon, maydalagich, konveyer, bunker. Elektr stansiyalar qattiq yoqilg'i bilan odatda temir yo'l yoki suv transporti yordamida ta'minlanadi. Bir ming kilometrdan ortiq bo'lgan masofadan juda sifatli Qk > 20mg/ kg) ko'mirni tashish mumkin. Agar elektr stansiya ko'mir koniga yaqin joyda qurilsa (20-30 км гача), yoqilg'ini lentali yopiq konveyerlar yoki osma arqon yo'li yordamida tashish mumkin. Qattiq yoqilg'i ishlatadigan har bir elektr stansiya rivojlangan yoqilg'i transport xo'jaligiga ega. Elektr stansiya hududida yoqilg'i uzatish jarayonlari mexanizasiyalashtirilgan bo'ladi. Yoqilg'ini qozonlarga etkazib berish markaziy punktdan boshqariladi. Punktda tekshirish uskunalari va masofaviy boshqarish uskunalari o'rnatilgan. Har xil quvvatli elektr stansiyalarda qattiq yoqilg'ini o'rta soatli sarfi 2.3-jadvalda keltirilgan. Ko'rinib turibdiki, katta quvvatli elektr stansiyalar soatiga 1000 tonnadan ortiq ko'mir ishlatadi. Katta yuk ortadigan (60-125т) vagonlar yordamida yoqilg'ini tashiganda ham, elektr stansiyada bir soatda 15-30 ta vagonlarni bo'shatish kerak. Shu sababli vagonlarni bo'shatish uchun vagon ag'daruvchilar ishlatiladi. Elektr stansiyaning yoqilg'i xo'jaligini loyihasi tuzilganda yoqilg'ini turi, sifati va uni etkazib berish hisobga olinishi kerak. Zamonaviy elektr stansiyalarning yoqilg'i xo'jaligi majmuasiga qabul qilish va tushirish moslamasi, yoqilg'i ombori, ko'mir maydalaydigan moslama, ko'mir changini tayyorlaydigan tegirmonlar, tayyor changni qozonlarning yondirgichlariga etkazib beruvchi jihozlar kiradi. 2.3- jadval
Tabiiy yoqilg’i sarfi, T/soat, quyi yonish issiqligi, MG/kg
P, MPa
t, 0C
25,0
21,0
17,0
12,5
1
2
3
4
5
6
7
1200
13
565/565
420
505
630
840
1600
13
565/565
473
568
710
946
2400
24
545/545
775
930
1165
1550
3000
24
545/545
975
1170
1465
1960
4800
24
545/545
1525
1825
2280
3040
6400
24
545/545
-
2440
3050
4070
Hozirgi vaqtda eng ko'p tarqalgan yoqilg'i uzatish yo'lini 2.1-rasmda ko'rishimiz mumkin. Har qanday uzatish chizmasida ularni bir shaklda raqamlash qabul qilingan. Lentali konveyer (LK) er sathidan pastda joylashgan, uning ustida vagonlarni bo'shatiladi. Stansiyani “g'ildirakli” ta'minlashdan ko'ra, yoqilg'ini avval omborga, so'ngra ombordan elektr stansiyaga yuborish qimmatroqqa tushadi. Shuning uchun yangi yoqilg'i darrov yondirishga yuboriladi. Shu prinsipga asoslanib LKlar raqamlanadi; yoqilg'ini uzatishning asosiy yo'li - vagon ag'daruvchi binosidan IESning asosiy binosiga uzatishdir.
rasm.IESga qattiq yoqilg'i uzatishning texnologik chizmasi.
1-vagon ag'daruvchining binosi; 2-ko'mirni maydalash korpusi; 3-ko'mirni to'kish uzeli; 4-ko'mir ombori; 5-ko'mir qabul qiluvchi chuqur; 6-o'tayuklash (greyfer) krani; 7-temiryo'l; 8-bunker Qabul qiluvchi yuk bo'shatish mexanizmining asosan ikki turi mavjud; vagon ag'daruvchilar va ostki qabul qiluvchi bunker hamda tirqishli bunkerlardan iborat. rasmda berilgan birinchi turdagi moslamalardan o'zi ag'darilmaydigan (usti ochiq) yarim vagonlar vagon ag'daruvchilarga kiritilib mahkamlanadi va ag'dariladi. So'ngra vagon o'z holiga qaytariladi va vagon ag'daruvchidan chiqariladi. Vagon ag'daruvchining 1 soatdagi ish unumdorligi o'rta hisobda 12 ta vagonni bo'shatishni tashkil etadi, ya'ni vagonning yuk ko'tara olish kuchiga qarab, ish unumdorligi soatiga 600-1000 tonna ko'mirni tashkil etadi. Vagonning
devorlaridan yoqilg'i qoldiqlarini ketkazish uchun vagonni 5 sekundlik vibrotozalashga qo'yiladi. Vagon ag'daruvchilarning qo'llanishi elektr stansiyalarda katta yoqilg'i sarflari bilan oqlangan.