Marketing konsepsiyasini olib borish uchun marketing funktsiyalarini amalga oshirish orqali hal etiladi. Marketing funktsiyalari 6 ta guruhga bo’linadi:
1. marketing tadqiqotlari;
2. mahsulot assortimenti ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish;
3. sotish va taqsimot funktsiyasi;
4. tovarni siljitish;
5. narxni tashqil etish funktsiyasi;
6. marketing - menedjment funktsiyasi.
Marketing tadqiqotlari funktsiyasida xalqaro bozorni tahlil etish; sotish bozorini tadqiq etish; iste’molchi ehtiyojlarini tadqiq etish; marketing o’eratsiyalarini o’rganish; axborot to’plash va qayta ishlash; marketing-miks kompleksini tadqiq qilish; raqobatlarni o’rganish; benchmarketing; talabni va sotishni bashorat qilish va boshqalar o’rganiladi.
Tahliliy funktsiyada tashqi muhit omillari, bozor, uning elementlari va holati, iste’molchilar, bozorni tuzilishi, tovar va tovarni tuzilishi, Shuningdek firmaning ichki muhiti tahlil qilinadi. Bunda firma rahbariyati tomonidan nazorat qilinadigan omillar -texnologik jarayon, moliya ahvoli, tashqiliy tuzilish, bozorni tanlash va boshqalar hisobga olinadi.
Tashqi muhit omillariga iste’molchilar, raqobat xukumat, iqtisodiyot, texnologiya, mustaqil ommaviy axborot vositalari kabi nazorat qilinmaydigan omillar kiradi.
Mahsulot yaratish funktsiyasi orqali marketing faoliyatida yangi mahsulotlarni yaratish, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashqil etish, ishlab chiqarish sohasida tovar raqobatdoshligi va sifatni boshqarish, Shuningdek tovar siyosatini ishlab chiqish masalalari hal etiladi.
Sotish funktsiyasi orqali tovarni taksimlash va sotish siyostaini ishlab chiqish, sado-taksimot tarmogi orqali sotuvni tashqil etish, yuk tashishni va omborga jaylashtirishni tashqil etish, tovar oborotini aniklash, taksimot tizimini fizik okimlarini nazorat qilish va sotishni tahlil etish urganiladi.
Tovarni siljitish funktsiyasi natijasida sotishni rag’batlantirish va reklama siyosatini ishlab chiqish; sotishni rag’batlantirishning samarali instrumentlarini asoslash; tovarni siljitish to’g’risida mulg’timedia texnologiyalarini asoslash; ichki firma reklamasini tashqil etish; sotuv ishlarini rag’batlantirish; pablik rileyshnzni tashqil qilish va boshqalar to’liq o’rganiladi.
Narxni tashqil etish funktsiyasi orqali narxni shakllanish strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish; sotuvni har bir bozori uchun har bir mahsulot uchun yashash davrini turli bosqichlarida narx matritsasini tuzish; joriy narxlar o’zgarishi mexanizmini tuzish; raqobatchi narxini tahlil qilish; yangi mahsulot uchun narx belgilash kabilar hal etiladi.
Marketing-menedjment funktsiyasi esa marketingni boshqarishni tashqil etish; nazorat qilish, marketing xizmatini tashqiliy tuzilishini ishlab chiqish, marketing faoliyati tizimida boshqaruv qarorlarini optimallashtirish, audit, marketing xizmati faoliyati samaradorligini baholash kabilarni o’rganadi.
Marketing funktsiyalari firmani boshqa funktsiyalari, ya’ni ishlab chiqarish, kadrlar, moddiy texnika ta’minoti, moliyaviy, buxgalteriya hisobi funktsiyalari bilan birga amalga oshiriladi.
Marketing funktsiyasini firmani boshqa funktsiyalaridan farqi shundan iboratki, marketing funktsiyasi firmalar, uning iste’molchilari, mijozlari o’rtasida ayirboshlash jarayonini amalga oshirish va tashqil etishga qaratilgandir. Shuning uchun ham marketing funktsiyasi doimo o’zgarib boradigan ehtiyojdagi talabni shakllanishi va yaratilishi, rivojlanishida javobgarlikka egadir.