Tayanch iboralar: Kon’yuktura, ekstro’olyatsiya, bozor kon’yukturasini bashorat qilish, ekspertlar orqali baholash, kon’yuktura sharhi, bozor hajmi, tovar taklifi, qayishqoqlik koeffitsienti.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1.Bozor kon’yukturasi deganda nimani tushunasiz?
2.Bozor kon’nkturasi tahlili qanday amalga oshiriladi?
3.Kon’yuktura sharhi deganda nimani tushunasiz?
4.Bozor hajmi ko’rsatkichi qanday aniqlanadi?
5.Bozor kon’yukturasini bashorat qilish deganda nimani tushunasiz?
6.Bashorat qilishni qanday uslublarini bilasiz?
9-Mavzu. BOZOR SEGMENTATSIYASI VA XARIDORLAR TURLARI 1. Bozor segmentatsiyasining mohiyati va uning ahamiyati.
2. Bozor segmentatsiyasi haqida tushuncha
3. Segmentlarga ajratish mezonlari
4. Bozor segmentatsiyasining xususiyatlari.
5. Bozorni segmentlash - bozorni o’rganish usuli sifatida
6. Bozorni segmentlashda mezonlardan foydalanish
7. Bozor segmentatsiyasi turlari.
8. Bozor segmentatsiyasining asosiy tamoyillari.
9. Maqsadli bozor segmentlarini tanlash va tovarni bozorda joylashish pozitsiyasi.
10. Maqsadli bozor segmenti haqida tushuncha
11. Maqsadli segmentni tanlash va bozorni pozitsiyalashtirish
Bozor segmentatsiyasining mohiyati va uning ahamiyati
Bozor segmentatsiyasi haqida tushuncha Marketingni boshqaruv tizimida bozor segmentatsiyasi muhim ahamiyatga ega va bozorda talabni o’rganish yoki marketologlar atamasi bilan aytganda «iste’molchini tahlil etish» - bozorlar holatini tahlil etishdagi birinchi bosqich hisoblanadi. U uch tarkibiy qismga bo’linadi: bozor segmentatsiyasi; iste’molchi talabi sabablarini o’rganish; qondirilmagan ehtiyojlarni aniqlash. Bozor segmentatsiyasi talabni qondirishga tabaqalangan holda yondaShuvga, tovarlarning turi, sifati va miqdoriga ko’ra har xil talab qo’yadigan iste’molchilarni guruhlarga ajratishda turli mezonlar qo’llashga asoslanadi, ya’ni bozor bir jinsli hodisa tarzida emas, balki ayrim-ayrim segmentlar majmui tarzida, har bir segment doirasida alohida o’ziga xos bir talab namoyon bo’ladigan hodisa tarzida olib qaraladi.
Bozorda xaridorlarning ma’lum bir tovarga bo’lgan talablari xilma-xildir, har bir xaridorni o’z didi bor. Xaridorning talabi, hohishi, ehtiyoji, turmush tarzi, tovar sotib olishdagi xulq-atvori haqidagi ma’lumotlar samarali marketing tadbirlari ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyatlarini vujudga keltiradi. Ya’ni bozor segmentatsiyasi xaridorlarning talabiga muvofiq tovarni taklif etilishini va tovarga talabni qat’iyligini ta’minlaydi.
Demak, xaridorlarning tovarlarni sotib olishdagi xulq-atvorlari, talabi va tovarlarga munosabatidagi xususiyatlariga qarab, guruhlarga ajratishni bozor segmentatsiyasi deyiladi.