Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   462
LUG\'AT

DAVLAT BUYURTMASI
— xo‗jalik aloqalarining davlat tomonidan bevosita 
boshqarish shakli, tovar va xizmatlarni sotib olish, (sotish), ilmiy taraqqiyot, tajriba-
konstruktorlik va b. ishlarga buyurtma, davlat hokimiyati organlari tomonidan beriladi, 
davlat budjetidan moliyalashtiriladi, umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan 
bo‗ladi.
DAVLAT DEPARTAMENTI 
— AQSHda tashqi ishlar vazirligi vazifalarini 
bajaruvchi tashqi siyosat mahkamasi (1789-yildan). Departamentlar ichida D.d. birinchi 
o‗rinda turadi. Uni davlat kotibi boshqaradi. U prezident, vitse-prezidentdan keyingi 
mansabdor shaxs hisoblanadi. 
DAVLAT FUNKSIYALARI
— ichki va tashqi. Ichki funksiyalariga: iqtisodiy; 
ijtimoiy; xalq hokimyatini ta‘minlash; konstitutsion tuzumni himoya qilish; qonunchilik 
va huquq tartibotni taminlash; jamiyatni birlashtirish ijtimoiy hakamlik; ekologik; 
madaniy-ma‘rifiy. Tashqi funksiyalarga: global muammolarni hal etishda ishtirok etish; 
milliy xavfsizlikni ta‘minlash; o‗zaro foydali hamkorlikni rivojlantirish; xalqaro 
munosabatlarda davlat munosabatlarini himoya qilish kiradi. Davlatning iqtisodiy 
funksiyasiga iqtisodiy jarayonlarni soliq va kredit siyosati vositasida tashkil etish, 


51 
uyg‗unlashtirish, tartibga solish, iqtisodiy o‗sish uchun imkoniyatlar yaratish yoki 
sanksiyalar qo‗llash singari tadbirlar kiritiladi. Ijtimoiy funksiyaga odamlarni ish, uy-joy, 
sog‗liqni saqlash tizimi xizmatlari bilan ta‘minlash, keksalar va nogironlarga, ishsizlarga, 
yoshlarga ijtimoiy kafolotlar yaratish, hayot. mulk, sog‗liqni sug‗urta qilish xizmatlarini 
ta‘minlash singarilar kiradi. Huquqiy funksiyaga tartibni ta‘minlash, huquq sohasini 
rivojlantirib borish, ijtimoiy tizimni himoya qilish singari vazifalar kiradi. Madaniy-
tarbiyaviy funksiya aholining madaniy ehtiyojlarini qondirishga, insonlarni jahon 
ma‘naviyati durdonalaridan bahramand bo‗lishlari uchun sharoitlar yaratishga va inson 
o‗zini ijodda namoyon etishi uchun imkoniyatlar yaratishda namoyon bo‗ladi. Davlatning 
siyosiy funksiyasiga jamiyatda siyosiy barqarorlikni ta‘minlash, hokimiyatni amalga 
oshirish, siyosiy kursni ishlab chiqish va aholining manfaatlarini uyg‗unlashtirish kiradi. 
DAVLAT GERBI 
— davlat ramzlaridan biri. Unda davlatning milliysiyosiy
iqtisodiy xususiyatlari, ijtimoiy va davlat tuzumi, geografik va b. belgilari o‗z ifodasini 
topadi. Gerb davlat bayroqlarida, muhrda, rasmiy blanklarda, muhim hujjat, pul va davlat 
zayomlarida, ba‘zi binolarda tasvirlanadi. D. g.ning mazmuni konstitutsiya yoki maxsus 
qonun bilan belgilanadi. 1992-yil 2-iyulda O‗zbekiston Respublikasining D.g. 
to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan. U quyidagi ko‗rinishga ega: tog‗lar, daryolar va so‗l 
tomoni bug‗doy boshoqlaridan, o‗ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‗o‗za shoxlaridan 
iborat chambarga o‗ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. 
Gerbning yuqori qismida respublika hurligining ramzi sifatida 8 burchak tasvirlangan 
bo‗lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasviri bor. Gerbning markazida baxt va 
erksevarlik ramzi – qanotlarini yozgan Humo qushi ko‗rinadi. Gerbning pastki qismida 
respublika Davlat bayrog‗ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida «O‗zbekiston» 
deb yozib qo‗yilgan.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin