Namangan davlat universiteti fizika fakulteti fizika yo



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə2/17
tarix07.04.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#94410
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
FOTOKUCHAYTIRGICHLAR MAVZUSINING MAZMUNI VA O‘TISH METODIKASI

Optik xodisalar.


Yorug’likning tabiati va uning tarqalish qonunlari. Moddalarning sindirish ko’rsatkichini o’lchashning refraktometriya usuli. Refraktometrlarning veterinariyada qo’llash. To’la ichki qaytish hodisasi va undan optik asboblarda foydalanish.
To’la optikasi va uning tibbiyot va veterinariyada ahamiyati. Endoskop- larning ishlash prinsipi va qo’llanilish. Fotometriya asoslari.
Yorug’likning yutilishi. Yutilish qonunlari. Kalorimetrik usul va ulardan veterinariyada foydalanish. Polyarimetr va saxarimetrlar, ularning biologik suyuqliklar tarkibidagi uglevodlarni aniqlashda qo’llanilishi. Quyosh nurining biologik ahamiyati Ultrabinafsha nurlar, ulardan parrandaxonalarni sanasiyalashda, sutlarni stirlizasiyalashda, veterinariya orizoterapiyasida ayrim kasalliklarni profilaktika qilishda va diagnostikasida qo’llanilishi. Fotobiologik jarayonlar va ularning tirik mavjudot uchun zarurligi Yorug’likning kvant tabiati. Plank formulasi. Yorug’lik kvant tabiatiga asoslangan optik jarayonlar, yorug’lik bosimi, fotoeffekt hodisasi, uning turlari va qonuniyatlari. Fotoelektron asboblar va fotoelement, ularning ishlatilishi, ko’rish sistemasining tuzilishi va unda bo’ladigan fizik jarayonlar.
Tayanch tushunchalar: Sindirish ko’rsatkichi refraktometriya, to’la ichki qaytish, endoskoplar, svetovodlar, yorug’lik oqimi, yoritilganlik, yorug’lik kuchi, ravshanlik. Yorug’likning yutilishi, kolorametriya, qutblanish, ikkilanib sinish,saxarometrlar, fotosintez, zagar. Fotoeffekt, fotoeffektning qizil chegarasi, fotoelement, issiqlik nurlanishi, absolyut qora jism, fotosintez,
Optika – grekcha optos – ko’rish degan ma’noni bildiradi.. XVII asrda yorug’likning to’lqin (Gyuygens) va korpuskulyar (Nyuton) nazariyalari paydo bo’ldi. XVIII asrda korpuskulyar nazariya ko’proq g’alaba qilgan bo’lsa, XIX asrda to’lqin nazariyasi oldinda bo’ldi. Lekin to’lqin «Dunyo efirida» tarqaladi degan fikr noto’g’ri edi. Maksvell elektromagnit to’lqinlar nazariyasini yaratgandan so’ng «Dunyo efiri»ga hojat qolmadi. Maksvell nazariyasini Fizo (1849 y), Fuko (1850) va Maykelson (1881 y) tajribalari tasdiqladi. Lebedev esa (1899 y) yorug’likning bosimini o’lchadi. Shu davrda yana fotoeffekt, Kompton effekt va boshqa hodisalarning ochilishi elektromagnit to’lqinlar nazariyasi bilan tushuntirib bo’lmadi. Faqatgina 1900 yili Plak kvant nazariyasini yaratgandan so’ng va Eynshteynning yorug’lik kvant nazariyasi e’lon qilingandan so’ng bu qarama-qarshilik barham topa boshladi. Eynshteyn nazariyasiga binoan yorug’lik fotonlar oqimidan iborat deb faraz qilindi. Bu nazariyani N.Bor (1913), Shredenger (1925), Fok (1957), Feyman (1949 y) yoqlab chiqdi. Hozirgi davrda yorug’lik to’g’risidagi ikkala ta’limot ham o’rinli ekani va korpuskulyar – to’lqin dualizmi haqida gap yuritiladi.
Geometrik optikaning to’rtta qonuni mavjud.

  1. Yorug’lik bir jinsli optik muhitda to’g’ri chiziq bo’ylab tarqaladi. Bunga yorug’likning to’g’ri chiziq bo’ylab tarqalish qonuni deyiladi.

  2. Yorug’lik nurining mustaqillik qonuni. Yorug’lik to’lqinlari bir-biri bilan kesishganda ular bir-biriga halaqit bermaydi.

  3. Qaytish qonuni. Qaytgan nur, tushuvchi nur va ikki muhit chegarasiga o’tkazilgan normal bir tekislikda yotadi. Tushish burchagi qaytish burchagiga tengdir.

  4. Yorug’likning sinish qonuni. Tushuvchi nur, singan nur va ikki muhit chagarasiga o’tkazilgan normal bir tekislikda yotadi. Tushish burchagi sinusining sinish burchagi sinusiga nisbati berilgan moddalar uchun doimiy bo’lib ikkinchi muhitning birinchi muhitga nisbatan sindirish ko’rsatkichi deyiladi.

Zaryadlangan elektrometrga mahkamlangan rux plastinkani ultrabinafsha nurlar bilan yoritganimizda elektrometr tezda razryadlanadi (zaryadsizlanadi). Agar elektrometr plastinkasini musbat zaryadlasak, so’ngra ultrabinafsha nurlar bilan yoritsak elektrometr razryadlanmaydi.



1-rasm. fotoeffekt hodisasini namoyish qiluvchi tajriba.
Bu hodisani quyidagicha tushuntirishimiz mumkin. Ultrabinafsha nurlar ta’sirida rux plastinka sirtidan manfiy zaryadlangan zarrachalar – elektronlar uchib chiqadi. Fotoeffektni o’rganishda katod nurlari degan tushuncha kiritiladi. Katod nurlari elektronlar oqimidan iborat bo’ladi. Katod nurlari yorug’lik ta’sirida paydo bo’lishi yoki kuchayishi mumkin. Yorug’lik ta’sirida o’zidan elektronlarni nurlaydigan sirtni fotokatod deb ataladi.


2-rasm.



Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin