Namangan davlat untversiteti



Yüklə 396,23 Kb.
səhifə19/77
tarix12.09.2023
ölçüsü396,23 Kb.
#142922
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   77
Узбекистон республикаси олий ва урта-fayllar.org

Tayanch iboralar
Marketing funktsiyalari, Marketing vazifalari, Talabning holatiga ko’ra marketing turlari, Marketing tamoyillari, Konversion marketing, Rag’batlantiruvchi marketing, Rivojlanuvchi marketing, qo’llab-quvvatlovchi marketing, Sinxro marketing.

Nazorat va mulohaza uchun savollar

1. Marketing asosiy tamoyillari nimadan iborat?


2. Marketingni asosiy vazifalari kanday?
3. Marketingni funktsiyalarini tushuntirib bering.
4. Talabning holatiga ko’ra va bozorni rivojlanishiga ko’ra marketingni qanday turlarini bilasiz?
5. Sinxromarketingni mazmunini tushuntirib bering.
6. Rag’batlantiruvchi va rivojlanuvchi marketingni farqini tushuntirib bering.
7. Bozorni o’rganish va bozorga ta’sir etish deganda nimani tushunasiz.
8. Konversion marketing va demarketing o’rtasidagi farqlarni tushuntirib bering.
3-Mavzu: MARKETING MUHITI
1. Marketing tizimi haqida tushuncha va tarmoq marketinglari.
2. Makromarketing va mikromarketing.
3. Marketingni boshqarish jarayoni.
4. Marketingni tashqi va ichki sohasi, ularni o’zaro bog’liqligi. Korxonalarda marketing xizmatini tashqil etish.

1. Marketing tizimi haqida tushuncha va tarmoq marketinglari
Marketing tizimi - bu quyilgan maqsadlarga erishish va maqsadli bozor talabini qondirish uchun marketing qismlarining aniq birikuvidir. Tarkib o’zida to’rtta asosiy qism - mahsulot yoki xizmat, taqsimot (sotish, o’tkazish, narxlarni) birlashtiradi.
Tovar va xizmatlarni olganda bozorga nima tavsiya etilishi sifat darajasi, sotish hajmi, kompaniyaning innovatsion darajasi, o’lchovning holati, alohida Shartlar tadqiqotlarning hajmi va muddatlari mavjud mahsulotni sotishni to’xtatish paytini aniqlab olish kerak.
Marketing tizimi ijtimoiy-iqtisodiy elementlar, sub’ektlar yig’indisidan iboratdir. Marketing tizimi o’z tarkibiga turli elementlarni qamrab oladi:
  1. ta’minotchilar


  2. raqobatchilar


  3. vositachilar


  4. iste’molchilar (bozor)


  5. firma (kompaniya)


Marketing tizimini shakllantirish va amal qilishi aniq o’rab turgan muhit ta’sirida olib boriladi. Bu muhitga ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, demografik va ekologik omillar kiradi.


Ta’minotchilar - alohida olingan tashkilot, uyushma, Shaxslar yig’indisidan tarkib to’ib, firmani moddiy, moliyaviy va mahsulot resurslari bilan ta’minlaydi.
Raqobatchilar - istak bo’yicha, safdosh tovar bo’yicha, tovar turi bo’yicha, tovar markasi bo’yicha turkumlanadi.
Marketing bo’yicha vositachilar - tashkilot uchun uning tovarlarini mijozlarga yetkazish, sotish, aloqa o’rnatish bo’yicha yordam ko’rsatuvchilardir.
Vositachilar - savdo, logistik, marketing va moliyaviy vositachilarga bo’linadi.
Savdo vositachilari - ulgurji va Chakana savdogarlardir.
Logistika vositachilari - ombor tizimi xizmatlarida tovar va oqim holatlarini transportirovka qilish bilan Shug’ullanish.
Moliyaviy vositachilar - bank, kredit, sug’urta va boshqa moliyaviy xizmatlarni amalga oshiradi.
Iste’molchilar - firmalar, alohida fizik Shaxslar yoki ularni potentsial guruhi bo’lib, ular bozorda mavjud bo’lgan tovar va xizmatlarni olishga tayyor.
Iste’molchi - bozor qiroli, marketing vazifasi doimo iste’molchini xulq-atvorini o’rganish, uni ehiyojini firma mahsulotiga bo’lgan munosabatini o’rganish, tahlil qilishdan iborat.
Firma, marketing va bozor munosabatlari bir-biriga o’zaro ta’sir o’tkazib, dialektik bog’liqlikda harakatlanib boradi. Firma yangi texnologik jarayonlarni egallashga, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga faqat bozordagi munosabatlar sabab bo’ladi.
Marketing tarkibini ishlab chiqishda bosh masala uning bir butunligi, maqsadga erishishda muvaffaqiyatni ta’minlovchi barcha omillarning o’zaro aloqasidir.
Marketing iqtisodiy kategoriya sifatida g’oyasi serqirradir. Uning tarkibi yoki faoliyat sohalarida
- ishlab chiqarish vositalari marketingi;
- iste’mol tovarlari marketingi,
- xizmat ko’rsatish marketingi,
singari turlarini ko’rsatish mumkin.
Buning har birini faoliyatida umumiy tamoyillar va vazifalar saqlanib qoladi, ammo bu yo’nalishlarning har biri o’ziga xos tomonlari bilan ajralib turadi.
Ishlab chiqarish vositalari marketingi birinchi navbatda ishlab chiqarish talablarini hisobga olishga asoslanadi. Shu sababli maqsadga muvofiqlik maqbullik qat’iy uyg’unlik eng birinchi o’rinda turadi.
Iste’mol tovarlari marketingi xilma xil talab va didga ega bo’lgan iste’molchilarning keng doiralari bilan bog’liq.
Bu sohada iste’molchi fe’l atvorining tub mohiyatini o’rganishga katta e’tibor beriladi. Xususan iste’molchilarni guruhlash, reklama, mahsulot sotishni uyushtirish, bularning barchasi iste’mol tovarlari bozorida marketing faoliyatining asosiy masalalari hisoblanadi. Masalan, do’konlarda o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish tamoyillari iste’mol tovarlari marketingi samarasi.
Iste’mol tovarlari xizmati marketingi ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi o’rtasida bevosita aloqaning mavjudligi bilan ajralib turadi. Xizmatlarning ko’pchilik qismi kompleks xarakterga ega. Masalan, mehmonxonalar, jamoat ovqatlanish joylari, ekskursion xizmat, yodgorlik mollari sotish va hakozolar paydo bo’lishi yalpi turistik mahsulot tushunchasi bilan bevosita bog’liqdir. Shu sababli xizmat ko’rsatish sohasida marketing juda katta yo’nalishga ega.


Yüklə 396,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin