Hozirgi davrda marketing holati Hozirgi davrda jahon iqtisodiyotida sanoat davri axborot davriga o’rin bo’shatib bermoqda. Bu davrda AQSH, Yaponiya, Germaniya va boshqa Yevropa mamlakatlariga yetib keldi. Singa’ur, Tayvan, Janubiy Koreya unga juda yaqin. Tez o’zgaruvchan bozor sharoitlari, narxsiz raqobat usullarining rivojlanishi, ishlab chiqarish yuksak darajada chaqqon moslaShuvchan, yakka iste’molchiga mo’ljallangan, hajmi kichik bozor sohalari, bozor segmentlari va ayrim “so’qmoq”larning ko’pligi unga xos xususiyatlardir. Ayni paytda ishlab chiqarishning ixtisoslaShuvi Shunday darajaga yetdiki, bir bozorning oraliq segmentlarida bo’sh makon juda kam qoladi. Natijada bozor raqobati yanada shiddatli tus oladi. Ammo bu jarayon narx omili negizida emas, balki raqobatning yanada takomillashgan usul va shakllari paydo bo’lishi natijasida yuz beradi.
Tovarning “hayotiy tsikli” misli ko’rilmagan darajada qisqaradi. Hozirgi davrda yetakchi ya’on elektron firmalari bozorga o’rtacha har uch oyda bir marta mikrosxemalarning yangi turini chiqaradi. Mahsulotlar assortimentning xilma-xilligi ortdi, bir xil buyumlarni ko’plab ishlab chiqarish kamaydi, ya’ni to’’-to’’ qilib uyub tashlash tajribasidan voz kechilmoqda. Tovar sifatiga ega bo’lgan tovarlar mazmuni o’zgardi. Endi yaxshi mahsulot chiqarish bilangina ish bitmaydi, raqobatga dosh berish uchun sotuvdan keyingi darajasini, firma ko’rsatadigan ko’shimcha xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash zarur.
Korxonalar xarajatlarini oddiy kamaytirish yo’llarini o’ylabgina qolmay, ayni paytda tovarlarni sotish va o’tkazish, daromadlarni muttasil ko’paytirish sohalariga ko’proq e’tibor berishga majbur. Mahsulot sotishga yangi bozorlar, muayyan afzalligi tufayli mahsulot o’ziga jalb etadigan yangi xaridorlarni qondirish lozim. Bu ishlarni hozirgi zamon marketingiga tayanibgina amalga oshirish mumkin. Korxonaning omon qolishi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, konyuunktura-tijorat, ijtimoiy va boshqa axborotlarni o’z vaqtida olishi kabi omillardan ustalik bilan foydalanish natijasida ta’minlanadi.