4. O'zbekistonning biologik resurslari va ulardan foydalanishning
ekologik muammolari.
Tayanch so'zlar:
Fotosintez, biomassa, yashil o’simlik, hashorot, umurtqali hayvon,
umurtqasiz hayvon, sut emizuvchi, o'txo'r, yirtqich, qo’riqxona,
zoopark, Qizil kitob.
O’simlik va hayvonlar yerning hayot qobig'i-biosferaning asosiy
komponentlaridan bolib, tabiiy resurslar orasida alohida o'rinni
egallaydi.
Oqilona foydalanilganda o’simlik va hayvonlar
tiklanadigan va cheksiz mahsulot beradigan manbaga aylanishi
mumkin. Biosferadagi o'ziga xos tabiiy muvozanat ko’p jihatdan
o"simlik va hayvonlarning biologik rang-barangligini saqlanishi bilan
bogliqdir. O’simliklar va hayvonlar sayyoramizning genofondi
hisoblanadi va har bir tur tabiatdagi o'z o'rniga ega. Biosferada
moddalarning aylanma harakati faqat tirik organizmlar ishtirokida
amalga oshadi. Bu jarayonni biosferada uglerod (SO2 ) ning aylanma
harakati misolida ham ko’rish mumkin. (O'simlik va hayvonlarning
mahsulotisiz inson hayotini tasavvur qilib bo'lmaydi.
O’simliklar
yer
yuzidagi
hayotning
asosi
hisoblanadi.
Sayyoramizda 500 mingdan ortiq o'simlik turlari mavjuddir. O’
simliklarning tabiat va inson hayotidagi ahamiyatiga ko'ra bir necha
guruhlarga bo'lish mumkin. Suv o’simliklaridan inson kam
foydalanadi,lekin ular tabiatda kislorod va ozuqa manbai
hisoblanadi. Bakteriyalar, ayrim qo'ziqorinlar va suv o'tlari tuproqda
ham kcfplab uchraydi. Ular tuproqning unumdorlik xususiyatiga ta'sir
ko"rsatadi, organizmlar qoldiqlarini parchalaydi. Turlar soni eng
kami yer osti o"simliklari bo’lib ular asosan bakteriyalardan iborat va 3
km gacha va undan ortiq chuqurliklarda uchraydi. Yer usti o’simliklari
turlarga eng boy, shuning bilan birga eng ko'p ishlatiladigan va
insonning kuchli ta'siri ostidagi o’simliklardir.
O’simliklar fotosintez jarayoni natijasida havodan. karbonat
angidrid gazini yutib, kislorod chiqaradi va yiliga 200 mlrd. tonadan
ortiq organik mahsulot yaratadi. Inson va hayvonlar hayotida asosiy
ozuqa va kislorodning manbai bo’lgan o'simliklarningahamiyati katta.
Biosfera bioraassasining eng katta qismi o'rmonlarda to'plangan.
O'rmon biosenozining hamma komponentlari o'zaro va atrof muhit
bilan uzviy bog'langan. O'rmonlarda qimmatli hayvon va o'simlik
turlari jamlangan. Yog'ochdan inson ehtiyoji uchun zamr bo'lgan 20
mingga yaqin turli masulotlar olinadi. Inson hayotida dorivor
o’simliklar ham muhim rol o'ynaydi. Shaharlarda yashil o'simliklar
havoni tozalaydi, estetik zavq beradi, dalalarni shamollardan himoya
qiladi.
Insonning o’simliklarga ijobiy va salbiy ta'siri bcfladi.
O'rmonlarni tiklash ko'kalamzorlashtirish, o’simliklarining navlarini
yaratish va boshqalar ijobiy ta'sirga kiradi. Insonning salbiy ta'siri
oqibatida oxirgi o'n ming yil ichida sayyoramizdagi o'rmonlarning 2-3
qismi yo'q qilingan, ko’plab qimmatli o’simlik turlari yo'qolib ketgan.
