3.Valyutani tartibga solishning huquqiy asoslari O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng o’zining milliy valyutasini "SO’M"ni joriy etdi va xorij valyutasi ishtirokida operatsiyalarni mustaqil ravishda amalga oshira boshladi. Tabiiyki, valyutaning o’zi nima degan savol tug’iladi? Valyuta tushunchasi ikki ma’noda ishlatiladi, ya’ni: birinchidan, valyuta davlatning pul birligi hisoblanadi; ikkinchidan, valyuta xorij davlatlarining pul birligi, shuningdek xalqaro hisob-kitoblarda qo’llaniladigan va xorij pul birligida ifodalangan kredit va to’lov hujjatlari hisoblanadi.Moliyada, shuningdek moliya huquqida "valyuta" tushunchasi ko’pincha ikkinchi (xorij davlatlarining pul birligi) ma’nosida ishlatiladi.Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda valyutani ichki va tashqi valyutaga bo’lishimiz mumkin. Ichki va tashqi valyuta o’rtasidagi farqni ochib berish uchun:
a) bitta davlat hududida foydalaniladigan va konvertatsiya qilinmaydigan valyuta;
b) xorij valyutasiga almashtiriladigan va xalqaro bozorda to’lov vositasi hisoblanadigan konvertatsiya qilina-digan valyuta;
v) tashqi valyuta operatsiyalarida va ba’zi bir sub’yekt-lar o’rtasida qisman foydalaniladigan valyuta qo’llaniladi.
O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 7 mayda qabul qilingan "Valyutani tartibga solish to’g’risida"gi qonunida ilk bor "valyuta" haqida tushuncha berildi. Mazkur qonunning 1-moddasiga binoan O’zbekiston Res-publikasining pul birligi "SO’M" hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasida yagona qonuniy to’lov vositasi bo’lgan O’zbekiston Respublikasi pul birligining xarid qobi-liyatini mustahkamlashga qaratilgan yagona pul-kredit siyosati o’tkaziladi. O’zbekiston Respublikasining valyutasi - bu:muomilada bo’lgan, shuningdek muomiladan chiqa-rilgan yoki chiqariladigan, lekin tegishli banknotlar va tangalar bilan almashtiriladigan so’m hisoblanadi;O’zbekiston Respublikasi banklaridagi hisob rakamlarda saqlanadigan pul mablag’lari hisoblanadi;O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bank va kredit muassasalaridagi hisob rakamlarda saqla-nadigan pul mablag’lari. Bu O’zbekiston Respublikasi Hukumati va O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining xorij davlatlari tegishli organi bilan, mazkur xorij davlatida O’zbekiston Respublikasi valyutasining qonuniy pul vositasi sifatida foydalanish to’g’risidagi shartnomasi asosida amalga oshiriladi.Bundan tashqari mazkur qonunning 1-moddasida valyuta boyliklariga ta’rif berilgan bo’lib, ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
a) xorij valyutasi - bu tegishli ajnabiy davlatda muomilada bo’lgan va qonuniy to’lov vositasi hisoblangan banknot ko’rinishidagi xorij pul belgilari, shuningdek muomiladan chiqarilgan yoki chiqarilayotgan, ammo O’zbekiston Respublikasi pul belgilariga almashtirilishi lozim bo’lgan xorij pul belgilari; schyotlarda va omonatlarda bo’lgan xorijiy davlatlarning pul birliklaridagi mablag’lardir;
b) xorij valyutasidagi qimmatli qog’ozlar-jamg’arma boyliklari (aksiyalar, obligatsiyalar va boshqalar);
v) xorij valyutasidagi to’lov hujjatlari (cheklar, veksellar, akkreditivlar va boshqalar);
g) qimmatbaxo metallar har qanday ko’rinish va holatdagi oltin, kumush, platina hamda platina guruhiga kiruvchi metallar;
d) tabiiy qimmatbaho toshlar-sayqal berilgan va sayqal berilmagan shakldagi olmos, la’l, zumrad, yoqut va boshqalar.
Valyuta kursi deganda ikki yoki undan ortiq davlatlar valyutasining o’zaro nisbati tushuniladi. Valyuta kursi, odatda, valyuta bozoridagi valyutaga bo’lgan talab va taklif asosida joriy etiladi. Lekin valyuta kursi davlat tomonidan bir tomonlama tartibda joriy etilishi ham mumkin. "Valyutani tartibga solish to’g’risida"gi qonunning 4-moddasiga binoan xorij valyutasining O’zbekiston Respublikasi pul birligiga nisbatan kursini aniqlash tartibi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.