Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi



Yüklə 2,91 Mb.
səhifə67/233
tarix28.11.2023
ölçüsü2,91 Mb.
#166985
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   233
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani

Tarbiya tamoyillari. Tarbiya mazmunida oldinga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga muvofiq o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar, shaxs xulq-atvori hamda sifatlari mohiyati aks etadi. Tarbiya mazmuni shaxsning shakllanishiga qo‘yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat bo‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, kishilik munosabatlari mohiyati va darajasi, shuningdek, jamiyat mafkurasi g‘oyalari asosda belgilanadi. Zamonaviy tarbiya mazmunida quyidagi tamoyillar yotadi:

  1. Tarbiya maqsadining aniqligi. O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqilligining dastlabki yillaridayoq respublikada, amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan tarbiya maqsadi aniq belgilab olindi. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘qrisida»gi qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» g‘oyalariga ko‘ra ijtimoiy tarbiyaning asosiy maqsadi – erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi bo‘lgan komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish yo‘lidagi asosiy vazifa - bu shaxsda umumiy madaniyat unsurlari, ya’ni, shaxsning aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, iqtisodiy, ekologik, huquqiy, siyosiy hamda mehnat madaniyatini tarbiyalashdan iborat.

  2. Bolalar va kattalarning birgalikdagi faoliyati. O‘qituvchilarning bolalar bilan ma’naviy madaniyatini shakllantirishning eng yaxshi namunasini izlash, shu asosida tarbiyachi ishining hayotiy me’yor va qadriyatlarini aniqlash o‘quvchining tarbiya jarayonidagi faolligini ta’minlashgaolib keladi. Dunyoqarashi hali to‘la-to‘kis shakllanmagan bolalar uchun kattalarning hayotiy tajribalari, ularning shaxsiy namunalari tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega.

  3. O‘z-o‘zini anglash. Tarbiya insonda e’tiqod, demokratik qarashlar va hayotiy pozisiyaning shakllanishigaolib keladi. Tarbiya mazmunining eng muhim unsurlaridan biri – bu insonning hayotiy o‘z-o‘zini anglashi, uning o‘z shaxsiy hayoti va faoliyatining sub’ekti sifatida e’tirof etilishi bilan tavsiflanadi. Inson kamolotida fuqarolik, kasbiy vaaxloqiy o‘z-o‘zini anglash jihatlari muhim ahamiyatga egadir.

  4. Tarbiyaning shaxsga yo‘naltirilganligi. Mazkur g‘oya ta’lim muassasasi amaliyotining markaziy nuqtasida tarbiyaviy ishlar dasturi, tadbirlar, ularning shakl, metod va vositalari emas. Balki o‘quvchi turganligini anglatishgaxizmat qiladi. Tarbiya jarayonida uning shaxsiy xususiyatlari, qiziqishlari, o‘zigaxos xarakteri, o‘z qadr-qimmatini anglash tuyg‘ulari rivojlantirilib borilishi zarur.

  5. Ixtiyoriylik. Tarbiyalanuvchilarning iroda erkinligisiz tarbiya g‘oyalari mohiyatini qaror toptirish mumkin emas. Tarbiya jarayoni, agar u oqilona tashkil etilsa, bir vaqtning o‘zida ham o‘quvchi, ham o‘qituvchi ma’naviyatining boyitilishigaxizmat qiladi. Agar tarbiyachi o‘quvchining qiziqishi, faoliyati, o‘rtoqlik va fuqarolik burchini anglash, mustaqillikka intilish tuyg‘ularini ko‘ra va anglay olsagina uning irodali ekanligi ayon bo‘ladi. Tarbiyalanuvchining irodali bo‘lishi ta’minlangan sharoitda uning shaxsiga ta’sir ko‘rsatishga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonida samaraga erishiladi. Jamoa yo‘nalishi. Tarbiyaviy ishlar mazmunida jamoaga nisbatan ijobiy munosabatni qaror toptirish yotadi. Jamoa yordamida shaxsni har tomonlama kamoloti, uning dunyoni anglash, uni to‘laqonli talqin etish, insonparvarlik va o‘zaro hamkorlik tuyg‘ularini yuzaga kelishi va rivojlanib borishi kabi holat amalga oshiriladi.Zamonaviy pedagogik jarayonda tarbiyalanuvchiga: inson aqliy, estetik, axloqiy, jismoniy, siyosiy-g‘oyaviy, iqtisodiy, ekologik hamda diniy tarbiya olishi lozimligini uqtirishining o‘zigina kam samara beradi. O‘quvchi uchun yuqorida qayd etilgan tarbiya yo‘nalishlarining nima uchun kerakligi, ularning insonga nima beraolishi kabi masalalar qiziqarlidir. Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tarbiya tizimida muammoning mana shu jihati birinchi o‘ringa qo‘yilmoqda. YUqorida qayd etilgan g‘oyalar to‘g‘ri tashkil etilgan pedagogik jarayonda – yetuk fuqaro, malakali mutaxassis hamda barkamol oila sohibini tarbiyalab voyaga yetkazish uchun xizmat qilishi lozim.

Zamonaviy tarbiya mazmuni va ularda ilgari surilgan g‘oyalar yaxlit tarzda quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:






Yüklə 2,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin