57
oshmasligi kerak. Odatda uning tarkibida spirt ko’p bo’ladi, buning oqibatida
reaksiya shiddatli boradi va hosil bo’layotgan modda kamayib ketadi. Sotib
olingan efirni kalsiy xloridning to’yingan eritmasi bilan yuvish va qizdirilgan kaliy
karbonat bilan quritish kerak.
Natriy oksidlanib qolmasligi uchun uning po’stlog’i artiladi va qalin shisha
kosachada (kristallizatorda)
absolyut dietil efir, kerosin yoki toluol ostida mo’rili
shkafda, olovdan narida qirqiladi. Olingan eritma 40 – 45°C gacha sovitiladi va
unga, lakmus bo’yicha kislotali muhit hosil bo’lguncha 30 ml 50 prosentli sirka
kislota qo’shiladi. Hosil bo’lgan kislotali eritmaga
natriy xloridning oldindan
tayyorlangan va filtrlangan to’yingan eritmasidan teng hajmda qo’shiladi. Agar
bunda cho’kma hosil bo’lsa, unga ozroq suv qo’shib va eritmani aralashtirib turib
cho’kmani eritish kerak. Aralashma ajratkich voronkaga quyiladi, bunda suyuqlik
qavatlarga ajraladi. Agar suyuqlik qavatlarga ajralmasa aralashma 50 ml sirka etil
efir bilan ekstraksiya qilinadi. Ustki qavat ajratib olinadi, natriy bikarbonatning
sovuqda to’yintirilgan ozroq eritmasi bilan yuviladi. So’ngra kolbani asbest to’r
ustida ehtiyotlik
bilan qizdirib turib, dastlab spirt, keyin sirka kislota bilan suv
aralashmasi haydaladi. So’ngra temperatura bir oz ko’tariladi (95°C gacha) va
sirkaetil efir haydab olinadi. Qolgan atsetosirka efir vakuumda haydaladi.
Atsetosirka efirning miqdori 12 g.
Qaynash temperaturasi 79°C (18 mm sim. ust.); 74°C (14 mm sim. ust.).
Atsetosirka efir-
xushbuy hidli rangsiz suyuqlik, suvda yomon eriydi,
spirtda, efirda yaxshi eriydi, organik erituvchilar bilan aralashadi.
Qaynash
temperaturasi 181
o
C (parchalanadi); suyuslanish temperaturasi – 45°C;
d
20
4
1,023;
n
D
20
1,4197.
Dostları ilə paylaş: