Namancan davlat universitkti viaxkamon qodirjon odiijonovich dinshunoslik



Yüklə 65,83 Mb.
səhifə18/61
tarix17.09.2023
ölçüsü65,83 Mb.
#144790
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   61
Dinshunoslik. Maxkamov Q

IUDAIZMNING AOIDALARI

1-aqida: Yagona xudo Yaxve (Iegova)ga sig’inish, unga iymon kcltirib e’tiqod etish to’g’risidagi ta’limot.


2-aqida: Xudo Yaxve Isroil davlatini Er yuzidagi jannat qilib yaratgan va Yahudiy millatini oliy irq, tanlab olingan mumtoz millat qilib yaratgani to’g’risidagi ta’limot. Shu-ningdek Yahudiy xalqi xudoning eng sevgan bandasi ekaniga ishonishdir.

3-aqida: G’oyib bo’lgan payg’ambarlar madhining Er yuziga yana qaytib kelishi, uning yomon odamlami jazolashi ming yil davom etadigan adolatli jamiyat yaratish to’g’risidagi ta’limotlaridir.


Iudaizm o’rta asrlarda o’zining eski mazmunini saqlab qolgan liolda biroz o’zgargan. XI-XII asrlarda iudaizmda hukmronlik qilgan ravvinlar uning ko’p tomonlarini qayta ishlab chiqdilar. O’rta asrning ko’zga ko’ringan faylasuflaridan biri bo’lgan ravvin Maymond iudaizmning 13 ta asosiy aqidasini tuzib chiqdi. Bu aqidalar quyidagilardan iborat: 1) olamni yaratuvchi xudo bor; 2) u bitta; 3) u jimsiz; 4) u ibtidosiz; 5) faqat xudoning bir o’ziga sig'inish kerak; 6) tabiiy sir - haqiqat; 7) Muso payg’ambarlaming eng ulug’i; 8) tora (tavrot), ya’ni injilning birinchi besh kitobi Musoga xudo tomonidan berilgan; 9) Musoning qonunlarini boshqa qonunlar bilan almashtirib bo’lmaydi; 10) Koinot xudoning irodasi bilan boshqariladi; 11) yaxshilarga yaxshilik, yomonlarga jazo bor; 12) Isroilga haloskor keladi; 13) o’lganning tirilishi haqiqat.


Maymond yozgan bu 13 ta aqida orqali iudaizmning yanada kuchaytirish, uning fcodHi/m manfaatlarini kuchliroq himo-yachisiga aylantirish, dinni shakkoklik va kufrlardan himoya qilish iudaizmni zamonaviy qilishga urinish edi. Yangi aqidalarda iudaizmning haloskorlik vazifasini kuchaytirish ham maqsad qilib olingan.



42

Bu aqidalarda Yahudiylaming o’z milliy dinlarida mustahkam turishlariga da’vat qilish ham ko’zda tutilgan edi.
4-aqida: Oxirat mavjudligiga ishonish.

Tavrot rivoyatlariga ko’ra, xudo butun olam, undagi jonli va jonsiz narsalami olti kunda yo’qdan bor qilib yaratgan. Jumladan, xudo Adam va Eva (erkak va ayol) odamlami ham loydan yaratib o’z ruhidan jon ato etgan, ular dastlab jannatda yashashgan. So’ngra ular shaytonning gapiga kirib jannat tartibini buzishib, gunoh qilishgan, xudo ulami jannatdan haydab yuborgan. Dastlabki odamlar gunohkor bo’lgani uchun ulardan tarqalgan bolalar ham tug’ma gunohkor bo’ladilar, cho’qintirish marosimi o’tkazilib boladagi tug’ma gunoh yuvib yuboriladi, degan tasavvurlar iudaizmda keng tarqalgan, keyin bu tasavvurlar xristianlarga ham o’tib qolgan.


Iudaizmda bir qator marosimlar mavjud, Yaxve bandalari o’z diniy ibodatxonlarini “studiya”lar deb ataydilar, ular, asosan, diniy adabiyot, pand-nasihatlami o’qib o’rganadilar.


Iudaizmdagi rasm-rusumlaming tartiblari, ijozat va taqiqlar, grajdanlik, oilaviy, turmush, nikohga oid ko’rsatmalar, asosan, Talmud to’plamida bayon qilingan. Unda 613 ta toat-ibodat, urf-odatlar ko’rsatilgan. Masalan, xatna qilish qoidasi, ro’za tutish tartiblari, janoza, dafn qilish, marhumning xotirasiga bag’ishlangan marosimlar, chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilik, savdogarlik sohalaridagi udumlar va boshqa muhim hayotiy marosimlar xususidagi fikrlar bayon qilingan.


Masalan, ro’za tutgan yahudiy tuxum, sut, go’sht iste’mol qilmaydi. Azador kishi qora kiyadi. Azador erkaklar qirq kungacha soqollarini oldirmaydi. Zino yo’liga kirgan ayol jazolanadi, hatto u diniy jamoadan haydaladi.





Yüklə 65,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin