Byudjet ssudasi- qaytarish sharti bilan yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetga, shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalariga, rezident-yuridik shaxsga ajratiladigan pul mablag‘lari;
Byudjet so‘rovi- kelgusi davr uchun byudjetdan ajratiladigan mablag‘lami olishga bo‘lgan ehtiyojni asoslashni nazarda tutuvchi hujjat;
Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari- qonun hujjatlarida nazarda tutilgan manbalar hisobidan byudjet tashkiloti tasarrufiga kelib tushadigan mablag‘lar;
Byudjet tizimi byudjetlari- O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari;
Byudjetlararo transfertlar- O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga hamda buning aksicha o‘tkaziladigan, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlaming viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga hamda buning aksicha o‘tkaziladigan mablag‘lar;
Davlat byudjeti profitsiti- muayyan davrda O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti daromadlarining uning xarajatlaridan oshib ketishi;
Davlat byudjeti taqchilligi- muayyan davrda O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti xarajatlarining uning daromadlaridan oshib ketishi;
Davlat moliyaviy nazorati- byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida moliyaviy nazorat obyektlarining buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarini o‘rganish hamda taqqoslash;
Davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish- aktivlami jalb etish, bu bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi - rezidentlaming kreditlarini (qarzlarini) to‘lashga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga kelishi;