Fan bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakaga qo‘yiladigan talablar
Sotsiologiya o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- sotsiologiyani mustaqil fan sifatida shakllanishi omillari, uning tadqiqot ob’ekti va predmeti, strukturasi va fanlar tizimidagi o‘rni, jamiyatni yaxlit ijtimoiy tizimligi, shaxs va jamiyat muiosabatlari, ijtimoiy hayotning dolzarb muammolari, jamiyat a’zolarining shaxsiy va ijtimoiy faolligini muvofiqlashtiradigan sotsial institutlar faoliyati haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
- sotsiologiya fanining turli yo‘nalishlardagn nazariy-metodologik asoslari, fanning asosiy tushuncha, kategoriyalari va qonunlari, shaxs va uning ijtimoiylashuv jarayoni, sotsial guruhlar tasnifi, jamiyat a’zolarining ijtimoiy mavqesi, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ma’lum bir qonuniyatlar asosida kechishi, jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy jarayonlarning o‘zaro bog‘liqlikda ekanligini yaxlit idrok etishi hamda jamiyat rivojining asosiy omillari ni tasniflay olishni bilishi va ulardan foydalana olishi;
- turli ijtimoiy-madaniy xususiyatda kechayotgan xodisalarni xolis qiyosiy taqqoslash, zamonaviy jamiyatdagi mavjud ijtimoiy muammolardan ustuvorlarini aniqlash va ularni ob’ektiv taxlil qilish, muayyan xodisa va voqealarga kishilarning shaxsiy munosabatlarini o‘rganishga qaratilgan empirik tadqiqotlarda ishtirok etish, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy sohalarda o‘tkazilgan amaliy sotsiologik tadqiqotlar natijalaridan foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |