Namangan muhandislik pedagogika isntituti "menejment" kafedrasi ismatov r. O., Ahmedov o. T


Qadriyatlar zanjiri. Asosiy faoliyatdagi qadriyatlar zanjiri. Yordamchi



Yüklə 10,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/147
tarix17.10.2023
ölçüsü10,68 Mb.
#156681
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   147
strategik menejment

4.7. Qadriyatlar zanjiri. Asosiy faoliyatdagi qadriyatlar zanjiri. Yordamchi 
faoliyatdagi qadriyatlar zanjiri. Muvaffaqiyatning kalit omillari. 
Muvaffaqiyatning kalit omillari ro’yxatini to’zish tartibi 
 
Qiymat bushliqlari asosan zanjirning orqa qismida yotsa, korxona quyidagi olti 
xil strategik xatti-xarakatlarni amalga oshirishi mumkin
30

- yetkazib beruvchilar bilan o’zi uchun qulay narxlar tug’risida kelishib olishi; 
- yetkazib beruvchilar bilan ularning xarajatlarini kamaytirish maqsadida ish olib 
borishi; 
- moddiy xarajatlarni nazorat qilish uchun orqaga tomon integratsiyalanishi; 
- arzonroq o’rinbosar tarkibiy qismlardan foydalanishga urinishi; 
- taqsimotning narxlari maqbo’l bo’lgan yangi manbalarini topishi; 
- zanjirning boshqa qismlarida tejamkorlik evaziga farqni kamaytirishga urinishi 
mumkin. 
Qiymat bo’yicha raqobatbardoshlikning boy berilishiga sabab zanjirning ichki 
sohalarida bo’lsa, quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
- byudjetning ichki moddalarini taftish qilish; 
- ishchilarning va qimmatbaho asbob-uskunalarning mexnat unumdorligini 
kutarishga urinish; 
- ba’zi texnologik jarayonlarni Korxonaning o’zida emas, balki chetda bajarish 
foydaliroq bo’lish-bo’lmasligini o’rganib chiqish; 
30
Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p.166 
59


- resurslarni tejovchi texnologik yangiliklarni investitsiyalash; 
- qiymatning xavf tug’dirayotgan tarkibiy qismlarini ishlab chiqarish va asbob-
uskunalarga yangi investitsiyalar ob’ekti sifatida ko’rib chiqish; 
- mahsulotning qiymatini kamaytirish maqsadida uni yangilash va xokazo; 
Korxonaning raqobat pozitsiyasi kuchini baholash. 
Qiymat, raqobat pozitsiyasini baholashga qo’shimcha ravishda kompaniyaning 
raqobat pozitsiyasi va raqobatchilik kuchini umumiy tahlil qilish xam talab qilinadi. U 
quyidagi savollarga javob berishi kerak: 
- Korxonaning bugungi raqobat pozitsiyasi qanchalik kuchli? 
- bugungi strategiyadan foydalanilganda raqobat pozitsiyasining qanday 
o’zgarishini kutish mumkin? 
- Korxonaning qanday raqobat ustunliklari bor? 
Korxonaning raqobat prozitsiyalarini baholash uchun muvaffaqiyatning asosiy 
omillari bo’yicha balli baholar shkalasidan foydalaniladi. Bunda Korxona va uning 
raqiblari bo’yicha ana shunday omillar solishtirib kuriladi (4.3-jadval). 
Umumiy qoida: kompaniya o’zining raqobatdagi kuchli jixatlarini ko’paytirib 
borishi va o’zining raqobatchilikdagi zaif jixatlarini ximoya qilishi kerak. U o’z 
strategiyasida o’zining kuchli jixatlariga tayanishi va zaif jixatlarini mustahkamlashga 
oid chora-tadbirlarni kurishi lozim. 
Ayni paytda raqiblarning kuchli jixatlari reytingi xujumning qaysi tomondan 
bo’lishini va aksincha, raqiblarning zaif tomoni qaerda ekanligini ko’rsatadi. 
Agar aynan kompaniya raqobatda kuchli bo’lgan jixatlarda raqiblar zaif bo’lsa, 
ushbu vaziyatdan foydalanib qolish chora-tadbirlarini kurish lozim. 

Yüklə 10,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin