Namangan davlat untversiteti



Yüklə 396,23 Kb.
səhifə1/77
tarix12.09.2023
ölçüsü396,23 Kb.
#142922
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Узбекистон республикаси олий ва урта-fayllar.org


Узбекистон республикаси олий ва урта


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NAMANGAN DAVLAT UNTVERSITETI




MARKETING
FANIDAN

MA’RUZALAR MATNI

NAMANGAN – 2018


Ushbu ma’ruzalar matnida marketingni rivojlanishini asosiy bosqichlari, tamoyillari, funktsiyalari, turlari, marketing faoliyatini axborot bilan ta’minlash, boshqarishni tarkibiy tuzilishi va uni tashqil etish, marketing dasturi, strategik va taktik rejalashtirish, marketing nazorati, bozorni kompleks o’rganish, bozor konyuunkturasini bashorat qilish, bozor segmentatsiyasi, tovar, narx, sotish va kommunikatsiya siyosatlari kabi dolzarb masalalar bayon etilgan. Mazkur ma’ruzalar matni «Marketing» fanining namunaviy dasturi asosida ishlab chiqilgan.

Tuzuvchi: o’qituvchi N. Talapova


Taqrizchi: i.f.n., K. Sirojiddinov
Ushbu ma’ruzalar matni «Iqtisodiyot» kafedrasining 2017yil
«__» ___________dagi yig’ilishida ( - sonli bayonnoma) muhokama qilingan va o’quv jarayonida foydalanishga tavsiya etilgan.
Ushbu ma’ruzalar matni universitet o’quv-uslubiy kengashining 2017 yil «__» ________ dagi yig’ilishida muhokama qilingan va chop etishga ruxsat berilgan ( -sonli bayonnoma).

(Ro’yxat raqamii № _____).



K I R I SH
Bozor munosabatlarining ravnaq topishida, erkin raqobat va aholi turmush farovonligini ta’minlashda marketing faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi.
Marketing-bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish muammolarini kompleks, sistemali yechish uslublarini bozorda vujudga keladigan o’zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondoshish, raqobatdosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashqil etish, konyuunkturani o’rganish va bashorat qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygandir. «Marketing» fani korxonalarni (firmalarni) bozorda iqtisodiy maqsadlarga erishish quroli (ya’ni foyda oladigan bozorlar hissasiga erishish) sifatida qarashga alohida e’tibor beradi.
Marketing fani raqobatni, iste’molchi xulq-atvorini, tovarni sifati, uning raqobatdoshligi, rag’batlantirishni, reklamani va bozorni chuqur o’rganadi.
Marketing bu nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur yo’nalishi, balki ayrim firma, kompaniya va butun iqtisodiyot bo’yicha amaliyot faoliyati hamdir.
Amerika va boshqa barcha xorijiy davlatlar adabiyotlarida keltirilgan marketing ta’rifida, marketing kontseptsiyasining bosh tamoyili - bu iste’molchiga qaratilgandir, ya’ni «ayrim Shaxslar va tashkilotlar ehtiyojini qondirishga» qaratilgandir.
Qisqacha aytganda, marketingni ijtimoiy asosini insonlar ehtiyojini qondirishdan iborat desa bo’ladi.
Iqtisodiyot, biznes va tijorat sohasi bo’yicha tayyorlanayotgan mutaxassisliklar uchun marketing kursi, bozor faoliyatini metodologik asoslarini o’rgatadigan asosiy fandir. Marketing eng avvalo, uni o’rganuvchilarni o’ziga bozor faoliyatini tizimi sifatida jalb etadi. U korxonalarni bozordagi harakati va holatini o’rgatadi. Marketing - bu faol assortiment siyosatini, narx, oldi-sotdi, reklama, iste’molchilarni o’rganish, tomonlar bilan munosabatlarga kirishish, tijorat tavakkalchiligini o’rganadigan fandir.
«Marketing» fani keng qirradagi oliy ma’lumotli iqtisodchilarni shakllantiradigan asosiy mutaxassislik fanlardan biri hisoblanadi. Marketingning bosh vazifasi talabalarga marketingni asosiy uslublarini hamda tamoyillarini o’rgatishdan iboratdir.

Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida 2005 yilda iqtisodiy islohotlarning eng muhim ustuvor masalasi - etib bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtrishdan iborat1.



Marketing fanidan G.L.Bagiev, F.Kotler, L.A.Danchenoklar tomonidan darsliklar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar yaratilgan. Ularda marketing elementlarini to’liq jarayonlari, tovar, narx, sotish, kommunikatsiya siyosatlari keng yoritib berilgan.

Yüklə 396,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin