Namangan davlat universiteti tibbiyot fakulteti


Periferik endokrin sistemasi a’zolari



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə69/75
tarix21.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#188247
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   75
Мажмуа GISTOLOGIYA, SITOLOGIYA, EMBRIOLOGIYA (1)

Periferik endokrin sistemasi a’zolari
1. Qalqonsimon bez:
1) Embrional taraqqiyoti. Manbai: I va II juft jabra cho‘ntagi orasidagi yutqin devoridan. Epiteliy tasma shakllanadi, unga biriktiruvchi to‘qima va qon tomirlar o‘sib kiradi. Ikkinchi taraqqiyot manbai - ultimobranxial tana – IV yutqin cho‘ntagining hosilasi. Uchinchi tarqqiyot manbai esa – nerv qirrasi, undan S-hujayralar rivojlanadi
2) Tuzilishi – bo‘lakchali. Kapsula va bo‘lakchalararo to‘siqqa ega. Bo‘lakchalarda ko‘p sonli follikullar mavjud, ularning orasidagi siyrak tolali biriktiruvchi to‘qimada interfollikulyar epiteliy hujayralari, qon tomirlar va nerv tolalari bor. Follikul – struktur-funksional birlik, bir qavatli endokrin hujayralardan – tireotsitlardan hosil bo‘lgan. Follikulda saqlanadigan modda – kolloid, uning tarkibi – tireoglobulin bo‘lib, tiroksin va triyodtironin gormonlarining boshlang‘ich ko‘rinishi hisoblanadi.
Tireotsitlarning ultrastrukturasi, uning gormonlari – triyodtironin va tetrayodtironin (tiroksin). Tireotsitlarning sekretor sikli. Tireotsitlarning turli funksional faolligidagi to‘zilishi. Gipofizning tireotrop gormoni yordamida tireotsitlar faoliyatining boshqarilishi.
Parafollikulyar hujayralar (kalsitoninotsitlar, S-hujayralar), ularning lokalizatsiyasi, vazifasi. Kalsitonin gormoni – kalsiy miqdorini boshqarib turadi, gipofizga bog‘liq emas. Bundan tashqari S-hujayralar somatostatin, R-modda, tiroliberin va boshqa bir qator moddalar sintezlaydi.
3) Vaskulyarizatsiyasi – yuqori va pastki qalqonsimon bez arteriyalari. Innervatsiyasi – simpatik bo‘yin tuguni, n. vagus.
2. Qalqonsimon oldi bezi.
Polipeptid paratgormon ishlab chiqaradi (kalsiy miqdorini boshqaradi). Lokalizatsiyasi: qalqonsimon bezning orqa yuzasida kapsula ostida – 2 juft. Taraqqiyoti: III va IV jabra cho‘ntagidan (prexordal plastinkadan).
To‘zilishi: zich biriktiruvchi to‘qimali yupqa kapsula bilan qoplangan, to‘siqlar bilan ajralgan bo‘lakchalardan iborat. Parenxima: epitelial endokrin hujayralarning anastomozlangan tasmalardan yoki kompakt to‘plamlardan hosil bo‘lgan. Endokrin hujayralarining turlari: 1) bosh hujayralar (to‘q va och), 2) oksifil hujayralar.
Faol hujayralar – bosh hujayralardir. To‘q va och hujayralar donachalarining, donador EPT, mitoxondriya va glikogenning miqdori, interdigitatsiyalarining bo‘lishi bilan farq qiladi. Oksifil hujayralarda mitoxondriya juda ko‘p bo‘ladi. Bosh va oksifil hujayralar ba’zida follikullar hosil qiladi.
Stroma – bo‘lakchalararo to‘siqlar (zich biriktiruvchi to‘qimali) va endokrin hujayralar tasmalari orasidan siyrak biriktiruvchi to‘qimali yupqa qatlamdan iborat, ular ko‘p miqdorda qon kapillyarlariga ega va yog‘ to‘qimalari ham uchraydi.
Gistofiziologiyasi - bosh hujayralarning sekretor sikli. Xom ashyolarning o‘tishi (aminokislotalar), progormonning sintezi, gormonga aylanishi, donachalar xolida yig‘ilishi va sekretsiyasi.Teskari bog‘lanish prinsipi bo‘yicha boshqarilishi: qondagi Sa++ miqdori kamayishi paratgormon ajralishini stimullaydi, u osteoklastlar faolligini oshiradi, suyakdan Sa++ ajralishini kuchaytiradi, buyrak kanalchalarida Sa++ ning reabsorbsiyasini stimullaydi, siydik bilan ekskretsiya bo‘lishini pasaytiradi, bundan tashqari fosfatlarning reabsorbsiyasini kamaytiradi, ichak orqali Sa++ ning so‘rilishini kuchaytiradi. Paratirindan tashqari gastrin va pankreatik polipeptid (RR) ishlab chiqariladi.



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin