O’pkaning o’sishi asosan alviolla hujayralarining ortib borishi hisobiga bo’ladi. Bu nafasi va gaz almashinuviga ta’sir
O’pkaning o’sishi asosan alviolla hujayralarining ortib borishi hisobiga bo’ladi. Bu nafasi va gaz almashinuviga ta’sir
qiladi.
Alviollalar – devorlari yupqa bo’lishi va ularning qon kopilyarlar to’ri bilan o’ralib to’rishi qon gazlari bilan o’pka gazlari orasida almashinuv jarayonlari yuzaga chiqishida imkon beradi.
Yangi tug’ilgan bolalarda alviollalarning soni katta odamlarnikiga qaraganda 3 marta kam bo’ladi. Alviollalarning intensiv o’sishi ayniqsa bolaning 12 yoshidan boshlanadi. Bu esa o’pkaning yuzasini ancha ortishiga sabab bo’ladi, chunki bolalarda gaz almashinuvi intensiv kechib, bola tez o’sib rivojlanadi.
Yosh bolalarda organizmning kislorodga bo’lgan talabi juda yuqoridir, chunki bolalarda energiya va moddalar almashinuvi juda intensiv ravishda kechadi. Masalan: 1 kg. bola organizmi kislorod bilan normal ta’minlanishi uchun ushkasidan 1 minutda 1400 – 1500 sm3 xavo o’tishi kerak. Katta odamning 1 kg. tirik massasining kislorodga bo’lgan extiyojini qondirish uchun esa 300 – 400 sm 3 xavo o’tishi kerak. Bolalarning tinch holatida va ayniqsa mushkul ishida kattalarga nisbatan tez – tez nafas oladi.