TOMONLAMA ALOQASI
1. Gazetadagi reklama
2. Jurnaldagi reklama
3. Radiodagi reklama
4. Televideniyadagi reklama
5. Tashqi reklama
6. Transportdagi reklama
Har qanday jamiyatda xaridorlarning yarmi o‘zlariga nima kerakligini
toki kimdir ularga nima olish lozimligini birov aytmaguncha bilishmaydi. Keyingi
paytda ommaviy axborot vositalarida reklama hakida gapirilsa, aksariyat kishilar
unga nisbatan tanqidiy fikrlarni bildirishadi.
Bozor
iqtisodiyoti
davrida
mahsulotni ishlab chikarish va uni sotishda reklamaning o‘rni doim katta bo‘lgan.
Reklama matbuot yoki televidenie paydo bo‘lgandan emas
;
balki ibtidoiy davrda
ham mavjud bo‘lgan. Faqat uning ko‘rinishlari hozirgidan ancha farq qilgan..
Manbalarda keltirilishicha, qadim Sharkda savdogarlar mahsulotlarni jarchilar
orqali ovoza qilganlar. Hunarmandlar esa o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarini
tamg‘alaganlar. U esa tovar markasi vazifasini bajargan. Yunonistonda esa
hunarmandlar ustaxonalarining tomiga mahsulot tasviri tushirilgan lavhalarni osib
qo‘yishgan. 1445 yilda nemis tadqiqotchisi Iogann Gutsnbergning bosma
dastgohni ixtiro qilgan. Matbuot yetkazish paydo bo‘lishi reklamaning
rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Shundan so‘ng xususiy gazetalarning soni ham
ko‘payib bordi. Unda asosan qiziqarli voqyealar va albatta, biror mashhur
savdogar yoki hunarmandning mahsuloti haqidagi axborot bosilardi.
Reklama vositalarini shartli ravishda ikki qismga ajratish mumkin:
Birinchisi ommaviy targ‘ibot vositasi. Bu - gazeta, jurnal, radio,
televideniya, hitlar, plakatlar, e'lon taxtalari;
Ikkinchisi - bu so‘rovnomalar, shaxsiy xatlar, telefon orqali reklama va boshqalar.
Reklama albatta yo‘nalishdagi mijozni psixologik o‘ziga xoslik tomoniga
mo‘ljallangan bo‘lishi kerak va bozor o‘sha yo‘nalishiga qarab mo‘ljallanishi
kerak. Bu yerda asosiy savollar xaridor kim bo‘lishi kerak, qaysi jinsga
mansubligi, yoshi, ma'lumoti va uning o‘ziga xosligi bo‘ladi. Buni bilish nafaqat
reklama yaratilayotganida, balki joylashtirishda ham kerak bo‘ladi.
Reklama kompaniyasining ish jarayonida qanday vositalar asosiysi, qanday
vositalar qo‘shimcha bo‘lishini aniqlash zarur. Har bir vaziyatda kompaniyaning
o‘ziga xosligi bo‘ladi. Yonma-yon yo‘nalishda asosiy savollar qanday oraliqda va
muhimi qayerda? Agarda bir necha joyda bo‘lsa, ularning birligi nima bilan
aniqlanadi. Shu savollarga javob berishi kerak.
Bu bo‘lim bir tomonlama reklamani har xil funksiyalari ancha aniqlangan
ravishda psixologik o‘ziga xoslik ta'sirlarini ochib beradi. Bu o‘ziga xoslik
tabiatini bilish va tushunish vositalarini to‘g‘ri tanlashda va ularni muvaffakiyatli
chiqishini ta'minlaydi.
Gazetadagi reklama. Gazeta - reklama tarqatishdagi eng qo‘l keladigan vosita.
Agarda reklamani yangiliklarga boy, ishga aralashib ketishini ko‘rsatilsa, bu uni
ta'sirini kuchaytiradi. hamma chiqarilayotgan gazetalar, o‘zining o‘quvchisini
topadi. Reklama beruvchi uchun favqulotda juda dolzarb narsa bu aynan qaysi
gazeta eng ko‘p mijoz tomonidan o‘qilishidir. Odatda reklama beruvchi unga
qannaqa gazeta va qanday insonlar to‘g‘ri kelishini bilmaydi. Bu taqdirda
marketing rayoni to‘g‘risidagi masalani qabul qilish kerak. Keyin manna shu
rayonda ko‘p tarqatiladigan gazetalarda reklama berish kerak. Undan keyin har bir
e'longa kod berish kerak, yoki kupon latereyasi bilan va xaridorlarni tovar yoki
xizmatlar uchun kelishganda o‘zlari bilan gazetalardagi e'lonlarni birga olib
kelishlarini so‘rash kerak. Mana shu e'lon kodlarini tahlil qilib va tushgan
axborotni reyting ma'lumotlarini va gazeta adadini solishtirgan holda qaysi axborot
reklama uchun to‘g‘ri keladi. Shu yo‘l bilan qaysi bosmaxonaga reklamani doimiy
ravishda ishonib berish mumkin bo‘ladi. Aynan shuning uchun tanlov juda
ehtiyotkorlik bilan tanlanishi kerak. Gazetada reklama berayotgan har bir
kompaniya (ular nima bilan shug‘ullanishidan qat'iy nazar) raqobatchi bo‘lib
hisoblanadi. Ularning maqsadi xaridorning e'tiborini eng ko‘p k;ozonishdir.
Shuning uchun o‘zining reklamasini alohida ajratib turish usuli dolzarb muammo
hisoblanadi. Grafika bilan shug‘ullanadigan eng yaxshi va eng qimmat firmalar
ishtirokidagi reklamalarni 50 ta gazeta ichidan bittasi ishlab chiqarishi mumkin. Bu
degani qolgan 49 tasining gazetaga ketgan reklama harajatlari yo‘q bo‘lib ketishi
mumkin. Tadbirkorlar uchun eng zaruri reklamaning ishlashidir.
Shunday qilib, qo‘llaniladigan reklama tushunarli, aniq va yaxshi o‘qilishi
kerak.
Psixologlarning aytishicha, reklamani gazetaning o‘ng betiga, gazeta
buklanadigan joyiga joylashtirish kerak ekan.
Tadqiqotda ko‘rsatilishicha, o‘quvchilar reklamani reklamasi yo‘q
axborotdan ko‘ra aktiv qabul qilishadi. Biroq bu kam uchrasa ham, grafikaning
kuchliligi ba'zi reklama nashrlarini jiddiy maqola yoki yangiliklarga qaraganda
o‘ziga e'tiborni tortadi. Agar reklama haqiqatdan yaxshi bo‘lsa, ya'ni taklif
qilinayotgan narsa o‘ziga berilayotgan xarakteristika, ya'ni afzallik tomonlarini
ko‘rsatsa, uni qayta va qayta har xil betlarda mijozlarini o‘rgatish uchun
joylashtirib chiqish kerak. Reklamaning hammaga tanilganini, lekin hammaning
asabiga tegadigan darajaga yetmagan vaqtda unga o‘zgartirishlar kiritib turilishi
kerak. Bu usul telereklama va radio reklamada keng qo‘llaniladi. Lekin gazeta
reklamasida xali qo‘llanilmagan.
Gazeta reklamasida bir qator tavsiyanomalarni, ya'ni o‘quvchining qabul
qilish psixologiyasini hisobga olish kerak:
- taklif qilinayotgan reklamani sarlavhada joylashtirish;
- "Tekin" so‘ziga urg‘u berish;
- Reklama qilinayotgan tovarning yoki xizmatning rasmini joylashtirish;
- Agar iloji bo‘lsa, reklama tavsiyanomani qo‘yish kerak, chunki bu o‘quvchi
tomonidan tovar xarid qilganda yoki xizmatlarda qandaydir foydani ko‘rsatadi;
- Shunday qilish kerakki, reklama beruvchining reklamasi
boshqalarnikidan ajralib tursin;
- Sizning taklifingizni keyinga surmaslik to‘g‘risidagi jumla;
- Qanchalik qiziq bo‘lmasin, bir xil hollarda odamlarni bu xuddi gipnos
qilganday bo‘ladi. Insonning zudlik bilan tanlash xususiyati ko‘p hollarda
xaridorlarning xarid qilishi uchun turtki bo‘ladi;
- Suz yoki jumlani katta shriftlar bilan terish kerak. Bu holda kichkina reklama
ham katta reklamaday ish beradi;
- Reklamaga ranglar kiritish kerak. qizil, ko‘k, jigarrang ranglar reklamaning
o‘lchoviga to‘g‘ri keladi. 4 xil rangli reklama ok-qora reklamaga qaraganda
o‘quvchilarni o‘ziga jalb etadi;
- Qisqa so‘zlar, qisqa gaplardan foydalanish kerak. Cho‘zilib ketgan reklama
tekstlari o‘quvchilarni o‘zidan uzoqlashtiradi;
- Kompaniyaning nomini reklamaning pastki qismida joylashtirish foydali;
- Zamonaviy narsalarni reklamada eslatish muhim. Odamlar gazetalarni
yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun o‘qishadi, Shuning uchun asosiy maqsad
reklamaning yangiliklar bilan bog‘liq bo‘lishidir. Barcha reklama chiqaradigan
nashriyotlar maxsus va nomaxsus bo‘lishi mumkin. Bu holda ham, u holda ham
o‘zlarining reklama materiallarini berishning o‘ziga yarasha psixologik
xususiyatlari bor.
Nomaxsus gazetalarda reklama e'lonlari sahifalari butunlay reklamaga
bag‘ishlanadi. Bu holda reklama xabarlari bir xil tarzda beriladi. Ko‘pchilik
gazetalarda sahifalar chegaralarga bo‘linmaydi, e'lonlar bir xil yoziladi. Bunday
betlarda yo‘nalishsiz, xaridorga kerak bo‘lgan narsani topish qiyin bo‘ladi. Faqat
anik ko‘rsatilgan tovar yoki xizmat insonni gazetani yoki sahifani qiziqib o‘qishga
majbur qilishi mumkin. Boshqa hollarda odatdagiday reklama xabarlari o‘qilmay
qolib ketadi. Maxsuslashtirilgan reklama nashriyotlarda boshqa muammo paydo
bo‘ladi:
- Qanday qilib bir hil tovarni yoki xizmatni reklama qiluvchilarni bir -
biridan ajratish.
Odatda o‘quvchilar o‘ziga kerak narsani tanlashda qynalishadi. Shuning uchun
reklamani kichikroqhajmdagi e'lonlar bilan nashr etish kerak.
Gazeta nashryotlarida qarama- qarshilik usuli keng qo‘llaniladi. Bu usul
gazetaning har xil hajmdagilari orasida o‘zini ko‘rsatadi. Ko‘p hollarda kichik
hajmdagi reklama avtorlari o‘zlari bilmagan holda, o‘zlarining raqobatchilariga
yo‘l ochib berishadi, chunki psixologik tomondan o‘quvchi (xaridor) ko‘p hollarda
asosan katta hajmdagi reklama e'lonlarini tanlaydi va o‘qiydi.
Lotin yoki kirill xarflarida bosilgan tekst chapdan o‘ngga qarab o‘kiladi. Shu
sababli, o‘ng tarafdagi sahifa chap tarafdagiga qaraganda tezroq ko‘zga
tashlanadi. Ramka bilan ajratilgan reklama e'loni 30 % ga e'tiborni tortadi.
Tadqiqotlarda ko‘rsatilishicha, gazeta reklamasi mijozlarga eng kam ta'sir
qiladigan reklama hisoblanadi, u ikki kundan to‘rt kungacha esda turadi. Bir
martalik gazetaga berilgan e'lon bu pulni shamolga uchirishdir.
Tadqiqotlarda ko‘rsatilishicha, ikki kunda bir, bir - ikki haftada bir marta
berilishi reklamaning ta'sirchanligini oshiradi. Reklama beruvchiga ko‘p xaridor
kerak, shuning uchun ham u o‘z e'tiborini nusxasi ko‘p gazetalarga qaratadi. Lekin
nusxasi ko‘p gazetalar faqat bir narsani, ya'ni reklama e'lonini ko‘p nusxada
chiqishini ta'minlaydi. Lekin bu e'lonlardan qancha mikdori potensial xaridorga
yetib borishi noanik.
Har qanday gazeta reklamasining ta'sirchanligi quyidagi parametrlar bilan
bog‘liq:
- Nusxa (adadi);
- tarqatish usullari;
- obuna;
- chakana sotish;
- aholi ko‘p joyda tekin tarqatish (magazin, vokzal, kinoteatr,
mehmonxonalarda, ko‘rgazmalarda);
- adres bilan firmalarga tarqatish;
- aholi yashaydigan uylardagi pochta qutilarga tekin tarqatish va h.k;
- tarqatish xududlari:
-tuman, shahar, shahar atrofi, bir nechta shaharlar, O‘zbekiston, yaqin MDX
davlatlari, chet el;
- tarqatish sifati, xususan doimiy yetkazib berish.
Bir xaridorni jalb etish haki reklama narxini jalb etilgan xaridorlar soniga
bo‘lingan holda aniqlanadi. Gazetada reklamaning ta'sirchanlik hajmi bu qancha
xaridorni jalb qilganligidadir. Ba'zan reklamaning ta'sirchanligini aniqlash uchun
o‘z raqobatchilarining reklama e'lonlarini sonini hisoblashni tavsiya etadi. Agar
gazetada raqobatchilarning reklama e'lonlari soni ko‘p bulsa, demak reklama
ta'sirchanligi reklama beruvchilar uchun yuqoridir. Reklamaning ta'sirchanligini
aniqlash uchun reklama beruvchi uchun shubhali ko‘rinadi, lekin reklamani ishlab
chiqaruvchilar uchun juda yetarli darajada samaralidir. Gazeta reklama e'lonlarini
tahlil qilish quyidagilarni ko‘rsatadi:
- Odatda e'lon to‘g‘ri burchak ostida gorizontal qatorda joylashadi;
- 58 % rangli;
- 57 % rasmlar va suratlar bilan;
- 14 % odamlarning tasviri bilan, bular yarmi fotosuratlar va fakat oz qismi yirik
planda;
- Shrift odatdagiday oddiy shriftda;
- Ko‘p hollarda qora fonda yorqin xarflardan foydalaniladi;
- 4 % axborot e'lonlari;
- 26 % moslashuv reklama e'lonlari;
- 9 % assotsiatsiya reklamalari;
- 5 % e'lon savollari bilan;
- 4 % abbriatura bilan (kiskartma xarflar bilan mn: TDMI)
- 7 % tekst muhrlari bilan ("faqat bizda", "betakror go‘zallik");
- 5 % qarama - qarshilik ta'sirchanligini qo‘llash ("past narxlar - katta
imkoniyatlar");
Reklama e'loni gazetadagi narxi nafaqat uning hajmi, balki qaerda
joylashganligiga ham bog‘liqdir. Gazetadagi ba'zi joylar e'tiborni ko‘proq o‘ziga
jalb etganligi uchun qimmatroqdir. Bular birinchi va oxirgi sahifalar, ya'ni u yerda
krossvordlar va har xil o‘qiladigan materiallar bosiladi. Gazeta sahifasining chap
tomoni yuqori qismi va sahifaning o‘ng tomoni yuqori qismi foydali hisoblanadi.
Psixologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, butun bir sahifada berilgan e'lon arzonroq
tushadi, chunki u ko‘proq esda qoladi.
1996 yil 24 - 25 dekabrda "reklama psixologiyasi" konferensiyasida N. A.
Astaxova shuni e'lon qildiki, har xil usullar bilan qo‘llanilgan uning tadqiqotlari
bo‘yicha, gazeta e'lonlarining ta'sirchanligi uning hajmiga bog‘liq emas, balki
reklama e'lonlarining iqtisodiy tomondan qabul qilinishi ancha yuqoridir.
Jurnaldagi reklama. Jurnallar – o‘quvchilarda o‘ziga yaqin munosabatni his
qildiradigan vositadir. O‘quvchi jurnaldagi reklamani o‘qir ekan, kayfiyatidagi
erkinlikka diqqatni jam qilib olish darajasi ham yuqori bo‘lishini kuzatamiz,
chunki o‘quvchi gazeta reklamasiga qaraganda jurnaldagi reklamani qiziqish bilan
o‘qiydi. Jurnaldagi reklama gazetadagi reklamaga nisbatan ancha farq qiladi.
Ma'lumki, insonlarning bir kompaniyani boshqasiga nisbatan afzal deb tanlashi
unga qattiq ishonganligidandir. Bunday ishonch asosini jurnaldagi reklama
yaratadi. Har doim ham jurnaldagi reklama xaridorlar ishonch asosi bo‘la olmaydi,
lekin asosiy rolni uynaydi. Jurnaldagi reklama haqiqatni asosli tasvirlaydi, bu
degani ishonch bilan tengdir. Agarda odamlar jurnalni ishonchli deb his etishsa,
unga ishonishsa, bu hislar reklama berayotgan kompaniyaga ham ishonch hosil
qiladi. Gazeta bilan solishtirganda jurnal uchun mijozlarni topish ancha osondir.
Bunga bir qator misollar keltirishimiz mumkin:
- birinchidan, u yoki bu guruhga bo‘lingan mijozlarni tematik bo‘limlarda
aniqlash mumkin;
- ikkinchidan, rang gammalarni qo‘llashda kengroq imkoniyatlar bor, ayniqsa
agar taklif etilayotgan narsalar, misol uchun, matolar, kiyimlar ranglar bilan
ko‘rsatiladi;
- uchinchidan, boshqa reklama vositalariga qaraganda uzun tekstlar uchun jurnal
ko‘proq to‘g‘ri keladi. Chunki, odamlar jurnallarni gazetaga o‘xshab yangilikni
bilish uchun emas, balki o‘qish uchun sotib olishadi.
Ishbilarmon jurnallarda joylashadigan reklamalar o‘z mahsuloti haqida
batafsil ma'lumot berishi kerak:
- aniq, qisqa va konkret ishlab chiqarish muammolarini va ularning xal
qiluvchi variantlarini o‘zida ko‘rsatish kerak. Mashhur jurnallarda xaridorlar
uchun reklama bunday bo‘lishi kerak:
- do‘stona va ishonchli bo‘lish kerak;
- mahsulot namoyishida ko‘proq og‘zaki gapirish usullaridan foydalaniladi.
Jurnal reklamasida fotosuratlar rasmlarga qaraganda ko‘proq, qo‘llaniladi.
Jurnallar ko‘proq imidjli reklamaga to‘g‘ri keladi.
Brashuralar aniq axborotni yetkazib beradigan vosita hisoblanadi.
Brashuralardan mijozlar ko‘proq foydali axborot olishga harakat qilishadi.
Radiodagi reklama. Reklamaning turlaridan biri bu radio reklamasidir. Radio
orqali turli mamlakatlardagi millionlab kishilar, telegraf va gazetasiz ham ayni bir
vaqtda eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ladilar. Radio tufayli kishilar necha
mint kilometr masofalardan turib bir-birlarining gapini xuddi yonma- yon bir uyda
turgandek yaxshi eshitadilar.
1895 yilda rus fizigi Popov A.S dunyoda birinchi bo‘lib, radiopriyomnikni
ixtiro qildi. Radio tinglovchilarning soni bexisob, radioto‘lqinlarga esa uzoq masofalar
hyech halal bermaydi. Shuning uchun ham radio ommaviy axborot va targ‘ibot
ishlarining asosiy vositalaridan biri bo‘lib qoldi. Radiokanalga televideniya kabi
ommaviy auditoriyaning kengligi xos. Farq qiladigan jihati televideniyaga nisbatan
kamchiqimligi (bu yerda tasvirdan foydalanilmasligi nazarda tutiladi) va shunga
qaramay televideniyadagidek ruhiy ta'siri kuchli.
Televideniyaning muxlisi ko‘p bo‘lganidek, radiokanallarning ham o‘ziga
yarasha muxlislari bor. Faqatgina televideniyadan farqi, bu tasvirning mavjud
emasligidir.
Radio- inson ongiga eshitish orqali ta'sir qiladigan ommaviy axborot vositasi
hisoblanadi. Eng avvalo radioda diktorning yoqimli ovozi, esda qolarli matn,
yaxshi va yoqimli kuylar orqali eng natijali reklamani tayyorlash mumkin. Radioni
kun mobaynida eshitishlari mumkin. Radioni uyda, oshxonada, korxonada^,
tashkilotlarda, transportda, hattoki, ko‘chada sayr qilib yurganda ham eshitishadi,
Shuning uchun reklama e'lonlarini radio dasturlarida joylashtirilsa uni
eshituvchilari yuqori foizni tashkil etadi. Radioda reklamani joylashtirish
televideniyada joylashtirishga qaraganda ancha arzonroq bo‘ladi. Inson radiodagi axborotni
ko‘rib emas, balki eshitish orkali 90% ma'lumotni o‘ziga qabul qiladi.
Radioda reklamani joylashtirishda har xil ovozlar bilan, stakanga bir bo‘lak
muzning tushishi, kulgu ovozi, qushlarning sayrashi va shunga o‘xshash ovozlar
ishlatish mumkin. Psixologlarning ta'kidlashicha, radio bu eshituvchi bilan axborot
beruvchi ko‘prikdir. Efir orqali bertiladigan axborot juda katta tezlik bilan yetib
boradi. Bunday tezligi jihatidan hyech qanday boshqa vositalar uning o‘rnini bosa
olmaydi.
Radiodagi
reklamaning
kuchi-
uning
qaytarilishida
va
qisqaligidadir. Radio ertalab ham, kunduzi ham, kechqurun ham o‘z eshituvchilarini
topadi.
Psixolog- reklamistlarning fikricha, eng ta'sirchan radioroliklar 30 soniyagacha davom
etishi kerak.
Tadqiqotda ko‘rsatilishicha, diktor qanchalik tez gapirsa va ko‘p so‘zlardan
foydalansa, shunchalik eshituvchi e'tibor bilan uni tinglar ekan..
Reklamani radioga berishdan oldin, oldin kaysi radiostansiyaga yoki radio dasturga
joylashtirish kerakligini aniqlab olish kerak.
Shuningdek, ovozli yozuvning sifati - diktorning ovozi, o‘qilayotgan matn,
musiqali fon, hamda musiqiy hamrohlik radio reklamaning sifatli bo‘lishini
ta'minlaydi. Bunga qo‘shimcha qilib, shuni aytish mumkinki, uzluksiz eshittirish
va musiqiy ta'sir tinglovchiga alohida ta'sir ko‘rsatadi. Radio oshxonada,
tashkilotlarda, avtomobillarda ham kun bo‘yi o‘chirilmasligi mumkin.
Ayniksa, musiqali kanallarda yangiliklar, hamda musiqa o‘rtasida
reklamalarni berish ahamiyatlidir. Odam reklamaga e'tibor bermagan holatda ham
uning qayta - qayta eshittirilishi oqibatida uning nomi va ma'lumotlar xotirasida
qoladi. Sifatli radioreklama radioda berilayotgan boshqa reklamalarga nisbatan
tinglovchi ongiga chuqurroq yetib boradi. Radioning asosiy roli tinglovchining
tasavvurini uyg‘otishdir. Radioning ulkan imkoniyati istalgan obrazni arzon
narxlarda tashkil qilishdir.
Radioreklamada o‘ziga jalb qilish uchun qo‘ng‘iroq yoki gudok ovozidan
yoki shovqin - suron fonini berishdan foydalaniladi, Radioreklamaning yaxshi
tayorlanishida ovozlarning yaxshi tanlanishi, reklama qilinayotgan mahsulot
turlarining ochib berilishini hamda tinglovchining xohishi bo‘yicha yo‘naltirilgan
tasavvurlar orqali berilishi yaxshi natija beradi. Bu stakanga muzning tushishi,
kulgu kabilar bo‘lishi mumkin. Koka-kola reklamasini misol keltirish mumkin.
Radio psixologlarining ta'kidlashicha, radio ko‘p vaqtini yolg‘iz
o‘tkazuvchilar uchun hamroh vositasidir.
Radio - bu fon. U o‘ziga ortiqcha e'tiborni talab qilmaydi. Inson shunchaki,
uning yonida o‘z ishi bilan mashg‘ul bo‘ladi. Radio reklama uchun tezkor
vositadir. Tinglovchi efirda uni berilgan kuniyoq eshitishi mumkin. Bunday
tezlikni boshqa hyech qaysi vositada ko‘rmaymiz. Radio reklamasining kuchi
uning qisqaligi va ketma - ket qaytarilishidadir. Bunday reklama tinglovchida
munosabat uyg‘otadi. Radioning ulkan imkoniyati shundaki, tinglovchi uni ertalab,
kunduzi va kechqurun ham eshitishi mumkin. Bu yerda an'anaviy prim - taym
tushunchasi aralash keladi. Televizorning ommaviy ko‘riladigan vaktidan (bu
kunning yarmidan) tashkari vaqtda radio tulqinlari samarali eshitiladi. Bu vaqtda
radio tinglovchilarining soni 3 - 5 marta ortadi.
