Buxgalteriya balansida uzoq muddatli va joriy aktivlar, o‘z sarmoyasi, uzoq muddatli va joriy majburiyatlar hamda ularni oshkor qilishda, xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvolini tahlil qilishda moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun yordam bera oladigan axborotdan iborat bo‘ladi. Buxgalteriya balansidagi barcha axborot to‘g‘ri oshkor qilinishi va foydalanuvchilarga tushunarli bo‘lishi kerak. Zarur hollarda buxgalteriya balansiga kiritiladigan moddalar ularni tushuntirib beradigan axborotlar bilan to‘ldiriladi.
“Balans” atamasi lotincha “bis” – ikki marta, “banx” – tarozi pallasi so‘zlaridan tarkib topgan bo‘lib, ikki palla degan ma’noni anglatadi. U tenglik, muvozanat tushunchasi sifatida ishlatiladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt aniq belgilanadigan operatsiya siklidan foydalanib, tovarlar va xizmatlarni yetkazib bersa, u holda balans hisobotidagi joriy va uzoq muddatli aktivlar hamda majburiyatlarning alohida tasnif etilishi aylanma mablag‘ sifatida doimo muomalada bo‘ladigan sof aktivlar bilan subyektning uzoq muddatli operatsiyalarida foydalaniladigan aktivlar o‘rtasidagi tafovutni farqlash yo‘li bilan juda foydali axborotga ega bo‘linadi.
Shuningdek, u joriy operatsiya tsikli davomida olinishi kutilayotgan aktivlarni hamda shu davr ichida to‘lanishi lozim bo‘lgan majburiyatlarni ham alohida ko‘rsatishi lozim. Agar aktivlar xo‘jalik yurituvchi subyekt operatsion faoliyatining bir qismi bo‘lsa va subyektning operatsiya sikli me’yorida o‘tayotgan paytda uni olish yoki iste’mol qilish kutilayotgan bo‘lsa, mazkur aktivlar joriy aktivlar qatoriga kiritiladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning operatsion sikli – bu materiallarni xarid qilish, ishlab chiqarish va naqd pulga yoki osonlik bilan pulga aylantiriladigan moliyaviy aktivlarga sotish o‘rtasidagi o‘rtacha vaqtdir. Uzoq muddatli va joriy operatsion aktivlarni tasnif etish maqsadida ayni shu tarmoq yoki faoliyatning shu turi uchun kattaroq davr ancha muvofiqroq hisoblanmasa, bir yil oraliq operatsion sikl hisoblanadi. Uzoq muddatli (joriy bo‘lmagan) aktivlar – subyekt faoliyatida uzoq muddatli asosda foydalaniladigan aktivlar, jumladan subyektning mulki, binolari va uskunalari, moddiy aktivlari, taraqqiyot va gudvillga xarajatlar. Investitsiyalash maqsadida saqlab turilgan va hisobot kunidan boshlab, 12 oy davomida sotilishi mumkin bo‘lmagan aktivlardir. Qisqa muddatli (joriy) majburiyatlar – hisobot kunidan boshlab, 12 oy davomida hisob-kitob qilinadigan majburiyatlardir.
Buxgalteriya balansining maqsadi – xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriya balansi uning resurslarini va moliyaviy tarkibini anglab yetishga imkoniyat berishi uchun hisobot vaqtidagi moliyaviy ahvolni aks ettirishdan iborat. Balansning jamlangan qatorlari bo‘yicha tasnifiy jihatlarini quyida ko‘rib o‘tishimiz mumkin
Joriy va uzoq muddatli aktivlarni tasniflash. Har bir subyekt joriy aktivlarni va joriy majburiyatlarni buxgalteriya balansida alohida tasnif sifatida ko‘rsatishni (yoki ko‘rsatmaslikni) belgilab olishi lozim. Xo‘jalik yurituvchi subyekt bu tasnifni amalga oshirmaydigan variantni tanlab olsa, aktivlar va majburiyatlarni to‘lash muddatlariga doir axborot nima bo‘lganda ham buxgalteriya hisobining milliy standartlariga asosan ochib ko‘rsatilishi zarur
Buxgalteriya balansida aks ettirilishi lozim bo‘lgan axborot. Xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriya balansi moliyaviy holatning tarkibini tashkil etuvchi turli jihatlarni aks ettiradigan tarzda taqdim etilishi lozim.
Quyidagilar buxgalteriya balansining majburiy unsurlari hisoblanadi:
Balansga izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarda taqdim etiladigan axborot. Xo‘jalik yurituvchi subyekt buxgalteriya balansiga tushuntirishlarda quyidagilarni ochib berishi lozim
a) Aksiyadorlik mablag‘ining har bir toifasi bo‘yicha: e’lon qilingan aksiyalar sonini, chiqarilgan, haqi to‘la to‘langan, chiqarilgan, lekin haqi to‘la to‘lanmagan aksiyalar sonini, aksiyalarning nominal qiymatini, yilning boshida va oxirida haqi to‘lanmagan aksiyalar sonining kamayishini, aksiyadorlik mablag‘ining har bir toifasiga taalluqli huquqlar, afzalliklar va cheklashlar, shu jumladan dividendlarni taqsimlash va sarmoyani qoplashga doir cheklashni, jamiyatning o‘ziga, xo‘jalik yurituvchi subyektga qarashli sho‘ba va uyushgan jamiyatlariga tegishli aksiyalar, opsion va savdo shartnomasi bo‘yicha emissiya uchun zaxiraga ajratilgan aksiyalar, shu jumladan ularning muddatlari va miqdorlari haqidagi axborotlar;
v) O‘z sarmoyasidagi zaxiralar mohiyati va maqsadlari bayoni.
s) Majburiyatlarda dividendlarni to‘lash uchun ajratilgan pul miqdorining mavjudligi (aksiyadorlar yoki muassislar, ishtirokchilar yig‘ilishida rasmiy ravishda ma’qullanmagan to‘lovlar miqdorining mavjudligi) haqidagi axborotlar ochib berilishi zarur.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z sarmoyasidagi o‘zgarishlarni aniq aks ettirishi yuzasidan buxgalteriya balansiga izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarda‚ shuningdek:
- davr boshida va hisobot sanasida to‘plangan foyda yoki zararlarning qoldig‘i hamda shu davrda yuz bergan muhim o‘zgarishlar, jumladan aksiyadorlar (muassislar, ishtirokchilar) har bir toifasiga shu davr uchun taqsimlanadigan sof foyda haqidagi;
o‘z sarmoyasi har bir toifasi joriy miqdordagi hamda davrning boshlari va oxirida zaxiradagi o‘zgarishlarning umumiy miqdori haqidagi axborotlarni ochib berishi lozim.
Buxgalteriya balansi tahlilining mazmuni – korxonaning mulkiy holati va uning o‘zgarishlariga, aktivlar, kapital va majburiyatlarning tarkibi va o‘zgarishlariga, balans moddalarining likvidlik darajasiga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning to‘lov layoqatiga, moliyaviy barqarorligiga, ish aktivligiga, raqobatbardoshligi va iqtisodiy tahlikalarga bardoshligiga baho berishdan iborat.
Buxgalteriya balansi tahlili oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi: