Namangan muhandislik pedagogika isntituti



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə25/55
tarix31.03.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#91977
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   55
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

Strategik qiymat tahlili.
Kompaniyada yo’zaga kelgan vaziyatni eng aniq ko’rsatadigan indikatorlardan biri - uning o’z raqobatchilariga nisbatan narx pozitsiyasidir. Bu ayniqsa mahsuloti kam differentsiyalashgan tarmoqlarga ta’alluqli bo’lib, kompaniya har qanday sharoitda ham o’z raqiblardan orqada qolmasligi kerak, aks xolda raqobatli pozitsiyani qo’ldan boy berib qo’yishi mumkin. Raqobatchilarning xarajatlaridagi farqlarga quyidagilar sabab bo’lishi mumkin:
- xom ashyo, materiallar, tarkibiy qismlar, energiya va shu kabilarning narxlaridagi farqlar;
- asosiy texnologiyalar, asbob-uskunalarning yoshidagi farqlar;
- ishlab chiqarish birliklarining kattaligi turlicha bo’lganligi, ishlab chiqarishning kumulyativ ta’siri, ishlab chiqarish unumdorlik darajalari, turli soliq sharoitlari, ishlab chiqarishni tashkil qilish darajasi va xokazolar tufayli ichki tannarxlardagi farqlar;
- inflyatsiya va valyuta kurslarining o’zgarishiga kuchli bog’liqlik;
- transport xarajatlaridagi farqlar;
- taqsimot kanallariga sarflanadigan xarajatlardagi farqlar.
Strategik qiymatli tahlilda asosiy etibor Korxonaning o’z raqiblariga nisbatan qiymat pozitsiyasiga qaratiladi. Bunday tahlilning birlamchi tahliliy yondashuvi qiymat zanjirini yasash bo’lib, ushbu zanjir xom ashyodan pirovard istemolchilarning narxlarigacha bo’lgan qiymat manzarasini aks ettiradi (4.2-jadval). Ushbu jadval xarakatlar/xarajatlar zanjirida raqobatchi Korxonalar bir-biridan eng katta farq qiladigan uchta asosiy soha borligini ko’rsatadi: ta’minot sohasi, taqsimot kanallarining ilg’or qismlari, kompaniyaning o’z ichki faoliyati. Agar Korxona zanjirning orqa yoki oldingi qismlarida raqobatbardoshlikni kuldan boy bersa, u raqobatbardoshlikni tiklash maqsadida o’z ichki xatti-xarakatlarini o’zgartirishi mumkin.
Qiymat bushliqlari asosan zanjirning orqa qismida yotsa, Korxona quyidagi olti xil strategik xatti-xarakatlarni amalga oshirishi mumkin26:
- yetkazib beruvchilar bilan o’zi uchun qulay narxlar tug’risida kelishib olishi;
- yetkazib beruvchilar bilan ularning xarajatlarini kamaytirish maqsadida ish olib borishi;
- moddiy xarajatlarni nazorat qilish uchun orqaga tomon integratsiyalanishi;
- arzonroq o’rinbosar tarkibiy qismlardan foydalanishga urinishi;
- taqsimotning narxlari maqbo’l bo’lgan yangi manbalarini topishi;
- zanjirning boshqa qismlarida tejamkorlik evaziga farqni kamaytirishga urinishi mumkin.
Qiymat bo’yicha raqobatbardoshlikning boy berilishiga sabab zanjirning ichki sohalarida bo’lsa, quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
- byudjetning ichki moddalarini taftish qilish;
- ishchilarning va qimmatbaho asbob-uskunalarning mexnat unumdorligini kutarishga urinish;
- ba’zi texnologik jarayonlarni Korxonaning o’zida emas, balki chetda bajarish foydaliroq bo’lish-bo’lmasligini o’rganib chiqish;
- resurslarni tejovchi texnologik yangiliklarni investitsiyalash;
- qiymatning xavf tug’dirayotgan tarkibiy qismlarini ishlab chiqarish va asbob-uskunalarga yangi investitsiyalar ob’ekti sifatida ko’rib chiqish;
- mahsulotning qiymatini kamaytirish maqsadida uni yangilash va xokazo;
Korxonaning raqobat pozitsiyasi kuchini baholash27.
Qiymat, raqobat pozitsiyasini baholashga qo’shimcha ravishda kompaniyaning raqobat pozitsiyasi va raqobatchilik kuchini umumiy tahlil qilish xam talab qilinadi. U quyidagi savollarga javob berishi kerak:
- Korxonaning bugungi raqobat pozitsiyasi qanchalik kuchli?
- bugungi strategiyadan foydalanilganda raqobat pozitsiyasining qanday o’zgarishini kutish mumkin?
- Korxonaning qanday raqobat ustunliklari bor?
Korxonaning raqobat prozitsiyalarini baholash uchun muvaffaqiyatning asosiy omillari bo’yicha balli baholar shkalasidan foydalaniladi. Bunda Korxona va uning raqiblari bo’yicha ana shunday omillar solishtirib kuriladi (4.3-jadval).
Umumiy qoida: kompaniya o’zining raqobatdagi kuchli jixatlarini ko’paytirib borishi va o’zining raqobatchilikdagi zaif jixatlarini ximoya qilishi kerak. U o’z strategiyasida o’zining kuchli jixatlariga tayanishi va zaif jixatlarini mustahkamlashga oid chora-tadbirlarni kurishi lozim.
Ayni paytda raqiblarning kuchli jixatlari reytingi xujumning qaysi tomondan bo’lishini va aksincha, raqiblarning zaif tomoni qaerda ekanligini ko’rsatadi.
Agar aynan kompaniya raqobatda kuchli bo’lgan jixatlarda raqiblar zaif bo’lsa, ushbu vaziyatdan foydalanib qolish chora-tadbirlarini kurish lozim.



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin