Namangan davlat universiteti "tasdiqlayman"


Byudjet sahosida vakillik va ijro hokimiyati davlat organlarining vakolatlari



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə33/84
tarix07.01.2024
ölçüsü0,99 Mb.
#210874
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   84
Modul Moliya

4. Byudjet sahosida vakillik va ijro hokimiyati davlat organlarining vakolatlari.
Byudjet jarayonlarini tashkil etish va uning ijrosini ta’minlashga qaratilgan byudjetga oid huquqiy munosabatlarni amalga oshirishda byudjet prinsiplariga rioya qilinishi byudjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanishga zamin yaratadi.
hisobvarag‘iga kiritiladi va ularning xarajatlarini to‘lash ushbu hisobvaraqdan amalga oshiriladi. Kassaning yagonolik prinsipi byujet huquqiy munosabatlarini tartibga solishda amaldagi yagona huquqiy bazaga tayanadi. Kassaning yagonalik prinsipi yagona byudjet klassifikatsiyasiga asoslanadi, mamlakatning konsolidatsiyalashtirilgan byudjetini tuzishda zarur bo`lgan statistik va byudjet ma’lumotlari uchun byudjet hujjatlari shakllari va pul tizimining yagonaligi orqali o‘zining mazmun-mohiyatini ifodalaydi.
Mustaqillik prinsipi - byudjet jarayonining amalga oshirishda byudjet jarayon ishtirokchilari uchun mustaqil bo‘lganligi bilan belgilanadi. Bunda byudjet jarayoni ishtirokchilari daromadlaming tartibga soluvchi huquqiy me’yorlaridan foydalanish yo‘nalishlarini mustaqil ravishda aniqlash huquqiga ega bo'ladilar.
Balans metodi prinsipi - byudjet daromadlari va xarajatlari o‘rtasida to‘g‘ri nisbatlar o‘rnatishiga xizmat qiladi. Balans metodiga rioya qilinishi byudjetning barqarorligini ta’minlashga olib keladi va bunda xo‘jalik sohalari o‘rtasida mablag‘lami taqsimlashda zaruriy proporsiyalarni ta’minlashi lozim bo‘ladi. Bu metodning muhim byudjet xarajatlarining daromadlarga muvofiqligini ta’minlash orqali moliyaviy rezervlarni yaratishni talab etadi. Bu prinsip davlat moliyaviy siyosatining bosh maqsadi hisoblanadi va byudjet taqchiligini oldini olishga xizmat qiladi.
Kodeksning 16-moddasiga binoan byudjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi prinsipi byudjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi prinsipi byudjet jarayonining har bir ishtirokchisi byudjet jarayonining har bir bosqichida o`z harakatlari uchun javobgar bo‘lishidan iboratdir. Byudjet jarayoni ishtirokchilarilarining javobgarligi qonun hujjatlarida belgilangan bo‘ladi. Byudjet jarayoni har bir ishtirokchilari byudjet jarayonining har bir bosqichida ularning zimmalariga qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarni belgilangan tartibda amalga oshirmagan taqdirda byudjet ishtirokchilarining javobgarligi yuzaga keladi.
Kodeksning 17-moddasiga muvofiq ochiqlik prinsipi: - davlat byudjetini va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarini
ko‘rib chiqish hamda qabul qilish tartib-taomillarining jamiyat va ommaviy axborot vositalari uchun ochiqligini; tasdiqlangan Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari to‘g‘risidagi axborotning ommaviy axborot vositalarida va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinishini (chop etilishini);
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari ijrosining borishi to‘g‘risidagi axborot ommaviy axborot vositalarida chop etilishini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtirilishi va yangilab borilishini anglatadi.
Umumiy qoidaga muvofiq byudjet jarayoni ishtirokchilari quyidagilar hisoblanadi:

  • Mamlakat Prezidenti va qonunchilik (vakilik) hokimiyat organlari;

  • Ijroiya hokimiyat organlari (mamlakat subyektlarining yuqori mansabdor shaxslari, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari rahbarlari, moliya organlari, byudjet daromadlarini undirish bilan shug‘ullanadigan organlar va boshqa vakolatli organlar);

  • Pul-kredit tizimini tartibga solish organlari;

  • Davlat va mahalliy nazorat organlari;

  • Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalari;

  • Byudjet mablag‘larini Bosh taqsimlovchilar, taqsimlovchilar va boshqalar.

“O‘zbekiston Respublikasining Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonunining 3-moddasida parlament nazorati subyektlari quyidagilardan iborat ekanligi belgilab qo‘yilgan:

  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati;

  • Qonunchilik palatasining, Senatning qo'mitalari, komissiyalari;

  • Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fiaksiyalari, deputatlar guruhlari;

  • Senat a’zolari;

  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman).

Ushbu Qonunning 4-moddasiga asosan quyidagilar: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining hamda ular mansabdor shaxslarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining (bundan buyon matnda Oliy Majlis palatalari deb yuritiladi) va ular organlarining qarorlarini, davlat dasturlarini ijro etish, shuningdek o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalami amalga oshirish bo‘yicha faoliyati parlament nazorati obyektidir.
Mazkur moddaning ikkinchi qismi bilan tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlaming, surishtiruv va tergov organlarining, sudlarning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarni, shuningdek ijro ishi yuritish hamda notarial ish yuritishning muayyan materiallarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq faoliyat parlament nazoratining obyekti bo‘lishi mumkin emasligi belgilangan.
Parlament nazorati shakllari “O‘zbekiston Respublikasining Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonunining 5-moddasiga asosan quyidagilardan iborat:

  • navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetini, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlarini hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini qabul qilish, shuningdek Davlat byudjeti ijrosining borishini ko‘rib chiqish;

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi ma’ruzasini ko‘rib chiqish;

  • O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakat ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitish;

  • Qonunchilik palatasi, Senat majlislarida hukumat a’zolarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish;

  • O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini eshitish;

  • O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobotini eshitish;

  • O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining hisobotini eshitish;

  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotini eshitish;

  • parlament so‘rovi;

  • Qonunchilik palatasi deputatining, Senat a’zosining so‘rovi;

  • Qonunchilik palatasi, Senat qo‘mitalari tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish;

  • qonun hujjatlarining ijrosi holatini, huquqni qo‘llash amaliyotini Qonunchilik palatasining, Senatning qo‘mitalari tomonidan o‘rganish va qonun osti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan ular tomonidan monitoringni amalga oshirish;

  • parlament tekshiruvi.

  • Parlament nazorati qonunga muvofiq boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.

Davlat byudjeti loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqilayotganda u fraksiyalaming, deputatlar guruhlarining, Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining kelib tushgan mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda maromiga yetkazish uchun Vazirlar Mahkamasiga yuborilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjeti loyihasini maromiga yetkazadi va uni Qonunchilik palatasi qayta ko'rib chiqishi uchun kiritadi.
Davlat byudjetining loyihasi bo‘yicha qaror Qonunchilik palatasi tomonidan joriy yilning 15-noyabridan kechiktirmay qabul qilinishi kerak.
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan Davlat byudjeti ko‘rib chiqish uchun Senatga yuboriladi.
Senatga kelib tushgan Davlat byudjeti Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqiladi.
Davlat byudjeti yuzasidan qaror Senat tomonidan joriy yilning 15-dekabridan kechiktirmay qabul qilinishi kerak.
Qonnunning 8-moddasiga asoslangan holda Vazirlar Mahkamasining o‘tgan yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va navbatdagi yil uchun nazarda tutilgan asosiy ustuvorliklar to‘g‘risidagi har yilgi ma’ruzasi Bosh vazir tomonidan Oliy Majlis palatalariga taqdim etiladi.
Fraksiyalar, deputatlar guruhlari, Oliy Majlis palatalarining qo‘mitalari Vazirlar Mahkamasining har yilgi ma’ruzasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqadi hamda fikrlar va takliflami ishlab chiqadi, fikrlar va takliflar Qonunchilik palatasining, Senatning majlisida majburiy ravishda hamda har tomonlama muhokama qilinishi kerak.
Vazirlar Mahkamasining har yilgi ma’ruzasini ko‘rib chiqish yakunlari bo'yicha Qonunchilik palatasi, Senat qaror qabul qiladi, unda hukumatning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim masalalarini hal etishga doir faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar bo`lishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining har yilgi ma’ruzasini ко‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha qabul qilingan Qonunchilik palatasining, Senatning qarori Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
Ushbu Qonnunning 9-moddasida o‘rnatiigan huquqiy tartibga asosan Qonunchilik palatasi, Senat zarur bo‘lgan hollarda o‘z majlislarida Bosh vazirning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitishi mumkin.
Mazkur Qonnunning 11-moddasiga asosan Qonunchilik palatasi har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay o‘z majlisida Hisob palatasining hisobotini eshitadi.
Hisob palatasining hisoboti dastlabki tarzda fraksiyalar, deputatlar guruhlari, shuningdek Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Hisob palatasining hisobotini eshitish yakunlari bo'yicha Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida Hisob palatasiga va Senatga yuboriladi.
Senat har yili o‘z majlisida Hisob palatasining hisobotini mazkur masala yuzasidan Qonunchilik palatasining qarori Senatga kelib tushganidan keyin eshitadi.
Hisob palatasining hisobotini eshitish yakunlari bo‘yicha Senat qaror qabul qiladi, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida Hisob palatasiga va Qonunchilik palatasiga yuboriladi.
Parlament so‘roviga yozma javob Qonunchilik palatasining, Senatning majlisida raislik qiluvchi tomonidan o‘qib eshittiriladi. Yozma javobning nusxalari tegishli palataning majlisida o‘qib eshittirilguniga qadar oldindan Qonunchilik palatasi deputatlariga, Senat a’zolariga yuboriladi.
Mamlakat moliya tizimi va uning tarkibiy qismi hisoblangan byudjet tizimining mustahkamlanishida sug‘urtaga oid qonunchilikni takomillashtirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat moliyasi asosida davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan juda katta hajmdagi loyihalar hamda bir nechta davlat va tijorat banklari ishtirokidagi banklar kreditlari hisobiga amalga oshirilayotgan loyihalami oldindan sug‘urtalash ushbu loyihalaming ishga tushirilishi hamda samarali faoliyat ko‘rsatishiga xizmat qiladi.
«Sug’urta muayyan qiyinchiliklar yuzaga kelgan taqdirda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga xavf solishi mumkin bo‘lgan salbiy iqtisodiy oqibatlarni engillashtirish yoki ularni oldini olish maqsadini ko‘zlaydi» Shu sababli ham jahon iqtisodiyotida sug‘urta investorlaming o‘ziga jalb qiluvchi sohalardan biri hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda sug‘urtaning strategik ahamiyati shuni bilan belgilanganki, sug‘urta kutilmagan tabiiy, texnogen va boshqa favqulotda hodisalar yuz bergan hollarda buzilgan mulkiy manfaatlami tiklashni kafolatlaydi, davlat moliyasining iqtisodiy jihatdan mustahkamlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ijtimoiy bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda (AQSH, Yaponiya, Yevropa davlatlari va boshqalarda) sug‘urta iqtisodiyotning barqaror hamda jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri hisoblanadi.
Sug‘urta tizimi noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan hodisalar va hatti-harakatlardan odamlaming o‘zini - o‘zi himoya qilish usuli tarzida vujudga kelgan. Davlat yuridik va jismoniy shaxslaming manfaatlarini hisobga olgan holda bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida tadbirkorlik subyektlari va boshqa subyektlarga xo‘jalik faoliyatlarini tashkil etish va yuritishda ularga teng sharoitlami yaratish maqsadida xo‘jalik faoliyatini sug‘urta qilish masalalariga davlat tomonidan katta e’tibor berilmoqda.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin