33
1-mavzu. Loyihalar tahlili bilan bog‘liq iqtisodiy konsepsiyalar
1. Investitsiya: mohiyati, asosiy turlari va tarkibi
Makro va mikro ko‘lamda iqtisodiyotni rivojlantiriShni investitsiyalarsiz tasavur
qilib bo‘lmaydi. Investitsiyalar korxonalarni rivojlantiriSh, mamlakatda iqtisodiy
o‘siShni ta’minlaShning boSh omillaridan biridir. Investitsiyalar deganda yangi iShlab
chiqariShlarni taShkil etiSh, iShlab turgan quvvatlarni saqlab turiSh va rivojlantiriSh,
iShlab chiqariShni texnik tayyorlaSh, foyda oliSh hamda (atrof-muhitni muhofaza qiliSh,
ijtimoiy rivojlaniSh kabi) boShqa yakuniy natijalar oliSh maqsadida turli dasturlar yoki
alohida tadbirga (loyiha)larga sarflanadigan mablag‘ tuShuniladi. Investitsiyalar o‘z
ichiga foyda (daromad) oliSh va ijtimoiy samaraga eriShiSh maqsadida tadbirkorlik va
boShqa faoliyat turlariga sarflangan pul mablag‘lari, Shuningdek, maqsadli bank
omonatlari, paylar, aksiyalar, boShqa qimmatbaho qoozlar, texnologiyalar, maShina va
uskunalar, litsenziyalar (Shu jumladan, tovar belgilari), kreditlar, har qanday boShqa
mulk va mulk huquqlarini hamda intelektual boyliklarni oladi.
Tijorat amaliyotida investitsiyalarning quyidagi uch Shakli o‘zaro farqlanadi:
fizik aktivlarga qilingan investitsiyalar;
pul aktivlariga qilingan investitsiyalar;
nomoddiy aktivlarga qilingan investitsiyalar.
Fizik aktivlar deganda asosiy iShlab chiqariSh vositalari,ya’ni iShlab chiqariSh
binolari va inShootlari hamda xizmat muddati bir yildan ortiq bo‘lgan har qanday
maShina va uskunalar tuShuniladi.
Pul aktivlari deganda boShqa jismoniy va yuridik Shaxslardan pul mablag‘larini
oliSh huquqi, masalan, bankdagi depozitlar, aksiyalar, obligatsiyalar va boShqalar
anglaShiladi.
Nomoddiy aktivlar xodimlarni qayta tayyorlaSh yoki malakasini oShiriSh
dasturlarini amalga oShiriSh, litsenziyalar sotib oliSh, savdo belgilarini iShlab chiqariSh
natijasida firma ega bo‘ladigan boyliklardir.
Dostları ilə paylaş: