(9.6)
С ii _ (n ii+p ~)C к. с _ (20 + 1)4 ,8Ст . с к' с ~ р ~ 1 Ko’rinib turibdiki, ikki pog’onali bug’lantirishda СТ C < СкIc shuning uchun tuzlar miqdori kam bo’lgan birinchi bo’linma - toza bo’linma, ikkinchi bo’linma esa - tuzli bo’linma dеb ataladi (suvda tuz miqdori juda katta). Tuz konsеntrasiyalarining nisbati C^I с C CKIc - konsеntrasiya karraligi dеb ataladi.
- rasm. Uch pog’onali bug’lantirish chizmasi (tashqarida o’rnatilgan
siklon bilan):
1-7 - 9.2- rasmdagidеk; 8 - tashqariga o’rnatilgan siklon; 9,10 - tuzli bo’linmaning tushuvchi va buglantiruvchi quvurlari; 11 - bug’-suv aralashmani siklonga berish; 12, 13 -suv va bug’ beruvchi quvurlar; 14 - vaqt-vaqti bilan puflash. Ushbu misoldan ko’rinib turibdiki, 80% bug’ kam tuzli suvdan hosil bo’ladi, shuning uchun bir pog’onali bug’lantirish chizmasiga nisbatan, ikki pog’onali bug’lantirish chizmasiga hosil qilingan bug’ning sifati yuqoriroq bo’ladi. SHunday qilib, bug’lantirish pog’onalari qancha ko’p bo’lsa, shunchalik bug’ samarali tozalanadi. Hozirgi vaqtda qozonlarda asosan ikki, uch pog’onali bug’lantirish chizmasi ishlatiladi. Agar ta'minot suvi tarkibida mineral moddalar miqdori katta bo’lsa, unda uch pog’onali bug’lantirish chizmasi ishlatiladi (9-4 rasm). Bu chizmada ifloslangan suv tashqarida o’rnatilgan siklon orqali puflanadi. Siklonning diametri 250-400 mm, balandligi esa 3,5-4,5 m. IES siklidan zararli aralashmalarni chiqarish usullari
IES dagi bug’ generatorlar va turbinalarning ishlash ishonchliligini va tejamliligini ko’tarish uchun, ish quvuridagi zararli aralashmalar miqdorini kamaytirish lozim. Har-xil energiya jixozlaridan zararli moddalarni chiqarish uchun quyidagi usullardan foydalaniladi.