Tartibga soluvchi daromadlar- byudjet tizimi byudjetlari o‘rtasida ajratmalar normativlari belgilanadigan umiundavlat soliqlari va boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek soliq bo‘lmagan to‘lovlar. Soliq bo‘lmagan to‘lovlarga byudjet tizimi byudjetlariga kelib tushadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘lmagan to‘lovlar kiradi;
Xarajatlar moddasi byudjet tizimi byudjetlari xarajatlarini iqtisodiy yo‘nalishi va to‘lovlaming aniq turlari bo'yicha belgilovchi byudjet tasnifining bir qismi;
Xarajatlar smetasi- byudjet tashkiloti yoki byudjet mablag‘lari oluvchi tomonidan moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan, uning uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag'lar xarajatlar moddalari bo‘yicha aks ettiriladigan hujjat;
Shtat jadvali- doimiy xodimlar lavozimlari va bo‘sh o‘rinlar nomlarining soni va lavozim maoshlarining miqdorlari ko‘rsatilgan ro‘yxatni o‘z ichiga oladigan, byudjet tashkiloti tomonidan tuziladigan hujjat;
Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari- O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida ochiladigan, byudjet tizimi byudjetlari ijrosi bilan bog‘liq operatsiyalami aks ettirish uchun mo‘ljallangan tahliliy hisob registrlari;
Yuridik majburiyatlar- tuzilgan shartnomalar, shuningdek tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qarorlari asosida byudjet tashkilotlarida va byudjetdan mablag1 oluvchilarda yuzaga keladigan majburiyatlar;
O‘tkazib beriladigan daromadlar- tegishli ma’muriy - hududiy birlikda shakllanadigan va yuqori turuvchi byudjetga o‘tkaziladigan, ular qaerda shakllangan bo‘lsa, keyinchalik o‘sha ma’muriy-hududiy birlik byudjetiga o‘tkazib beriladigan daromadlar;
2. Byudjet tuzilishi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti (Davlat byudjeti) - davlatning davlat vazifalari va funksiyalarini moliyaviy jihatdan ta’minlash uchun mo‘ljallangan markazlashdrilgan pul jamg‘armasi;