Nafas olish sistemasi va fiziologiyasi

Yüklə 0,86 Mb.
səhifə1/5
tarix22.04.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#101517
  1   2   3   4   5
Nafas olish sistemasi va fiziologiyasi

Nafas olish sistemasi va fiziologiyasi

Guliston -2021.

Tirik organizmlarda kechuvchi hayotiy jarayonlar uchun energiya zarur bo‘ladi. Odam va hayvonlar uchun bunday energiya manbayi bo‘lib, oziq moddalari atomlari va molekulalari ega bo‘lgan energiya nazarda tutiladi. Chunonchi, 1 mol (180 g) glukozaning H, C va O atomlari orasidagi bog‘lanishida 680 kkal atrofida energiya bo‘ladi. Bu energiya oksidlanish jarayonlari asosida ajralib chiqadi. Shunga ko‘ra, organizm doimo O2 kirib turishiga muhtoj. Organizmga O2 kirib turishi, hujayra substratlarida oksidlanish jarayoni natijasida CO2 ni chiqarib, nafas olish jarayonini tashkil qiladi. Ovqat bo‘lmasa, odam 60–70 kun, suv bo‘lmasa, 3 kun, nafassiz esa 3 minutdan ortiq yashay olmaydi. Sodda organizmlarda nafas olish asosan, hujayra membranasi orqali amalga oshsa, murakkab organizmlarda bu jarayon nafas olish tizimi orqali sodir bo‘ladi.

Nafas olish a’zolariga burun bo‘shlig‘i, halqum, hiqildoq, traxeya, bronxlar va o‘pka kiradi. Nafas olishda havo o‘tkazuvchi yo‘llar va nafas qismi tafovut etiladi (27-rasm). Nafas qismi o‘pkaning nafas olishida ishtirok etuvchi parenximasidan iborat bo‘lib, o‘pka alveolalari bilan qon o‘rtasida gazlar almashinuvi shu yerda sodir bo‘ladi. Nafas yo‘llari tuzilishiga ko‘ra, devorlari tog‘aylardan iborat asosiy va hilpillovchi epiteliy tashkil topgan. Shular tufayli, nafas nayining devori zo‘riqmay ishlaydi. Hilpillovchi epiteliyning kiprikchalari ifloslangan chang zarrachalarini ichkariga o‘tkazmaydi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin