Tarixiy informatika - tarix fani va ta’limini axborotlashtirish jarayoni qonuniyatlarini o‘rganuvchi bilimlar sohasidir.
Kompyuterli manbashunoslik- kvantitativ tarix usullari yordamida amalga oshirilgan tadqiqotlarning bir qismi hisoblangan berilganlar bazalari va arxivlari masalalardan kelib chiqqan.
Kliometrika (tarixnui o‘lchash) – Tarixiy tadqiqotlarda miqdoriy usullarni qo‘llash o‘rganish predmeti bo‘lmish tarixiy reallikning maxsus tizimlariga asoslanadi.
Geoinformatsion texnologiyalar electron xaritalar tizimi va turli tabiatdagi ma’lumotlarni qayta ishlovchi muhitlar ko‘rinishida ifodalovchi berilganlarni amalda qo‘llashga qaratilgan.
Ma’lumotlarning modeli - bu ma’lumotlar uzaro boglangan tuzilishlari va ular ustida bajariladigan operatsiyalar to‘plamidir. Modelning shakli va unda foydalaniladigan ma’lumotlar tuzilishining turi dasturlash tizimi tilida foydalangan ma’lumotlarni tashkil etish va ishlov berish konsepsiyasini aks ettiradi.
Ma’lumotlarning relyasion modeli. Relyasion MB kuchli nazariy fundamentga ega bo‘lib, u matematik munosabatlar (otnosheniya) nazariyasiga asoslangan. Ma’lumotlarning relyasion modeli konsepsiyasi 1970 yilda E.F.Kodd tomonidan taklif qilingan bo‘lib, u ma’lumotlarni tavsiflash va tasvirlashning amaliy dasturlaridan bog‘liq bo‘lmasligini ta’minlash masalasini hal qilish uchun xizmat qiladi.
Mohiyat -bu ma’lumotlari ma’lumotlar bazasida saqlanishi kerak bo‘lgan biror real yoki tasavvur qilingan ob’ektdir.
Bazada aholi punktlari to‘g’risidagi ma’lumotlar – aholi punkti to'g'risidagi ma'lumot qachon, qaysi manbada va nimaga bo'g'liq ravishda kiritilganligi, uning mulkiy, administrativ va boshqa xususiyatlari to‘g’risida qisqacha ma’lumotlarni to‘plash maqsadq qilib qo‘yildi
Statistika (lot.Status – "vaziyat") ma’lumot yigish, tartiblash, tahlillash, sharhlash va ko‘rsatishga bagishlangan matematika sohasidir. Bunga statistik tadqiqot va tajriba rejalashtirish ham kiradi.
Statistika (lot. ctatus – boylik, davlat) – 1) turli hodisalar va jarayonlarni miqdoriy hisoblash, ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish yo‘li bilan ijtimoiy hayotning umumiy qonuniyatlarini o‘rganadigan ijtimoiy fanlar tarmog’i.
Karta - bu tarixiy manba bo`lib, voqealar davomiyligi haqida hikoya qiluvchi, vayron bo`lgan va yana tiklangan shaharlar, tabiiy ob`yektlarning vaqt o`tishi bilan o`zgarishini, unitilgan qadimgi sug`orish inshoatlari hamda xalqlar taqdirini hududlar bilan bog`lab o`rganadi. Shu jihatdan har bir tarixiy kartani tarixiy manba sifatida baholash mumkin.
Qadimgi karta – tasvirlar gil taxtachalar, papirus va pergamentlarga chizilgan bo`lib, qadimgi tarixiy ma`lumotlarni o`ziga aks ettirgan. Kartalar yaratish an`anasi ilk bor qadimgi boy madaniyatli xalqlar – ossuriyaliklar, bobilliklar, misrlik va finikiyaliklarda eramizdan bir necha ming yil avval shakllangan.
Kartografiyaatamasi esa, ancha kengroq tushuncha bo`lib, u «tabiat va jamiyatdagi voqea - hodisalarning o`zaro bog`liqligini, ularning vaqt o`tishi bilan o`zgarishi kartografik tasvir, obrazli belgi – modellar vositasi bilan tasvirlashni va tadqiq qilishni o`rganuvchi fandir.
Hujjat -matn, tovush yoki tasvir shaklida yozilgan axborot bo‘lib, zamon va makonda uzatish hamda saqlash va jamoat tomonidan foydalanish uchun mo‘ljallangan moddiy ob’ektdir.