Namangan muhandislik pedagogika isntituti "menejment" kafedrasi ismatov r. O., Ahmedov o. T


Amaldagi strategiya qay darajada samarali?



Yüklə 10,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/147
tarix17.10.2023
ölçüsü10,68 Mb.
#156681
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   147
strategik menejment

4.2. Amaldagi strategiya qay darajada samarali? 
 
Strategiya qanchalik yaxshi amalga oshirilayotganini baholash uchun quyidagilar 
muxim: 
1)kompaniyaning raqobatchilar orasidagi o’rnini aniqlash; 
2)kompaniyaning tarmoqdagi raqobat chegaralarini aniqlash; 
3)kompaniyaning ishlab chiqarish, marketing, moliya va kadrlar sohasidagi 
funktsional strategiyalarini baholash; 
Kompaniya strategik va moliyaviy holatining ko’rsatkichlari quyidagilardan 
iborat: 
1)kompaniyaning bozordagi ulushi va tarmoqdagi o’rni; 
2)foyda xajmi oshadimi, kamayadimi va u raqobatchilarning shunday 
ko’rsatkichlariga nisbatan qanday; 
3)sarmoyalar sof foydasining o’zgarish tendentsiyasi; 
4)kompaniyaning sotuvlari umumiy bozordagiga nisbatan tez o’syaptimi yoki 
sekin o’syaptimi; 
5)kreditlar xajmi; 
6)Korxonaning xaridorlar nazaridagi obro’si, uning imidji; 
7)kompaniyaning texnologiya, innovatsiya, sifat va xaridorlarga xizmat 
ko’rsatishda yetakchiligi va xokazo. 
Qullanilayotgan strategiyani baholash.
Qullanilayotgan strategiyani baholash uchunkompaniya qanday strategiyaga 
amal qilayotganligni tushunib olish lozim - bu: 
- arzon narx vositasi bilan peshqadamlik qilish; 
- raqobatchilardan farq qilib turish; 
- istemolchilarning tor guruxlariga yoki marketing bushliqlariga ixtisoslashish. 
Tarmoqdagi raqobatli vaziyatning yana bir xarakteristiqasi vertikal 
integratsiyalanish darajasi va bozorning geografik kulamidir. Bu yerda ishlab 
chiqarish, marketing, moliya, ishchi kuchidan foydalanish sohalaridagi yordamchi 
strategiyalarni tahlil qilish lozim. 
Bunga qo’shimcha ravishda kompaniya strategiyasining ayrim raqobatli 
ustunliklarni ta’minlash maqsadida raqobatli pozitsiyani yaxshilashga imkon 
beradigan sunggi amaliyotini tahlil qilib chiqish kerak. 
Strategik faoliyatning eng aniq ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat: 
- Korxona nazorat ostiga olgan bozor ulushining kattalashishi yoki kichrayishi; 
- Korxona oladigan daromad xajmining o’sishi yoki usmayotganligi xhamda bu 
daromadning raqobatchilarga nisbatan qay darajada ekanligi; 
- Korxonada sof foyda tendentsiyalari xamda investitsiyalarning qaytish tezligi 
qanday; 
56


- Korxonada savdo xajmining bozordagi umumiy o’sishga nisbatan tez yoki 
sekin usayotganligi va xokazo. 
Tabiiyki, eng yaxshi strategiya xech qanday radikal o’zgarishlarni talab 
qilmaydigan strategiyadir.

Yüklə 10,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin