Namangan davlat universiteti 70220301 – tarix (yo’nalishlar va faoliyat turi bo’yicha) magistratura mutaxassisligi 2-kurs talabasi Mashrapov Shahzod Homidjon o’g’lining 2022 – 2023- o`quv yili dekabr oyi uchun HISOBOTI
O`quv metodik ishlar: Men 2022-yil dekabr oyi davomida 70220301 – tarix (yo’nalishlar va faoliyat turi bo’yicha) magistratura mutaxassisligi o’quv rejasi va u asosida tuzilgan dars jadvali asosida – “O’zbekistonning XIX asr II yarmi – XX asr davri tarixi dolzarb masalalari” va “O’zbekistonda islohatlar strategiyasining nazariy masalalari” fanlarini universitetning yetakchi professor-oqituvchilari – prof. T.Fayzullayev, dots. R.Soliyev, PhD. H.Boymirzayevlar yordamida o’zlashtirilib borilmoqda. Bugungi kunga qadar ushbu fanlardan ma’ruza va seminar mashg’ulotlarini yakunlandik. Oraliq nazoratlarni topshirishga muvaffaq bo’ldik. Xozirda yakuniy nazoratlarga tayyorgarlik jarayonidamiz.
Ilmiy pedagogik ishlar: 70220301 – tarix (yo’nalishlar va faoliyat turi bo’yicha) magistratura mutaxassisligi o`quv rejasi va magistrning ish rejasi asosida dekabr’ oyi davomida tarix yo’nalishi 1-kurs talabalariga 2 ta juftlik (4 soat) seminar darslarini o’tdim (ilova qilinadi) va pedagogik tajriba oshirishga muvaffaq bo`ldim. Ushbu oyda belgilangan reja asosida “Magistratura talabasining ilmiy pedagogik va ilmiy tadqiqot ishlari faoliyati shahsiy ish rejasi”ni to’la yakunladim.
Ilmiy tadqiqot ishlari: Ilmiy rahbarim tarix fanlari nomzodi, dotsent Sh.Mahmudov rahbarligida “O’zbekiston Madrasalar tarixi: tarix va ta’lim” mavzusida magistrlik dissertatsiyasi ustida ilmiy-tadqiqot olib bormoqdaman. Bugungi kunga qadar magistrlik dissertatsiyamni 3 ta bobi, 5 ta paragrafini yozib tugatdim.
Bugungi kunga qadar magistrlik dissertatsiyamga oid 2 ta ilmiy maqolam Respublika miqyosidagi anjuman va to’plamlarda nashr qilindi:
1. “O’ZBEKISTONDA MADRASALAR TARIXI: Islomxo’ja madrasasi misolida”mavzusidagi ilmiy maqolam “НамДУ – Иқтидорли талабалар илмий ахборотномаси” ilmiy-tadqiqot jurnalining 2022-yil mart oyi 1-sonida nashr etildi.
2. “FARG’ONA VODIYSI TARIXIDA MADRASALARI: Namangan madrasalari misolida” mavzusidagi ilmiy maqolam “Farg’ona vodiysi tarixining dolzarb muammolari” nomli Respublika ilmiy-amaliy konfrensiyasida 2022-yil may oyida nashr etildi.
Ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlardagi ishtiroki: 2022-yil dekabr oyi davomida Namangan davlat universiteti va Namangan viloyati miqyoidagi bir qator jamoat ishlarida, turli ma`naviy tadbirlarda ishtirok etdim.
Magistr: Sh. Mashrapov