Tabiiyki, radioreklamada yumor va hazildan foydalanish uning imkoniyatlarini
jiddiy oshirmokda.
Shuni esda saklash lozimki, tinglovchi boshqa kanallarga o‘tib ketmasligi,
uning diqqatini egallab va ushlab turish uchun sizda 3 soniya bor.
Shuni bilish muhimki, radiotinglovchilarga u yoki bu radioto‘lqinni tanlashda
knopkalarni bosish yokadi. Radiokonallarda bevosita reklama va bilvosita reklama
bo‘lishi mumkin.
Bilvosita reklama radiotinglovchida boshqa radiokonalga qaraganda faqat aniq
mana shu radiokanalga nisbatan shakllanadi.
Bu jarayonda didjeylar katta ahamiyatga egadir. Tushunarliki, u yoki bu
radiostansiyalarning qancha tinglovchilari ko‘p bulsa, reklama xabarlariga
xaridorlar shuncha ko‘p bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 25 dekabrda qabul qilingan
"Reklama
to‘g‘risida"gi
Konuni
13
moddasida
ko‘rsatilishicha,
teleradiotashkilotlar uchun reklamaga ajratilgan ko‘rsatuv (eshittirish) vaqti
ko‘rsatuvning har bir soatiga 10 % dan ortib ketmasligi kerak. 10 daqiqadan kam
davom etadigan teleko‘rsatuvlarga (radioeshitgirishlarga) umuman, 10 daqiqadan
ortiq davom etadigan teleko‘rsatuvlarga (radioeshittirishlarga) esa mualliflik
huquqi egasi bilan kelishmasdan turib reklamali axborot joylashtirilishi mumkin
emas. Teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarning boshlovchilari, diktorlari va
boshqa qatnashchilari reklama uchun ajratilgan vaqtdan tashqari paytda mahsulotni
atayin namoyish qilish yoki uning iste'mol xususiyatlarini bevosita va bilvosita
(kiyim, tashqi bezaklar, tasvir va shu kabilar yordamida) tavsiflash huquqiga ega
emas.
Televideniya va radio xodimlariga axborot niqobi ostida reklama bilan
shug‘ullanishi, ya'ni mahsulot ishlab chiqaruvchining rekvizitlarini, joylashgan
manzilni, telefon raqamini, mahsulotning tijorat belgilarini ko‘rsatish ta'qiqlanadi.
^^Hozir O‘zbekistonda RM-radiostansiyalari mashhurdir. Toshkentda 15 ta
shunday KM-radiostansiyalari mavjud. Shulardan 4 tasi davlat tashkilotlariga va 11 tasi
nodavlat tashkilotlariga qarashli radiostansiyalardir. Bu radiostansiyalarni
auditoriyaning yoshiga qarab ajratish mumkin. Masalan: radio Ogash va Terra
yoshlarga mo‘ljallangan ko‘ngilochar-musiqiy radiostansiyalar sirasiga kiradi. Bunday
radiostansiyalarni yoshi 30 gacha bo‘lgan eshituvchilar ko‘proq tinglaydi. Shuning
uchun ham, bu to‘lqinlarda faqattina eng yangi xit musiqalari g‘arb va sharq
ijrochilari tomonidan efirga uzatiladi. "Poytaxt", "Opa! RM" va "Oriyat dono"
radiostansiyalari o‘rta va katta yoshlardagi insonlarga mo‘ljallangan, chunki uning
dasturlari turli xil axborot dasturlari va intellektual shoulardan iborat. Masalan :
"Yoshlar"
va
"Exo
Dolina*'
radiostansiyalariniig
dasturlarida
ommaviy
radioeshitu
;
vchilarga, ya'ni kichik yoshdan to katta yoshdagi insonlarga mo‘ljallangan
eshittirishlar o‘rin olgan.
2002 yildan boshlab ayrim radiokompapiyalar efirlarini rus tili va o‘zbek
tiliga ajratishni boshlashdi. Hozirgi paytda Toshkentdagi 5 ta RM-stansiyalari,
bular: "2at1p","Poytaxt", "Oriyat dono', «O‘zbekiston" va "Mash'al "
radiostansiyalari o‘z ishlarini fakatgina o‘zbek tilida olib boradilar. Ona! RM va
Tegga RM stansiyalari rus tilida olib boriladi. RM-radiostansiyalarda
radioroliklarni joylashtirganda, masalan: efir o‘zbek tilida olib borilayotgan bulsa,
rus tilidagi reklama berilishi umuman noto‘g‘ri.
Hozirgi kunga kelib, reklamani joylashtirish uchun qimmat hisoblangan
radiostansiya bu "Exo Dolina". Davlat tashkilotiga qarashli bo‘lgan radiostansiyalarda
va "Navruz
»
radiosida reklamani arzon narxga joylashgirish mumkin. Reklamani
joylashtirishda to‘g‘ri tanlangan radiostansiya bu yarim yutuqdir, lekin bu xali
kafolat degani emas. "Exo Dolina" radiostansiyaning direktor o‘rinbosari Enver
Latibjanov shunday deydi: «Reklama roliklarlarini eshituvchiga yetkazib berishda
axborotninggina emas, balki tovushlarning samaradorligini oshirish va bu rolikning
efirga uzatilish muddati 30 soniyadan oshirmaslik kerak."
Efirda reklama roliklarini ertalab va kunduzi uy bekalari uchun, kechqurun-
yoshlar uchun, kechga tomon va dam olish kunlari-sportchilar uchun, yakshanba
kupi ertalab turistlar uchun, kechqurun soat 8 dan ishchilar uchun, kechqurun-
trapsportda ishlovchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.
Shunday savol kelib chiqadiki, radioda nimani reklama kilish mumkin? Bu
savolga radiostansiyalarda ishlovchilardan so‘ralganda, radioreklama har qanday
mahsulot uchun, har qanday xizmat turi uchun istalgan vaqtda berish mumkin ,
deb javob berishdi. Ba'zilari esa bunga umuman qarshi fikrni bildirishdi, ular yangi
do‘konlarning ochilishini e'lon kilinishi, aksiyalarning o‘tkazilishi,
ko‘rgazmalarning tashkil qilinishi to‘g‘risida yoki konsertning namoyish qilinishi
hakida reklama qo‘yilishi kerakligini aytishdi. Boshqa radiostansriyalardan
so‘ralganda, ular radioda ko‘prok texnikaga oid bo‘lgan mahsulotlarni va turistik
xizmatlar haqidagi reklamani joylashtirish kerakligini aytib o‘tishdi.
Shuni aytib o‘tish joizki, reklama beruvchi radioda reklamani o‘zi yoki
reklama agentliklari orqali amalga oshirishi mumkin.
Reklama agentligi- reklama tadbirlarini rejalashtirish, buyurtmalar
tayyorlash, ularni matbuot, radio, tslevideniyaga yetkazish, reklama filmlari,
videorolik va videokliplarni tayyorlash va prokatga berish kabi xizmatlarni
bajaruvchi muassasa. Taklif qilinayotgan xizmat hajmi- qisman yoki to‘la shaklda
faoliyat olib borish bo‘yicha tasniflanadi. Ko‘rsatilayotgan xizmatlar turi bo‘yicha
xalqaro, mintaqaviy va ichki reklama agentliklari ish olib boradi. O‘zbekistonda
bunday agentliklar XX asr oxirida paydo bo‘ldi va bugungi kunda ular o‘z faoliyat
doirasini kengaytirmokda. Hozirgi kunga kelib O‘zbekistonda 45 ta reklama
agentliklari, kompaniyalari radiostansiyaning efirdagi vaqtini ulgurji narxga sotib
olib, unga arzonroq narx (skidka) qilib tushirib beradi.
Reklama beruvchi oldindan mahsulotnint reklamasini radioga berish kerakmi yoki
yo‘qmi mustaqil ravishda xal qilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |