53
Markaziy va Sharqiy Yevropada tarixan mavjud bo‗lgan sotsialistik mamlakatlar,
Osiyodagi sobiq Mo‗g‗ulistonda kapitalizmdan sotsializmga o‗tish davrida hal qiluvchi
tarmoqlardagi ishlab chiqarish, transport va mehnat vositalari sotsialistik davlat mulkiga
aylantirilgan bo‗lib, D.k., alohida uklad, xo‗jalik shakli tarzida mavjud edi. Boshqa
sotsialistik mamlakatlardagi D.k. xo‗jaliklari birmuncha kengroq iqtisodiy erkinlikka ega
bo‗lgan edi. Biroq sotsialistik xo‗jalik mustahkamlanib olgandan keyin ularning deyarli
hammasida D.k.ga barham berildi. Bunday qol Sharqiy Yevropada va SSSRda
sotsializmning qulashigacha davom etdi. Hozirgi davrda o‗zini sotsialistik hisoblab
kelayotgan mamlakatlar – Xitoy Xalq Respublikasi, Vetnam Sotsialistik Respublikasi,
Koreya Xalq Demokratik Respublikasi va Kuba Respublikasida iqtisodiyot asosan
umumlashgan mulkchilikka, markazdan boshqarishga va rejalashtirishga asoslangan
iqtisodiyot bo‗lib qolmoqda. Biroq ularning ba‘zilari (Xitoy, Vetnam) da jiddiy iqtisodiy
islohotlar amalga oshirilmoqda, bozor iqtisodiyotini ham shakllantirish siyosati
o‗tkazilmoqda; mamlakat iqtisodiyotida, ayniqsa, erkin iqtisodiy zonalarda, davlat
nazoratida xususiy va xorijiy kapital faoliyatiga, kapital, yollanma mehnat
munosabatlariga erkinlik berilmoqda. Natijada ularda D.k.ning ko‗lami va iqtisodiy
hayotga ta‘siri o‗smoqda. Bozor iqtisodga o‗tayotgan sobiq sotsialistik mamlakatlarga
xorijiy tovarlar va kapitallar juda erkin, tez kirib kelmoqda, ba‘zi tarmoqlarda va
bozorlarda katta hukmron mavqelarga ega bo‗lmoqda. Mustaqillikka erishib
sotsializmdan voz kechgan sobiq sotsialistik davlatlarning ba‘zilari, mas., O‗zbekistan
mustaqil taraqqiyotning o‗ziga xos yo‗lini tanlab oldi. O‗zbekistonda ijtimoiy
yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurish yo‗li, bozor iqtisodiyotini
bosqichma-bosqich tarzda shakllantirish yo‗li tanlandi. Davlat bosh islohotchi sifatida
umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslangan tamoman yangi umumdemokratik
jamiyat qurish siyosatini izchillik bilan amalga oshirmoqda, ko‗p ukladli va bozor
xo‗jaligi tizimini shakllantirish uchun zarur barcha choratadbirlarni ko‗rmoqda. Natijada
xorijiy kapital ishtirokidagi qo‗shma korxonalar, savdo tashkilotlari, banklar va h.k.
shakllandi, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlarning vakolatxonalari ochildi.
Pirovardida O‗zbekistonda o‗ziga xos D.k. ukladi vujudga keldi.
Dostları ilə paylaş: