Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   462
LUG\'AT

BURJUAZIYA
(fr
.
bourgeoisie
– shaharliklar) — savdo, sanoat, kredit-moliya va 
b. tadbirkorlik faoliyati natijasida daromad oluvchi ijtimoiy sinf. B. an‘anaviy jamiyat 
qaror topgan sharoitda, XVI-XX a.lardagi inqilob va islohotlar natijasida yuzaga kelib
muhim iqtisodiy va siyosiy ta'sirga ega bo‗ldi, sanoatlashgan jamiyat va bozor 
iqtisodiyoti, liberalizm va demokratiya qadriyatlari qaror topishiga ko‗maklashdi. 
Rivojlangan 
mamlakatlardagi 
B. 
yirik 
moliya 
va 
sanoat 
B.sidan 
(unga 
boshqaruvchilarning oliy qatlami ham kiradi), sarmoyadorlik va tadbirkorlik vazifalarini 
birga qo‗shib, ish yurituvchi o‗rta B. qatlamidan hamda-mayda B.dan tashkil topgan. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarda B. turli qatlamlarining shakllanishi jamiyatni 


46 
modernizatsiya qilish jarayoni bilan bevosnta bog‗liqdir. Sotsialistik tuzum o‗rnatilgan 
mamlakatlarda B. sinf sifatida tugatilgan edi. Bunday mamlakatlarda bozor iqtisodiyoti 
va fuqarolik jamiyatining shakllanishi jarayonida xususiy mulkdorlar va tadbirkorlardan 
iborat ijtimoiy qatlam qayta tiklanmoqda. 
BUYRUQ
— 1) qarorning yanada qat‘iy ko‗rinishi, xodimlarni muayyan 
muddatgacha qarorlarni aniq bajarishga undovchi hujjat. B.ning asosi yuqori boshqaruv 
organlari rahbarlarining qarorlari, hukumat farmoyishlari; 2) davlat idorlari, muassasalari 
tomonidan chiqariladigan yozma hujjat; 3) harbiy xizmatda boshliqlar tomonidan 
beriladigan ko‗rsatma. 
BUYUK DAVLATCHILIK SHOVINIZMI
— ko‗p millatli mamlakatlarda 
tarixiy taraqqiyot jarayonida davlatda yetakchi mavqeni egallagan, o‗z millatini «oliy» 
millat deb e‘lon qilgan hukmron millat mafkurasi va siyosati, shovinizm va 
millatchilikning bir turi. B.d.sh. bir davlatning boshqa davlat yoki davlatlar ustidan 
siyosiy, mafkuraviy, iqtisodiy va harbiy hukmronligini o‗rnatishga qaratilgan vayronkor 
nazariya va amaliyotdir. Milliy va ko‗p millatli davlatlar hamda mustamlaka imperiyalari 
tashkil topayotgan davrda vujudga kelgan. Hukmron «buyuk» millatlar siyosati boshqa 
millat va elatlarni asoratga solish, ayovsiz ishlatish, iqtisodiy, siyosiy va madaniy 
sohalarda kamsitishga qaratilgan. Mas., Rossiya imperiyasida yashovchi mazlum 
xalqlarga, jum. Turkiston xalqlariga nisbatan B.m.sh.ga asoslangan siyosat amalga 
oshirildi, ularning qadimgi madaniyati, ma‘naviyati, ilm-ma‘rifati, dini va urf-odatlari 
oyoq osti qilindi. Sho‗rolar zamonida mazkur siyosat turli mafkuraviy usullar bilan, mas., 
«baynalmilallik» shiori ostida davom ettirildi. B.d.sh. hamisha kuch ishlatishga, harbiy, 
iqtisodiy, siyosiy, ma‘naviy, mafkuraviy tazyiqqa, zo‗ravonlikka asoslangani uchun ham 
millatlar va davlatlararo munosabatlarda ishonchsizlik va dushmanlik kayfiyatlarining 
chuqur ildiz otishiga sabab bo‗ladi.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin