104
sulfatning tamomila eritmaga o’tishi ham reaksiyaning nihoyasiga yetganligidan
darak beradi.
Diazoniy tuzining hosil qilingan rangsiz eritmasi suv bug’i bilan haydash
kolbasiga solinadi va xona temperaturasida 15 – 20 minut qoldiriladi.
Fenildiazoniy sulfat asta-sekin parchalanib, erkin azot va fenol hosil bo’ladi.
Moddaning parchalanishini tezlatish uchun kolba suv hammomida 40 – 50°C da
azot chiqmay qolguncha 15 – 20 minut davomida qizdiriladi. Shundan keyin
distillatdan olingan namuna bromli suv bilan tribromfenolning kuchsiz loyqasini
hosil qilmaguncha hosil bo’lgan fenol suv bug’i bilan haydaladi. Distillat natriy
xlorid bilan to’yintiriladi (7 – 8 g), ajratgich voronkaga quyiladi va fenol efir bilan
ekstraksiya qilinadi (2 marta 30 ml dan). Fenolning efirdagi eritmasi kalsiy xlorid
bilan quritiladi va efir suv hammomida haydaladi. Fenol havo sovitgichi bilan
jihozlangan asbobda gaz alangasida haydaladi va 179 – 183°C da qaynaydigan
fraksiya yig’iladi. Fenol sovigandan so’ng kristall holida qotadi.
Fenol - oq kristall modda, spirtda, efirda, benzolda oson eriydi. Molekulyar
massasi 94,11, suyuqlanish temperaturasi 40,9°C, qaynash temperaturasi 182,2°C,
d
4
15
1,0545,
n
D
45
1,5402. Fenol
suyuqlanish temperaturasi 17°C bo’lgan
C
6
H
5
OH·½ H
2
O kristallgidrat hosil qiladi.
Dostları ilə paylaş: