6-Jadval
«Tovar-bozor» matritsasi
Tovarlar
|
Bozorlar
|
Joriy
|
Yangi
|
Joriy
|
Bozorga chuqurroq kirib borish strategiyasi
Sotishni jadallashtirish
Yangi xaridorlarni qidirish
Raqobatchilarni sindirish
Tovarni iste’mol sohasini kengayishi
|
Bozorni rivojlantirish strategiyasi
|
Yangi
|
Tovarni rivojlantirish
|
Diversifikatsiya
Gorizontal
Vertikal
Kontsentrik
|
Manba: Bagiev G.L. i dr. Marketing, M.:’iter, 2005
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, firmaning afzalligini o’sish manbalarini uzashtirishning 4 ta asosiy strategiyalari bo’lishi mumkin:
1.bozorga chuqurroq kirib borish strategiyasi;
2.tovarni takomillashtirish strategiyasi;
3.bozorni rivojlantirish strategiyasi;
4.diversifikatsiya.
Diversifikatsiyani 3 ta turi mavjud: gorizontal, vertikal va kontsentrik.
Gorizontal diversifikatsiya deganda ilgarigi tovralarga o’xshash ishlab chiqarish, texnik, ta’minot va sotish sharoitlariga yaqin bo’lgan tovarlarni ishlab chiqarish tushuniladi.
Vertikal diversifikatsiya esa ilgarigi tovar ishlab chiqarishni sotuv yo’nalishi sifatida ham tovar dasturini chuqurligini o’stirishni anglatadi. Masalan, go’sht mahsulotlarini sotuvchi maxsus do’kon mol yetishtirishni va selektsiya bo’yicha ishlab chiqarishni qo’llab-quvvatlaydi.
Kontsentrik diversifikatsiya korxona uchun yangi tovarni ishlab chiqarishni ko’zda tutadi.
Yangi tovarlarni ishlab chiqish va qo’llash innovatsiya siyosatining tamoyil va uslublariga, xususan, tovar innovatsiyasi jarayoniga mos holda amalga oshiriladi.
Tovar innovatsiyasi jarayoni 6 bosqichni o’z ichiga oladi:
yangi tovar haqida g’oyani qidirish;
g’oyani tanlash;
yangi tovar g’oyasini tijoratlaShuvini iqtisodiy tahlili;
tovarni ishlab chiqish;
bozor sharoitida uni tajribadan o’tkazish;
tovarni bozorga qo’llash.
Tovar innovatsiyasi jarayoni yangi tovar haqida g’oyani qidirish bilan boshlanadi. Yangi tovar g’oyani qidirishni asosi bo’lib tovar haqidagi ichki va tashqi g’oyalar manbai hisoblanadi.
Tashqi tovar haqidagi g’oyalar manbaiga: savdo korxonalari, xaridor va iste’molchilar, raqobatchilar, yarmarka va ko’rgazmalar, tadqiqot institutlari, ta’minotchilar, vazirliklar va boshqa davlat institutlari kiradi.
Tovar haqidagi ichki g’oyalar manbaiga: marketing tadqiqotlari bo’limi, ishlab chiqarish bo’limi, marketing bo’limini barcha qismlari, xalqaro iqtisodiy hamkorlik bo’limi, tovarni tayyorlash bo’limi kiradi.
Tovar innovatsiyasi jarayoni bosqichlari o’z mazmuniga ko’ra yangi tovarni rejalashtirish jarayonini ifodalaydi.
Yangi tovarni rejalashtirishning vazifasi muqobil variantlarni qidirish va ishlab chiqishdan iboratdir.
Yangi tovarni rejalashtirish uchun turli uslublar qo’llaniladi. Yangi tovar haqida g’oyani baholashda bozorni tadqiq qilish va ijodiy uslublardan foydalaniladi.
Iqtisodiy tahlil bosqichida foydani solishtirish, zararsizlikni baholash uslubi, xavf-xatar tahlili uslublaridan foydalaniladi.
Tovarni ishlab chiqish bosqichlarida tovar ishlab chiqish uslublari, tovar markasini ishlab chiqish texnikasi uslublari, xarajatlarni hisoblash uslublari ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |