6.1.IES Siklidan zararli aralashmalarni chiqarish usullari Tayanch iboralar: gidrazin , amiyak, reagentlar, gazlashtirish, konsentrasiya. IES dagi bug' generatorlar va turbinalarning ishlash ishonchliligini va tejamliligini ko'tarish uchun, ish quvuridagi zararli aralashmalar miqdorini kamaytirish lozim. Har-xil energiya jixozlaridan zararli moddalarni chiqarish uchun quyidagi usullardan foydalaniladi. Kimyoviy tozalash. Energetik blokning bug' hosil qilish va qizdirish yuzalarida ichki cho'kindilar paydo bo'lishi ehtimoli bor joylarni kimyoviy reagentli eritmalar bilan yuviladi. Reagentlar quvurlar ichidagi qatlamlarni emiradi (eritadi). Kimyoviy tozalashlar ishga tushirishdan oldingi va ishlatish davridagi tozalashlarga bo'linadi. Ishga tushirishdan oldingi tozalash jarayonida montaj yoki ta'mirlash natijasida qolgan mexanik iflosliklar va quvurlarning ichki yuzalaridagi korroziya qatlami tozalanadi. Asosan bug' generatorining suv-bug' yo'nalishi shu usulda tozalanadi. Ishlatish davrida hosil bo'lgan ichki qatlamlarni kimyoviy tozalash uchun bug' generatori 2-3 kunga to'xtatiladi. Puflash - katta konsentrasiyali aralashmalarni katta miqdordagi suv bilan ishlab turgan bug' generatordan o'zgarmas miqdorda chiqarish jarayoni. Turbina kondensatini tozalash - bug' kondensatidagi (turbinadan chiqqan) erigan va muallaq holatdagi iflos moddalardan uzluksiz tozalash yo'li. Bu usul to'g'ri oqimli qozonlarda ishlatiladi va ionli almashuv filtrlar yordami bilan tuzsizlantiradigan blokli qurilmalarda (BOU) tashkil qilinadi. Termik havosizlantirish (gazsizlantirish) - ta'minlovchi suv yo'lidagi metallarni, aktiv korroziyaga olib keluvchi gazlarni (kislorod va karbonat angidrid) chiqarish jarayoni. Ta'minlovchi suvni gazsizlantirish uchun deaeratorlar ishlatiladi. Gidrazin-ammiakli suv rejimi - termik xavosizlantirish usuliga qo'shimcha jarayon bo'ladi, chunki deaeratorlarda kislorod О2 va karbonat angidrid СО2 to'la chiqib ketmaydi. Suvda kislorod va karbonat angidrid Н2СО3 eritmani hosil etadi. Suvda erigan kislorodni gidrazin N2H4 yordamida neytrallangan holga keltiriladi N2H4 + О2 —> N2 + 2Н2О. Suvdagi uglekislota Н2СО3, ta'minlovchi suvga kiritilgan ammiak NH3 (сув oksid eritma NH4OH holatda) yordamida, ammoniy karbonati hosil qilinadi: NH4OH + Н2СО3 —> NH4CO3 + Н2О(6.1) Bu usul to'g'ri oqimli va barabanli qozonlarda keng ishlatiladi. 6.2 Qizdirish sirtlarini ifloslantirishdan tozalash. Nurlanish (radiasion)
qizdirish sirtlarini tozalash Gazlarning yuqori harorat (700-8000C dan yuqori) sohalarida qizdirish sirtlarida ham sochiluvchan, ham zich shlak qoldiqlari paydo bo'lishi mumkin. Gazlarning kamroq harorat (6000C dan past) sohalaridagi qoldiqlar, asosan quvurlarning g’adur - budur sirti va bir - biriga mexanik ilashishi bilan bog’liq sochiluvchan razryadga kiradi. O'thona qizdirish sirtlari va konvektiv gaz yo'llari ifloslanishi - yuzalarning issiqlik ishi samaradorligi yomonlashuviga, natijada o'thonaning FIK pasayishiga olib keladi. Zich joylashgan konvektiv quvurlar ifloslanishi, bundan tashqari, gaz trakti gidravlik qarshiligining va xususiy ehtiyojlari uchun sarflanishini oshishiga olib keladi.