Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan


partiyaning faollari edi. Partiyaning e'lon qilingan dasturida xon hokimiyatini



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə437/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   433   434   435   436   437   438   439   440   ...   462
LUG\'AT


partiyaning faollari edi. Partiyaning e'lon qilingan dasturida xon hokimiyatini 


335 
cheklaydigan islohotlar o‗tkazish, mamlakatda konstitusiyaviy monarxiya o‗rnatish, 
xalqni ma'rifatli qilish mo‗ljallangan. 
YOSHLAR
— ma‘naviy dunyoqarashi shakllanayotgan, qaror topayotgan, asosiy 
ijtimoiy o‗sishni, intensiv ijtimoiylashuv va moslashuvni, ijtimoiy va ruhiy-fiziologik 
balog‗at yoshni (14-30) boshdan kechirayotgan ijtimoiy demografik guruhdir. Yoshlar 
mamlakat va millatga hayotbaxshlik bag‗ishlab, davlatni kuch-quvvatga to‗ldirib, 
harakatga keltiruvchi, yangilab turuvchi katta ijtimoiy qatlamdir. 
YOSHLAR HARAKATI
— bu harakat asosan yoshlarni qamrab oladi. Bu harakat 
ham yoshlarga xos bo‗lgan, ham umumsiyosiy, ham umumijtimoiy bo‗lgan maqsad va 
vazifalarni o‗z oldiga qo‗yadi. Hozirgi yoshlar harakati oldingi-yillardagi yoshlar 
harakatidan ancha farq qiladi. Bu harakatga an'anaviy hokimiyat institutlariga nisbatan 
chuqur tanqidiy munosabat, o‗z qarashlarini ifoda etishda - mustaqillik, kengroq erkinlik, 
faoliyat usullarida xilma - xillik xos. Hozir dunyoda 50 dan ortiq xalqaro yoshlar 
tashkilotlari faoliyat ko‗rsatmoqdalar. Ulardan eng ommaviy va obro‗lisi - Jahon 
demokratik yoshlar federasiyasi (JDYF) va Xalqaro talabalar ittifoqi (XTI). Bu 
tashkilotlarda dunyoning barcha mintaqalarida 100 dan ortiq mamlakatlardan progressiv 
yoshlar va talabalarning milliy uyushmalari ko‗rsatilgandir. Ularning faoliyati BMT, 
YUNESKO va boshqa hukumatlararo tuzilmalar tomonidan tan olinadi va yuqori 
baholanadi. O‗zbekistonda yoshlarning ―Kamolot‖ ijtimoiy harakati - mustaqil 
yurtimizning kelajagi bo‗lgan yoshlarning ma‘naviy barkamol, vatanparvar, jismonan 
sog‗lom bo‗lishi uchun faoliyat ko‗rsatadi. 
YUNESKO
— Birlashgan Millatlar tashkilotining maorif, fan va madaniyat 
masalalari bilan shug‗ullanuvchi tashkiloti - xalqaro hukumatlararo tashkilot; BMTning 
ixtisoslashgan 
muassasasi. 
Davlatlar 
o‗rtasida maorif, fan, madaniyat va 
kommunikatsiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish yo‗li bilan tinchlikka va xalqaro 
xavfsizlikka ko‗maklashish maqsadida 1946-yil tuzilgan. 188 mamlakat (shu jumladan, 
O‗zbekiston Respublikasi 1993-yil 26-oktabrdan) a‘zo. YUNESKO Ustaviga ko‗ra, ―... 
irqi, jinsi tili va dinidan qat'i nazar, barcha xalqlar uchun adolatga, qonuniylikka, inson 
huquqlari va asosiy erkinliklariga umumiy hurmatni ta'minlash maqsadida ta'lim, fan va 
madaniyatni rivojlantirish orqali xalqlar hamkorligiga‖ ko‗maklashish tashkilotning 
ustuvor vazifasidir. 400 ga yaqin xalqaro nohukumat tashkilotlar va jamg‗armalar, 
xalqaro va hududiy birlashmalar YUNESKO bilan hamkorlik qiladi. YUNESKO budjeti 
a‘zo mamlakatlar badallaridan tashkil topadi. Tashkilot faoliyatining asosiy yo‗nalishlari 
yalpi savodsizlikka qarshi kurash, maorif tizimi va kadrlar tayyorlashni rivojlantirish, 
milliy madaniyatlarni o‗rganish va tarqatish, atrof-muhitni va madaniy yodgorliklarni 
muhofaza qilish, okeanografiya, geologiya, gidrologiya, sotsiologiya, kommunikatsiya va 
boshqalar sohalarda global ilmiy muammolarni hal etishda hamkorlik qilishdan iborat. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   433   434   435   436   437   438   439   440   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin