Javob: аО’= 1,15. 6-masala. Quyidagi tarkibda berilgan 2000 m3/soat tabiiy gazni: SO2=0,5%; SN4= 92,8%; S2N6= 2,8%; S3N8=0,9%; S4N10=0,4%; S5N12=0,1%; N2=2,5%; va ikkinchi turdagi 1000m3/soat gazni: SO2=0,1%;SN4=89,7%; S2N6=5,2%; S3N8=1,7%; S4N10=0,5%; S5N12=0,1%; N= 2,7% yoqish uchun zarur bo’lgan havoning nazariy va haqiqiy hajmlari aniqlansin. 0‘txona kamerasidagi havoning ortiqlik koeffitsiyenti tegishlicha ао‘=1,15 va 1,1. Javob:V0= 29360 m3/soat; VHAQ.= 33264 m3/soat. 7-Masala. Qozon agregatining o’txonasida K-markali qaraganda ko’miri yoqiladi, uning tarkibi quyidagilardan tashkil topgan. S-54,7%, H-3,3%, Syyo = 0,8%, Ni=0,8%, Oi=4,8%, Ai=27,6%, Wi=8,0. Agar qozon agregatining ortiqcha havo koeffitsiyentini aniqlang. Javob: aMq = 1,43 8-masala. Qozon qurilmasining tutun gazlari havo qizitgich orqali o’tib ketyapti. Gazlarning boshlang‘ich harorati tG1=3000C, oxirgisi tG2=1600C, gazning sarfi 1000 kg/soat ga teng. Havoning boshlang‘ich harorati tx1=15 0C va sarfi 910 kg/soat. Qozondan chiqib ketayotgan tutun gazlarining va havoning o’rtacha issiqlik sig‘imlarini (srm) tegishli ravishda 1,0467 va 1,0048 kj/kgK larga teng deb qabul qiling. Agar havo qizitgichning yo’qotishi 4 % bo’lsa, qizigan havoning ortiqlik haroratini toping. Javob: tx2=168,90 C. 9-masala. Qozondagi gazning harorati tc1=11000C, suvning harorati tc2=2000C, yassi devordan o’tgan issiqlik oqimining zichligi q=50000 Vt/m2 va devordan suvga issiqlik berish koeffitsiyenti a2=5700Vt/m2 0C ga teng. Agar devor materialining issiqlik о‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti X =56 Vt/m0C, qalinligi 5 =12 mm bo’lsa, issiqlik uzatish koeffitsiyenti, gazlardan devorga issiqlik berish koeffitsiyenti va qozon devori sirtlaridagi haroratlarini aniqlang. Javob: k = 55,6 Vt/m2 0C, ai = 55,5 Vt/m2 0C, ti = 200 0C, t2 = 188 0C. 10-masala. Agar oxirgi gaz yo’lidan chiquvchi gazlarning hajmi Vchq = 10,5m3/kg, oxirgi gaz yo’lidan chiquvchi gazlarning harorati vchiq= 160° C, gazlarning o’rtacha hajmiy issiqlik sig’imi P=Const, c’pc chiq= 1,415 kg/(m 3 К)bo‘lganda, havoning nazariy hajmi 1kg yoqilg‘i yonganda V°= 7,2 m3/kg, qozonxona havosining harorati tx= 30°c, o’txonaga kirayotgan havoning harorati t'x= 180°C, Qozon agregati o’txonasida quyi yonish harorati Qiq=27600 kj/kg bo’lgan toshko’mir yoqilsa, qozon agregatidan o’txonadagi ortiqcha havo koeffitsiyent aniqlang. Javob: ao = 1,2 11-masala. Ishchi massasining tarkibi: Ci = 48,5%; Hi= 3,6%; Si = 6,1% Ni=0,8%; Oi=4,0% ва АС=33,0%; Wi=6,0% bo'lgan yoqilg'ining yonuvchi massasi tarkibi aniqlansin. Javob: Cyo=77%; Hyo = 55,7% va hakozo 12-masala. Yonuvchi massasining tarkibi: Co =78%; Ho = 5,6%; Co=0,4%; No'=2,5%; Oo'=13,0%; АС=15,0% Wi= 12,0%, bo'lgan ko'mirning ishchi massalari bo'yicha tarkibi aniqlansin. Javob: A-13,2%; Ci=58,7% va hokazo IV- BOB. QOZONLARDA YOQILG'INI YONDIRISH UCHUN
MOSLAMALAR Yondirgichlar (gorelkalar). Changli yondirgichlar
Tayanch iboralar: o’txona, uyurma , aerochang, sochgich, kurak, chig’anoqli yondirgich, turbulizatsiya Yoqilg'i changining kerak bo'lgan yonish jadalligi uchun yoqilg'i aralashmasini tayyorlash yondirgich qurilmasida erishiladi va u yondirgich deb ataladi. 70-1300C haroratda maydalash jarayonidan va quritishdan so'ng olingan yoqilg'i changi birlamchi havo oqimi orqali yoqilg'i kamerasiga puflanadi; 250-4200C haroratda bu erga yondirgich orqali ikkilamchi havo kelib tushadi. Demak, yondirgichlar o'txonaga 2 xil oqimni uzatadi - changhavoli aralashma va ikkilamchi havo. Yoqilg'i aralashmasining hosil bo'lishi, o'txona kamerasida tugatiladi. Yondirgichlar yonish qurilmasining asosiy elementi hisoblanadi, aralashmaning hosil bo'lishi uning o'txonada joylashuviga bog'liqdir, o't olish jadalligini aerodinamik yonish kamerasi aniqlaydi, tezlik va to'liq yonish, issiqlik quvvatini va o'txonaga o'z samarasini beradi. Changli yondirgichlar Changli yondirgichlar uyurmalangan va to'g'ri oqimli bo'ladi. Chang holatidagi yoqilg'ini va tabiiy gazni yondirishda chang-gazli aralashma yondirgichlar qo'llaniladi. Aralashma yondirgichlar uch xil yoqilg'ini yondirishda ishlatiladi (qattiq, gaz, mazut). Uyurmalangan yondirgichlar orqali chang havo aralashmasi va ikkilamchi havo uyurmaviy oqim ko'rinishida beriladi va o'txona hajmida konussimon yoyilgan alanga hosil bo'ladi (4.1-rasmga qarang). Bu xildagi yondirgichlar aylana kesimida bajariladi.
To'g'ri oqimli yondirgichlar ko'pincha o'txona parallel oqim aerochangini va ikkilamchi havoni uzatadi. Birinchi navbatda aralashgan oqimning o'txona devorida yondirgichlarning o'zaro joylashishi va zarur bo'lgan o'txona hajmida aerodinamik oqimni hosil qiladi. Bu yondirgichlar kesimda ikki xil bo'lishi mumkin: aylana va to'g'riburchakli.
Uyurmalangan yondirgichlar quyidagi turlarga bo'linadi:
ikkichig'anoqli uyurmaviy aerochanglar va chig'anoqli apparatda ikkilamchi havo aylantiriladi (4.1.a-rasm);
to'g'ri oqimli - chig'anoqli, to'g'ri oqimli kanalga aerochang tushib, sochgich tomonga uzatiladi, chig'anoqli apparatda esa ikkilamchi havo aylanadi (4.1.b-rasm);
chig'anoq-kurakli-aerochang oqimini chig'anoq aylantiradi, ikkilamchi havoni esa aksial aylantirgich yordamida (4.1.c-rasm).
ikki kurakli - ikkilamchi havo va aerochang aksial va tangensial kuraklar yordamida aylantiradi (4.1.d-rasm).
rasm. Uyurmali yondirgichlar turlari:
a - ikki chig'anoqli uyurmali yondirgich; b - to'g'ri oqimli chig'anoqli yondirgich; s - chig'anoqli kurakli yondirgich; d - ikki kurakli yondirgich; 1 - chang-havo aralashma chig'anog'i; 1’ - chang-havo aralashma kirish patrubkasi; 2 - ikkilamchi havo chig'anog'i; 2’ - ikkilamchi havoning kirish qutisi; 3 - chang- havo aralashmani o'txonaga uzatish kanali; 4 - shu ham ikkilamchi havo uchun; 5 - asosiy mazut forsunkasi; 5’ - mazut forsunkasi; 6 - chang-havo aralashmani chiqishida kesib tarqatuvchi; 7 - ikkilamchi havo kurakli aylantiruvchi; 8 - markaziy havo uchlamchi uzatish kanali; 9 - kesib tarqatuvchi holini rostlash; 10 - havo oqimini aylantiruvchi; 11 - o'txona qoplamasi; P - o'txonadagi gazlarni alanga tomiriga so'rish. Uyurmalangan yondirgichlar ishlab chiqarish samaradorligi 1 dan 3,8 kg gacha shartli yoqilg'ilari, 25 dan 1000 MVt gacha bo'lgan issiqlik quvvatini aniqlaydi. Ko'p tarqalgan bu ikki chig'anoqli va chig'anoqli-kurakchali yondirgichlar, katta issiqlik quvvati uchun ishlatiladi (75-1000 MVt). Uyurmalangan yondirgichlar o'zining kuchli ejeksiyasi issiq o'txona gazining changhavo aralashmasiga kelib tushishi bilan ajralib turadi, buning natijasida tez qizib, alangalanish haroratigacha olib keladi (4.2-rasm)