BUNDESRAT (nem
. Bundesrat ) — GFRning ikki palatali parlamentining yuqori
palatasi. Yerli aholi, ya'ni federal hududlarning hukumatlaridan 3-5 gacha vakil saylanish
hisobiga shakllantiriladi.
BUNDESTAG ( nem.
Bundestag ) — GFR parlamentidagi quyi palata – deputatlar
palatasi, respublikaning oliy vakillik organi. 1949-yilda tuzilgan. Saylov tizimi bo‗yicha
4-yil muddatga saylanadi. Saylovchilarning 5% idan kam ovozini olgan partiya bironta
ham mandatga ega bo‗lmaydi. Mazkur palataga saylovlarda eng ko‗p ovoz to‗plagan
siyosiy partiya yoki blok hukumatni shakllantiradi. Hozirgi vaqtda Sotsial-demokratik
partiya, Ozod demokratik partiya, Xristian sotsialistik ittifoqi kabi siyosiy partiyalar B.ga
saylovlarda asosiy kurash olibboruvchi partiyalar hisoblanadi.
BUNDESVER (nem
. Bundeswehr ) — Germaniya Federativ Respublikasining
qurolli kuchlari. Quruqlikdagi qo‗shinlar, dengiz qo‗shinlari, harbiy havo kuchlaridan
iborat. NATOning Yevropadagi asosiy tayanchlaridan biri. GFRning genaraliteti
NATOning tarkibiy organlaridan biriga kiradi.
BUNYODKOR G„OYA — insonni ulug‗laydigan, uning kuch–qudrati va
salohiyatini oshirib xalqi, Vatani, butun insoniyat uchun foydali ishlar qilishga safarbar
etadigan, o‗zida taraqqiyot, ma'rifat, do‗stlik, tinchlik, adolat, halollik, poklik kabi ezgu
his–tuyg‗ularini mujassam etadigan g‗oyadir.
BURGOMISTR (nem.
Burgeimeister ) — ayrim mamlakatlar (Germaniya, Belgiya,
Niderlandiya, Avstriya) mahalliy boshqaruv organlarida oliy mansabdor shaxs. B.lar
mazkur organlarda yetakchi rol o‗ynaydi: markaziy hukumat vakili hisoblanadi,
munisipal (mahalliy) xizmatchilarni ishga tayinlaydi va ishdan bo‗shatadi; budjet tuzish
va uni bajarish ishlariga boshchilik qiladi. B. Germaniyaning ko‗pchilik erlarida
munisipal kengashlar yoxud bevosita aholi tomonidan saylanadi (Germaniyaning
Bavariya va BadenVyurtemberg erlarida) yoki bevosita hukumat tomonidan tayinlanadi.
Quyi Saksoniya va Shimoliy Vestfaliya erlarida asosan vakillik vazifalarini bajaradi.