43
BOSHQARUV SHAKLI
— bu huquqiy institut bo‗lib, davlat hokimiyatini tashkil
etish tartibi. Oliy va mahalliy davlat organlarini tuzish usulini hamda ularning bir-biri va
aholi bilan o‗zaro munosabatlari tartibini o‗z ichiga oladi. Boshqaruv shakllari hokimiyat
bir shaxs tomonidan yoki saylab qo‗yiladigan jamoaviy organ tomonidan amalga
oshirilishiga qarab jiddiy farq qiladi. Birinchi holda boshqaruvning monarxik shakli,
ikkinchi holda esa respublika shakli namoyon bo‗ladi. Monarxik boshqaruv shaklida,
amaldagi qonunlarga muvofiq, monarx, respublika boshqaruv shaklida esa saylab
qo‗yiladigan davlat organi davlat hokimiyatini boshqaradi. Monarxiyalar va
respublikalarning har xil turlari mavjud. Ular davlatlarning tiplariga, shun., ularning
yuzaga kelishi va faoliyat ko‗rsatishi shart-sharoitiga ko‗p jihatdan bog‗liq.
Dostları ilə paylaş: