rasm. Ikkita to'g'ri oqimli yondirgichdan iborat blok:
1-chang-havo aralashmasi; 2-ikkilamchi havo
To'g'ri oqimli yondirgichlarda yondirish uchun asosan yuqori reaksion yoqilg'ilar ishlatiladi: qo'ng'ir ko'mirlar, torf, slanes va yuqori (reaksion) uchuvchan moddali tosh ko'mirlardir. Yondirgichdan chiqishda chang-havo aralashmasining tezligi quyidagicha: (o1=20^28 m/s, ikkilamchi havoning optimal tezligi ®2=(1.5^1.7)®1. 4.2.Yondirgichlarning joylashuvi O'txona kamerasining devoridagi yondirgichlar shunday taqsimlanadiki, yadro alangasida yoqilg'ining maksimal to'liq yonishini ta'minlash uchun, o'txonadan berilgan qattiq yoki suyuq shlaklarni chiqarib tashlash uchun qulay sharoitlarni ta'minlash va o'txona kamerasi devorlarida shlaklanishga imkoniyat bermaslik kerak. Yondirgichlarning turlarini tanlashda va optimal joylashuvining ayni ishchi tavsifi hisobga olinadi. Demak, to'g'ri oqimli yondirgichlarni uyurmalangan yondirgichlar bilan solishtirganda shuni ko'rish mumkinki, uyurmalangan yondirgichlar o'zining uzunligi bo'yicha qisqa alanga va keng burchak ochilishini hosil qiladi. Birlamchi va ikkilamchi havo oqimining shiddatli aralashuvi uyurmalangan harakat energiyasi hisobiga hosil bo'lib, yoqilg'ining alanga yadrosida to'liq yonishini ta'minlaydi (90-95 % gacha). Shu ma'noda uyurmalangan yondirgichlar "yakka tartibli" yondirgichlarga kiradi, har biri alohida o'zining yoqilg'i yoqishini ta'minlaydi. 4.5-rasmda uyurmalangan ko'mirchangli yondirgichlarning joylashuv chizmasi ko'rsatilgan. Chizmada yondirgichlar frontalli va ikki frontalli (4.5-rasmda a, b) balandligi bo'yicha bir yoki ikki yarusli bo'lib bajarilishi mumkin. Bir frontal bo'ylab joylashganda ekranning orqa devori kuchli issiqlik oluvchanlikni kuchli qabul qiladi (10-20% o'rtachadan yuqori) va devordagi shlaklanishni yo'qotish uchun o'txona teranligi b = (6 ( 7)^Da bo'lishi lozim, bu erda: Да - yondirgichning ambrazura diametri.
a - frontalli ikki yarusli; b - frontalli ikki tomonli bir yarusli; s - yon
tomonli bir yarusli. Katta quvvatli bug' qozonlarida bir frontalli devorda kerakli yondirgichlarni joylashtirish mumkin bo'lmasa yondirgichlarning qarama-qarshi bo'lib ikki frontalli joylashuvi muhimdir. NAZORAT SAVOLLARI .Yondirgichlar nima uchun ishlatiladi?
.Uyurmali yondirgich turlarini keltiring.
.To'g'ri oqimli yondirgich nima?
.Yondirgichlarning joylashuvi qanday bo'ladi? Forsunkalar.Mazut forsunkalar