Hozirgi vaqtda o'rmonlar maydonining keskin qisqarish jarayonlari
davom etmoqda. Yangi yerlarni o'zlashtirish, atrof muhitning
ifloslanishi oqibatida kuniga o'nlab o’simlik turlari yo'qolmoqda.
Hayvonlar biomassasi tirik mavjudotlar biomassasining 2 foizini
tashkil qilishiga qaramasdan ular biosferadagi modda almashinuvi va
boshqa turli jarayonlarda muhim rol o'ynaydi. Biosferadagi hayvon
turlarining aniqlangan soni 1,5 mln.dan oshadi. Sodda hayvonlar
tuproq hosil bo'lishda muhim rol o'ynaydi. Hayvonlar o’simliklar
hayotiga ham katta ta'sir ko’rsatadi. Har bir hayvon turi biosferada
o'zining ekologik ahamiyatiga ega. Inson uchun hayvonlar oziq,
mahsuli, xom ashyo manbai, uy hayvonlari zotlarini yaxshilash va
estetik zavq manbaidir. Hayvonlarning 1 mln.dan ortiq, turi
hashoratlarga to’gM keladi. Hashoratlar o"simliklarni changlaydi,
qushlar boshqa umurtqali hayvonlar inson uchun oziq manbaidir. Yer
yuzidagi hayvonlar biomassasining 95 foizdan ortig'i umurtqasizlarga
to"g'ri keladi. Umurtqali hayvonlar ichida sut emizuvchilar, qushlar,
baliqlar, sudralib yumvchilar eng katta ahamiyatga egadir. Dunyo
okeanida hayvonlar biomassasi o’simliklar biomassasidan kattadir. Yer
yuzida inson uchun zararli bo’lgan yirtqichlar, turli kasallik tarqatuvchi
hayvonlar, ekinlarning zararkunandalari ham mavjud-dir. Insonning
bevosita ta'siri natijasida oxirgi ikki yuz yil ichida 300 dan ortiq sut
emizuvchilar va qushlar turlari yo'q qilingan. O’rmonlarning kesilishi,
yerlarning o'zlashtirilishi, hayot muhitining ifloslanishi orqali inson
katta miqiyosda hayvonot dunyosiga bilvosita ta'sir ko^rsatadi. Yer
yuzidagi hamma biologik turlar kerakli va ular o'ziga xos ekologik
makonni egallaydilar. Ekosistemalarda organizmlar qanchalik rang-
barang bo'lsa, uning tashqi ta'sirga chidamliligi ham shunchalik kuchli
bo’ladi. Shuning uchun biosferadagi mavjud rang-baranglikni saqlab
qolish
tabiatni
muhofaza
qilishning
asosiy
vazifalaridan
hisoblanadi. Biosferadagi muvozanatni saqlab qolishda o’simlik
va hayvonlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish katta
ahamiyatga ega. Bu maqsadga erishish uchun turli tadbirlar
o'tkaziladi. XIX asrdan boshlab qo’riqxonalar, milliy bog'lar,
zakazniklar tashkil qilish faoliyati jadallashgan. Bunday alohida
muhofaza qilinadigan hududlarda yo'qolib borayotgan noyob o’simlik
va hayvonlar muhofaza qilinadi. Noyob va yo'qolib borayotgan
turlarning muhofazasiga e'tiborni kuchaytirish uchun 1966 yili Tabiatni
muhofaza qilish Xalqaro Ittifoki tomonidan xalqaro «Qizil kitob»
tashkil qilingan. Alohida yirik davlatlar o'z «Qizil kitobi»ga ega.
«Qizil kitob» faqatgina xatar darakchisi bo'lmay, balki muhofaza
harakatlarining dasturi hamdir. O'simlik va hayvonlarni muhofaza
qilish faqatgina turli davlatlar o'rtasidagi hamkorlik yo'li bilangina
muvaffaqiyatli olib borilishi mumkin. Ko'chib yuruvchi hayvonlar,
dunyo okeani hayvonot va o’simlik dunyosi, ba'zi daryolarda
yashovchi o’simlik va hayvonlar davlatlararo kelishuv yo'li bilan
muhofaza qilinadi. 1992 yili Rio-de-Janeyroda biologik xilma-xillikni
saqlash xalqaro konvensiyasi qabul qilindi. Yana boshqa bir qator
muhim konvensiyalar ham mavjuddir. O’simlik va hayvonlarni
muhofaza qilish alohida maxsus qonunlar orqali nazorat qilinadi.
O’zbekiston Respublikasi o'ziga xos o’simlik va hayvonot dunyosiga
ega. So'ngi yillarda insonning xo'jalik faoliyati natijasida flora va
faunaga salbiy ta'sir kuchaydi. (Tzbekistonda mavjud 4 mingdan ortiq
o'simlik turlarining 10-12 foizi muhofazatalab. O'rmon resurslari
cheklangan va o'rmonlarni qayta tiklash ishlari talabga to'la javob
bermaydi. Eng qimmatli tog' o'rmonlarining maydoni o'nlab marta
qisqarib ketgan. To'qaylar va qayir o'rmonlari kcfplab kesib
tashlangan. Tabiiy yaylovlarning holati yomonlashgan va ularning
maydoni 6,5 mln.ga kengaygan. O’zbekistonda dorivor o’simliklarning
turlari ham ko’plab uchraydi va ularning aksariyati hozirgi vaqtda
muhofazatalab.
Respublikamizda o’simlik
resurslaridan oqilona
foydalanish va ularni muhofaza qilishni ta'minlash maqsadida turli
tadbirlar o'tkazilmoqda.
O’zbekiston faunasi 682 tur umurtqali hayvonlar va 32484 tur
umurtqasiz hayvon turlaridan iborat. Hali to'la o'rganilmagan
umurtqasiz hayvonlar ichida muhofazaga muhtqjlari ajratilmagan. 1983
yili e'lon qilingan (Tzbekiston « qizil kitob » iga umurtqali
hayvonlarning 63 turi kiritilgan bo’lib baliqlar-5 tur; qushlar-31 tur;
sut emizuvchilar-22 tur; sudralib yuruvchilar-5 turdan iboratdir.
O’zbekistonda turon yo'lbarsi, qizil bo'ri, gepard, yo'l-yo'l giena kabi
turlar qirilib ketgan. Ustyurt qo'yi> burama shoxli echki, qor barsi,
buxoro bug'isi va boshqa ayrim turlar yo'qolish arafasidadir. Orol
dengizining qurishi, daryolar suvining
ifloslanishi va suv
omborlarining qurilishi ko’plab qimmatli baliq turlarining kamayishiga
olib keldi. (Tzbekistonda har yili o'n minglab turli hayvonlar ov
qilinadi. Ruxsatsiz ov qilish ayrim noyob hayvon turlarining
yuqolishiga olib kelmoqda. (Jzbekistonda noyob o^simlik va
hayvonlar qonun tomonidan himoya qilinadi va ulardan oqilona
foydalanish, muhofaza qilish uchun xilma-xil tadbirlar o'tkazilmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RUYHATI;
1. Ergashev A. Ergashev T. Ekologiya, biosfеra va tabiatni muxofaza
qilish. Toshkеnt “yangi asr avlodi” 2005 y.
2. To’xtaеv A. Ekologiya. T., “O`qituvchi” 1998 y.
O’zbekiston «Ekologiya xabarnomasi» jurnali sonlari.
3. G'ulomov P. Inson va tabiat. T. O'qituvchi. 1990.
4. Tilovov T. Ekologiyaning dolzarb muammolari. Qarshi. “Nasaf” 2003
y.
5. Ergashev A. “Umummiy ekologiya” T. O’qit. 2003 y.
Dostları ilə paylaş: |